Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Buxoro» va «Xorazm» klublari, klub rasmiylari ishi Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Birinchi liga / Umumiy
Rukn: Yangiliklar
A A A

Proliga 17-turidan o‘rin olgan «Buxoro» — «Xorazm» uchrashuvidagi voqealar yuzasidan avvalroq xabar berilgandi. Uchrashuv komissarining bildirgisi, stadion rasmiylari, shuningdek, bellashuvda Liga tomonidan yollangan texnik guruh vakillarining ko‘rsatmalari asosida material tayyorlandi va u ko‘rib chiqish uchun Tartib-intizom qo‘mitasiga oshirildi.

«Buxoro» — «Xorazm» o‘yini Toshkent viloyatidagi «Do‘stlik» stadionida bo‘lib o‘tdi. Mavsum avvalida Liga «Buxoro» futbol klubiga Muborakdagi stadion bilan kelishish tavsiyasini bergan bo‘lsada, klub o‘z uy uchrashuvlarini Toshkentda o‘tkazishga qaror qildi. Shu tariqa klub va Liga ishtirokida uchrashuvlarni o‘tkazish bo‘yicha uch tomonlama shartnoma imzolangan.

Proliga bellashuvini «Do‘stlik» stadionida o‘tkazish uchun «Buxoro» ijara haqi to‘laydi. 17-tur doirasidagi uchrashuv oldidan stadion bellashuvni o‘tkazish bilan bog‘liq qator masalalarda xatoga yo‘l qo‘ygan. Liga bu borada o‘z e’tirozlarini stadionga egalik qiluvchi O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga kiritdi. Assosiasiya aybdor shaxslarga nisbatan chora ko‘radi.

«Buxoro» klubi rahbariyati esa nominal mezbon bo‘lishiga qaramay, mezbonlik bilan bog‘liq reglament talablarini bajarishda o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgani aniqlandi. Jumladan, bellashuv arafasida bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoyev tomonidan jamoat tartibi va xavfsizligi uchun mas’ul tashkilotlar imzolashi lozim bo‘lgan dalolatnomani faqatgina «Buxoro» klubi muhri bilan tasdiqlashga urinish sodir etilgan. Bu nafaqat musobaqalar o‘tkazish reglamentiga nisbatan hurmatsizlik, balki hujjatlarni qalbakilashtirishga bo‘lgan urinish sifatida qayd etildi.

Shuningdek, klub rahbari Shavkat Salomov uchrashuvni tashkil etish, reglament talablari va boshqa masalalarda yetarlicha malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi talab etiladi. Klubda rasmiy ishchi-xodimlarning belgilangan vazifalari nimalardan iborat ekanligi qayta ko‘rib chiqilishi lozim.   

Bellashuvning kech start olishi rasmiy aktning kechikishi bilangina emas, «Xorazm» klubi rasmiylarining Liga komissari o‘z vazifasini bajarishiga nisbatan tinimsiz to‘sqinlik qilgani bilan ham bog‘liq hisoblanadi. Jumladan, klub sport direktori Xursand Madkarimov hamda ma’muri Qahramon Masharipov qator holatlarda komissar faoliyati uchun to‘sqinlik qilgan. Klub rahbari Ro‘zimboy Ahmedov stadion hududiga bo‘lishiga qaramay, klub pozisiyasi reglamentda qayd etilgan ko‘rinishda rahbar tomonidan emas, tinimsiz ravishda «Xorazm» klubining turli ishchi-xodimlari tomonidan og‘zaki tarzda bildirilgan. Vaholanki, uchrashuvni boshlash yoki boshlamaslik, uning maqomini hal etish masalasi Liga tomonidan hal etiladi. Komissar har qanday holatda ham uchrashuvni o‘tkazish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.  

Shuningdek, futbolchilardan Ravshan Sultonov va Murod Bobojonov Liga komissarini haqoratlagan. Darvozabonlar murabbiyi G‘ayrat O‘dayev esa provakasion harakatlar bilan komissar ishiga halal bergan. Jamoa shifokori Jamol Yusupov va yana ikki futbolchi telefon videokamerasini yoqib, komissarni shantaj qilishga, uning faoliyati ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilishi bilan tahdid qilishga uringan.

Keyinroq klub direktori Ro‘zimboy Ahmedov hamda bosh murabbiy Hakim Fuzaylov Liga ofisiga tashrif buyurdi. Murabbiy bu kabi masalaga nega aralashayotgani, klub ishchi-xodimlari shantaj va o‘zboshimchalik bilan ish tutayotgan vaqtda rahbar nima qilayotgani kabi savollar ochiq qoldi. Ro‘zimboy Ahmedov Liga rahbariyati bilan uchrashuvda ham provakasiyani davom ettirdi.

O‘tgan davr davomida Liga qator markaziy va murakkab uchrashuvlarni tashkil etib kelmoqda. Rasmiy uchrashuvlar davomidagi har qanday masala reglament va boshqa me’yoriy hujjatlar orqali tartibga solinadi. Rasmiylar har qanday holatda ham g‘olibni maydondagi futbol o‘yini orqali aniqlashga harakat qilishi maqsadga muvofiq. Biroq «Buxoro» klubiga qarshi bellashuvda «Xorazm» rasmiylari maydon atrofidagi tomoshaga urg‘u bergani Liga tomonidan qoralanadi va masalaga tegishli tartibga chora ko‘rish O‘FA Tartib-intizom qo‘mitasidan so‘raladi. Har ikki klub rasmiylarining o‘zaro shaxsiy g‘araz va kelishmovchiliklari evaziga Liga musobaqasining bu taqlid aziyat chekishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 06:29, 31.08.2024. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик