Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Lans» muxlislarini o‘ziga oshiq qilgan notanish o‘zbekistonlik

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston milliy jamoasi yig‘iniga jalb etil-gan umidli himoyachi Abduqodir Husanov 8 oktyabr kuni «Lans» safida 2-o‘yinini o‘tkazdi. E’tiborlisi, Fransiya OAVda «Lans» - «Lill» uchrashuvi (1:1)dan oldin va keyin hamyurtimizga bag‘ishlangan qator maqolalar chiqdi. Xo‘sh, Fransiyada Husanov haqida nimalar yozishmoqda? Shunga qiziqqan championat.asia sayti ijodkorlari bir necha maqola tarjimasini havola qilishdi.

Ilk o‘yindayoq xotirjam va ishonch bilan...

Abduqodir Husanovga atalgan eng katta maqola Fransiyaning asosiy sport nash­ri - L~Equipe tomonidan yozildi. «Husanov - notanish o‘zbekistonlik» - bu Abduqodir haqidagi material sarlavhasi. Muallif Joel Domenigetti maqola boshidayoq Husanov «Lans»da yuzaga kelgan tarkib muammolari, jumladan, klub Jonatan Gradi va Massadio Aydaraning xizmatlaridan foydalanolmasligi tufayli maydonga tushganini qayd etgan. Bu maqola «Lill»ga qarshi o‘yindan oldin chiqqan va fransiyalik jurnalist unda Husanov markaziy himoyaning o‘ng qismi pozisiyasidan joy olishini taxmin qilgandi. «Lill» bilan o‘yin Husanov uchun ikkinchisi bo‘ladi. U bunga qadar «Mes»ga qarshi uy uchrashuvida qatnashgan va «Lans» muxlislarini o‘ziga oshiq qilib qo‘ygandi. O‘shanda o‘zbekistonlik 19 yoshli iqtidor markaziy himoyaning chap qismida harakatlangan va o‘ziga qattiq  ishongan holda, xotirjam, dalil o‘ynagandi», - deyiladi matnda. Domenigetti shuningdek, Husanov O‘zbekiston milliy jamoasi safida atigi 3ta o‘yin o‘tkazgani, uning potensiali esa yaqqol ko‘rinayotganini ham alohida qayd etgan. Muallif yana til to‘sig‘i masalasini ko‘targan: «Yosh yigit faqat rus va o‘zbek tillarini biladi. Muhimi, Husanov Belarus chempionatidan Fransiyaga ko‘chib o‘tganidan so‘ng shaxsiy o‘qituvchi bilan tezlashtirilgan formatda fransuz tilining ayrim asosiy elementlarini o‘zlashtirishga ulgurdi».

Maqolada yozilishicha, «Lans» bosh murabbiyi Frank Ez yosh hamyurtimiz allaqachon bir qator asosiy so‘zlar, xususan, markaziy himoyachi uchun zarur iboralarni bilib olgan. Masalan, vas-y - qani, vient - orqa, «yonish», avance - oldinga, seul - o‘zing, yakka... «Seleksiya bo‘limi bu yigit o‘yinlarini ko‘rsatgan payti uning yoshidan hayratda qolgandim, - deya Ez so‘zlari keltirilgan maqolada. - U o‘yin uslubi bo‘yicha yana bir himoya­chimiz - argentinalik Fakundo Medinani eslatdi. Husanov bilan shartnoma tuzilgach, uning amalda qanchalik yetuk ijrochi ekanligini ko‘rdim. Abduqodir 2004 yili tug‘ilgan futbolchi uchun ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda va o‘sishda davom etmoqda. Yigitchaning ingliz tilida gapirolmasligi moslashuv jarayonini biroz qiyinlashtirmoqda. Muhimi, bizda Husanovga jamoa­dagi ilk kundan barcha masalalar bo‘yicha yordam berayotgan tarjimon bor». Maqolada Abduqodir O‘zbekiston milliy jamoasi safida 13ta o‘yin o‘tkazgan sobiq futbolchi Hikmat Hoshimovning o‘g‘li ekanligi ham qayd etilgan. Bundan tashqari, muallif Husanov Vyetnam va Xitoy termalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yin­lari uchun chaqirilganini ma’lum qilgan. Muallifning so‘zlariga ko‘ra, Abduqodir ayni payt Avinyonda joylashgan «Lans» bazasida yashamoqda.

Uni Argentinadagi yoshlar mundialida payqashgan

Joel Domenigetti o‘z materialida «Lans» vakillari Husanovni Argentinada o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida payqashganini yozish barobarida klubning texnik direktori Gregori Til so‘zlarini keltirgan: «Seleksiya xizmati bilan uzoq yillar davomida mudofaamizni kuchaytiradigan yosh futbolchi izladik. Husanov barcha nomzodlar fonida jismoniy tomondan kuchliligi va xotirjamligi bilan ajralib turdi. Undan yaxshi energiya chiqmoqda va e’tibori hamisha o‘rganish va o‘sishga qaratilgan». Matn davomida Husanov bundan oldin «Energetik-BGU»da o‘ynagani va kattalar darajasida atigi bir mavsum to‘p surgani, Belarus chempionatida maydonga tushish uchun 18 yoshga to‘lishni kutgani qayd etilgan. «Husanov - o‘z yoshi uchun juda yetuk ijrochi, - deydi «Lans» darvozaboni Bris Samba. - Boshida muloqot masalasida muammolar sezildi, muhimi, u tez o‘rganmoqda. Bundan tashqari, «futbol tili» hamma joyda bir xil. Abduqodir fransuz tilini tezroq o‘rganish uchun qattiq tirishmoqda. Juda aqlli futbolchi va yigit. Shubham yo‘q, yaqin orada fransuzchada bemalol gapira boshlaydi. O‘ylashimcha, Husanovni yorqin kelajak kutmoqda, zero, u jismonan kuchli va to‘p bilan yaxshi ishlaydi. Bular esa zamonaviy futbolda markaziy himoya­chi uchun eng zarur jihatlardir».

Husanovga ishonch katta

La Voix du Nord nashrida berilgan maqolada esa «Lans» vakillarining hamyurtimiz haqidagi gaplari keltirilgan. «Husanovga mutlaqo ishonamiz, - deydi hujumchi Florian Sotoka. - U qat’iyat bilan o‘ynaydigan va hech narsadan cho‘chimaydiganlar toifasidan. Hali juda yosh bo‘lishiga qaramay, maydonda kattalardek harakatlanmoqda». «Abduqodirning mentaliteti yaxshi, juda e’tiborli yigit, yana ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qiladi. Uning jamoamizga yordam berishiga ishonchim komil» - bunisi Jonatan Gradi ta’rifi. Kevin Danso ham deyarli shunday fikrda: «Husanov - men ko‘rgan eng yaxshi yosh futbolchilardan biri. U futbolni juda zo‘r tushunadi va hozirning o‘zida eng yuqori darajada o‘ynash salohiyatiga ega». 

«Lill» bilan o‘yindan keyin esa La Voix des Sports nashrida chiqqan maqolada futbolchilarga qo‘yilgan baho ham keltirildi. Husanovning harakati 6,0 ballga loyiq topilgan - o‘rtacha baho. Alohida aytish kerak, «Lans»da hech kim bundan yuqori baho olmadi. Faqat jamoaning yana 4 nafar futbolchisiga 6 ball berildi. Bular - himoyachi Kevin Danso, yarim himoyachi Salis Abdulsamad, hujumchilar Florian Sotoka va Vesli Said. «Birinchi bo‘limda Husanov ijrosida nuqson kuzatilmadi, - deyiladi sharhda. - U xususan, «Lill» hujumchisi Jonatan Devidga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Bundan tashqari, maydonda bir necha marta yorqin harakatlari bilan ko‘zga tashlandi». 

Umid qilamizki, bu boshlanishi, xolos. Fransuz matbuotida Abduqodir Husanov haqida hali ko‘p marta ijobiy maqolalar berilsa, ajabmas.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:56, 23.10.2023. O'qildi: 3525 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик