Bugun 22 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 11 12 9 32
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 25 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 24 48
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Espanyol 25 35
7 Selta 24 34
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 24 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 24 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Pissaning futbolga qanday aloqasi bor?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Dunyoning ko‘pgina davlatlarida 9 fevral - Xalqaro pissa kuni sifatida bayram qilindi.

Quyida maqolada uning nima uchun futbol olamida mashhurligi xususida so‘z yuritadi. Va nafaqat, pissa, balki pirog hamda shunga o‘xshash yeguliklar bilan bog‘liq qiziqarli voqealar esga olinadi.

Ochlik e’lon qilish

O‘tgan yilning 20 martida Tulaning «Arsenal» klubining Grigoriy ismli ashaddiy muxlislaridan biri sevimli jamoasining besh o‘yindan beri g‘alaba qozonmagan seriyasiga norozilik bildirish maqsadida ochlik e’lon qilgan edi. «To‘pchilar» lageri sodiq muxlisning ahvolidan xavotirda edi va jamoa hujumchisi Kirill Panchenko butun jamoa nomidan unga pissa taqdim etdi. Grigoriy buni qabul qilishdan bosh tortdi, ammo baribir muammo hal bo‘ldi, chunki «Arsenal» keyingi turda «Ufa»ni mag‘lub etdi.

Pisarskiy va Shou shousi

O‘tgan yilning noyabrida, «Orenburg» safida «Krasnodar»ga qarshi bahsdagi xet-trigidan so‘ng, hujumchi Vladimir Pisarskiy naq futbol maydonida pissa yeb ko‘rdi. Uni Vladimirga jamoa ma’muriy shtab-kvartirasining bir vakili bergandi. Va shu asnoda hujumchi boshqa jamoadoshlarini ortda qoldirishni o‘ylagan ekan. Ya’ni «Orenburg» futbolchilari ularga tortiq etilgan pissalarini o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida paqqos tushirib qolarkan. Biroq Pisarskiy keyinchalik pissa uning yaxshi ko‘rgan taomlari ro‘yxatida yo‘qligini tan oldi.

125 kg. vaznli ingliz darvozaboni Ueyn Shou o‘zining quyi liga jamoasi «Satton Yunayted»ning Londonning «Arsenal» jamoasiga qarshi kubok o‘yinida pirog yeyishi bilan shou ko‘rsatdi va butun dunyo bo‘ylab shuhrat qozondi. Bu futbol maydonining o‘zida emas, zaxira o‘rindig‘ida sodir bo‘ldi. Va bu hazil Shouning 2 oyga diskvalifikasiya hamda 375 funt jarimaga tortilishiga sabab bo‘ldi. Gap shundaki, bitta bukmekerlik konserni ushbu o‘yin davomida pirogni Satton yeyishi ehtimoli uchun katta pul tikkan edi... Bu g‘alati tasodif edi.

Gvardiola va Mourinyo

Xosep Gvardiola «Manches­ter Siti»ga kelgach, o‘yinchilarning jismoniy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi deb ularning rasionidan pissani chiqarib tashlagan. Biroq, sov­rinlarni qo‘lga kiritgandan keyin istisnolar bo‘ldi. Misol uchun, 2021 yilning may oyida Premyer-liga chempionligini nishonlagandan so‘ng, Gvardiola o‘sha kechaning unga eng yoqqan qismi pissa kelganida bo‘lganini aytdi. Chunki u aralash-quralash spirtni ichimliklardan keyin ayni muddao bo‘lgandi.

Joze Mourinyoga kelsak, u pissa masalasida Gvardioladan boshqacharoq harakat qilgan. 2022 yilning avgustida «benazir» Italiya chempionatining 1-turida «Salernitana» ustidan qozonilgan g‘alaba (1:0) uchun «Roma» futbolchilari va klub xodimlariga 60 dona pissa sotib oldi. Taxminan bir yil avval Mourinyo poyezdda pissa iste’mol qilayotgani va «kola» ichayotgani videoga tushib qolgandi. O‘shanda u «bo‘rilar» 4:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan «Salernitana»ga qarshi mehmondagi o‘yindan qaytayotgan edi. Ya’ni, Mourinyo negadir bu jamoani pissa bilan bog‘lagan.

862 609ta pissa va futboldagi «pissageyt»

2023 yilning sentyabrida Londonning «Chelsi» klubi jiddiy muammolarga duch keldi. «Domino~s Pizza» kompaniyasining Britaniya bo‘limi esa bu haqda hazil qilishga jur’at etdi. «Chelsi» gol ura olmagan yana bir o‘yindan so‘ng («ko‘klar» «Aston Villa»ga yutqazgandi), o‘sha pisseriya «Chelsi» so‘nggi golini urgan vaqtdan (30 avgustdan) 25 sentyabrgacha mijozlarga taxminan 862 609 dona pissa yetkazib berishga muvaffaq bo‘lganligi bilan maqtandi. 2004 yilning oktyabrida «MYU»ning «Arsenal»ga qarshi o‘yinidan keyin «Pissageyt» yoki «Bufetdagi jang» deb nomlangan futbol bo‘lib o‘tdi. «Old Trafford» tunnelidagi kimdir ser Aleks Fergyusonning yuziga bir bo‘lak pissa uloqtirgan. O‘shanda Krishtianu Ronaldu «MYU»da o‘ynayotgan va u Lionel Messi kabi pissa bilan normal munosabatda bo‘lgandek edi. Shuningdek, Premyer-liganing 2015|2016 yilgi mavsumida o‘z o‘yinchilariga Ranyeri muntazam pissa berib kelgan va bu «Lester»ning chempionlik mavsumining diqqatga sazovor atributlaridan biri edi.

«Kechirasiz, «pirojki»

Va nihoyat, o‘sha mashhur «Kechirasiz, «pirojki» memiga keldik! Rossiyalik futbolchilar ko‘pincha o‘yinlardan ke­yin OAVga intervyu berishdan bosh tortgani uchun tan­qid qilinadi. Ular hattoki mikst-zonadan o‘tayotganda ham, jurnalistlarga bir-ikki daqiqa vaqt ajratishmaydi. Ammo yanada qiziqarli hodisalar ham mavjud. Masalan, 2012 yilning oktyabrida «Rubin» yarim himoyachisi Aleksandr Ryazansev «Amkar»ga mag‘lub bo‘lgach, mikst-zonadan o‘tayotib, jurnalistlardan qisqa va lo‘nda iborasi bilan uzoqlashgandi: «Kechirasiz, pirojki». Va u chindan ham yo‘lda «pirojki»sini yeb ketayotgandi. O‘sha payt­da Ryazanesev, bu iborasi orqali «Barselona» darvozasiga «Kamp Nou»dagi afsonaviy goli bilan bir qatorga chiqishini bilganida, jimgina kelib, savollarga javobini berib ketarmidi?...

 D.ALIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:25, 01.03.2024. O'qildi: 1446 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.