Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mavsum yakuni: Barchasi tarixda ilk marta...

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yevro-2024dan biroz chalg‘ish fursati keldi.

Bugun o‘tgan mavsum yakunlariga qaytib, «Tarixda ilk marta» turkumiga kiruvchi voqeliklar haqida so‘z yuritishni lozim topdik. Demak, sports.ru sayti ma’lumotlari asosida o‘z mamlakatida ilk marta yuqori natija ko‘rsatgan (chempion bo‘lgan, kubok sohibiga aylangan, yuqori ligaga ko‘tarilgan yoki shunchaki, xalqaro musobaqalarda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritgan) klublar bilan tanishib chiqamiz. «Real»ning 1ta natijasi esa boshqacha xarakterga ega.

«Yagelloniya» (Polsha) - birinchi marta chempion

Belostok shahri jamoasi mamlakat chempionati yuqori ligasida 2007 yildan buyon ishtirok etmoqda. Asosiysi, ancha muvaffaqiyatli tarzda. Har holda, «Yaga» ortda qolgan 17 mavsumda 2 marta kumush medal yutdi, yana bir bora «bronza»ni o‘ziniki qildi. Mana, belostokliklar so‘nggi mavsumda ilk bora Polsha chempioni bo‘lishdi. Eng qizig‘i, jamoa bundan oldingi 4 mavsum davomida 8-o‘rindan yuqoriga ko‘tarilolmagan, hatto 14-pog‘onagacha tushgandi. Xullas, chempionlik hatto «Yagelloniya»ning o‘ta ashaddiy fanati tushiga ham kirmagandi. Polsha ligasida oxirgi turga qadar «Shlensk» klubi «Yaga»ga jiddiy qarshilik ko‘rsatdi. Yakunda ikki jamoa ochkolari soni ham teng edi. Faqat oxirgi turda Poznan «Varta»sini 3:0 hisobida mahv etgan «Yaga» qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga chempionlikni tantana qildi. Endi Belostok klubi ilk chempionlik ortidan CHL saralash bosqichida o‘ynaydi.

«Eyupspor» (Turkiya) - birinchi marta Superliga yo‘llanmasi 

Turkiyaning eng yirik shahri - Istanbul tarkibiga kiruvchi Eyup tumani jamoasi hech qachon elit divizionga chiqqan emasdi. O‘z tarixining katta qismini havaskorlar ligalarida o‘tkazgan jamoa mavsum-1982|1983da ilk marta turk futboli ikkinchi eshelonida o‘ynagan, ammo atigi 1 yildan keyin ortga qaytgandi. «Eyup­spor» shundan so‘ng 37 yillik mashaqqatlar evaziga yana Ikkinchi ligaga chiqdi. Mana, bu safar 3 yillik mehnat ortidan nihoyat, Superliga yo‘llanmasi ham rasmiylashtirildi. E’tiborli jihati, o‘tgan yili «Eyupspor» boshqaruvini vaqtida «Atletiko» va «Barselona»da porlagan turkiyalik afsonaviy yarim himoyachi Arda Turon qo‘lga oldi va birdaniga tarixiy muvaffaqiyat ijodkoriga aylandi. Ayt­gancha, hamyurtimiz Jahongir O‘rozovni o‘z safiga qo‘shib olgan jamoa atigi 2500 muxlisga mo‘ljallangan mo‘’jazgina «Eyup» stadionida o‘ynaydi.

«Brest» (Fransiya) - birinchi marta sovrindor va CHL yo‘llanmasi

«Qaroqchilar» Liga1da 8-o‘rin (mavsum-1986|1987)dan yuqoriga chiqolmagandilar o‘z tarixlarida. Shuning uchunmi, oxirgi mavsum qayd etilgan muvaffaqiyat misli ko‘rilmagan qiziqish keltirib chiqardi. Binobarin, «Brest» elitada so‘nggi 14 mavsum tuzukroq natijaga erishmagandi. Yuqori divizionda 1979 yili debyut qilgan jamoa ilk urinishda so‘nggi pog‘onani band etib, quyiga qaytgan, lekin tezda ko‘tarilishga erishib, keyingi 10 mavsumdan 9tasini (1981-1991 yillar) elitada o‘tkazgandi. Shundan so‘ng inqiroz davriga yuz tutgan «Brest» yana pastga quladi va 2004 yildagina Liga 2ga ko‘tarildi. 2010 yili esa Liga1 yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi. Bosqichma-bosqich taraqqiyot jarayo­ni nihoyat, mavsum-2023|2024da samara berib, jamoa o‘z tarixida ilk bora Fransiya chempionati sovrindorlari qatoriga qo‘shildi - Erik Rua boshqaruvidagi «qaroqchilar» bronza medalini qo‘lga kiritishdan tashqari, ilk bora yevrokuboklarda qatnashish huquqini olishdi. Aslida «Brest» CHL chiptasidan quruq qolishi hech gap emasdi, faqat «Lill» yakuniy turlarda omadsiz o‘ynab, nufuzli turnir yo‘llanmasini «qaroqchilar»ga boy berdi.

«Rogashka» (Sloveniya) - birinchi marta mamlakat kubogi

Sloveniyada ushbu jamoaga nisbatan ko‘pincha «chaqilmas yong‘oq» ta’rifi ishlatiladi. 1999 yili tarqatib yuborilgan «Steklar» o‘rnida tuzilgan «Rogashka» elitadagi debyut mavsumidayoq 8-pog‘onani band etib, mamlakat kubogida birin-ketin «Nafta», «Triglav» va «Mura» to‘siqlaridan o‘tdi, hal qiluvchi bahsda esa «Gorisa»dan penaltilar seriyasi bo‘yicha ustun keldi. «Steklar» esa yuqori ligada atigi 2 mavsum qatnashgan va aytarli natijaga erisholmagandi. Xullas, «Rogashka» Rogashka Slatina shahriga tarixda ilk marta sovrin taqdim etdi.

«Jirona» (Ispaniya) - birinchi marta bronza medali va CHL yo‘llanmasi

2017 yilga qadar elit divizionni ko‘rmagan Kataloniya klubi uchun eng qiziqarli voqealar aynan mavsum-2023|2024da yuz berdi. «Jirona» elitadagi debyutida o‘z o‘rnini saqlab qololmagandi. Muhimi, jamoa tezda yana yuqoriga ko‘tarildi. Oddiy aytganda, yaqin o‘tmishda «Rayo Valyekano» safida dong taratgan futbolchi Migel Anxel Sanches Munyos yoki shunchaki, Migel «Jirona»ni La Ligaga qaytaribgina qolmay, uni raqobatbardosh jamoaga aylantirdi. Mana, atigi 2 yildan keyin kataloniyaliklar sovrindorlar uchligidan joy oldilar. Ular yakunlangan mavsum «Barselona»ni 2 marta bir xil hisob (4:2)da taslim etishdi, «Atletiko»ni 4:3, «Granada»ni esa 7:0 ko‘rinishida dog‘da qoldirishdi. «Jirona» shuningdek, Primeroda «Real»dan keyin ikkinchi sermahsul jamoa bo‘ldi - 85ta gol. Xususan, jamoaning ukrainalik hujumchisi Artyom Dovbik La Liga bosh to‘purariga atalgan «Pichichi» sovriniga ega chiqdi. Kataloniyaning kamtarin jamoasi endi ilk marta CHLda o‘ynaydi, yana to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida!

«Egnatiya» (Albaniya) - birinchi marta chempion

Rrogojina shaharchasi tuzilgan jamoa Albaniya chempionati Oliy divizionida ilk marta mavsum-2004|2005da ko‘rinish bergan va yakunda jadval oxiridan 2-o‘rinni band etib, ortiga qaytgandi. Ayt­gancha, o‘shanda so‘nggi o‘rinda qolgan «Lachi» 36ta o‘yinda atigi 2 ochko ishlagan, naq 124ta gol qo‘yib yuborib, ko‘plab antirekordlarni o‘rnatgandi. «Egnatiya»ga to‘xtalsak, muxlislar jamoaning elitaga qaytishini uzoq vaqt kutishdi. Nihoyat, mavsum-2021|2022da yuqori divizionda o‘ynagan «Egnatiya»ning yana omadsizlikka uchrashiga sal qoldi. Jamoa faqat «pley-off» o‘yinida «Korabi»ni yengish evazigagina o‘z o‘rnini saqlab qoldi kuchlilar davrasida. Keyingi mavsumni ancha muvaffaqiyatli o‘tkazgan jamoa yakuniy 3-o‘rin bilan yevrokuboklar saralash bosqichi yo‘llanmasiga ega bo‘ldi. Garchi «Egnatiya» Armanistonning «Ararat» klubini yengolmagan bo‘lsada, o‘z maydonida jangovar durangga erishdi - 4:4. Mana, shu klub endi Albaniyada tengsiz!

«Real» (Ispaniya) - birinchi marta CHLda mag‘lubiyatsiz odim

«Qirollik klubi»ning yorqin mavsumi haqida ko‘p va xo‘p yozildi. Karlo Anchelotti drujinasi nafaqat ichki musobaqalar, balki xalqaro arenalarda ham buyuk ekanligini yana bir bora chiroyli tarzda isbotladi. CHLning 15 karra g‘olibi - tasavvur qilish qiyin, lekin bu fakt! Madridliklar oxirgi 10 yillikda klub futbolining eng nufuzli musobaqasida 6 marta sovrinni boshlari uzra baland ko‘tardilar, bu orada biror finalda mag‘lubiyatga uchramadilar. Oxirgi mavsumning asosiy belgisi shuki, «Real» bu safar turnirni mag‘lubiyatsiz o‘tkazdi - 13ta o‘yinda 10ta g‘alaba va 3ta durang. Gollar nisbati - 28:15.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:00, 22.07.2024. O'qildi: 1127 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик