Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sergey Lushan: “YAxshi jamoaga qarshi yaxshi maydonda o‘ynash yoqimli”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / Matbuot anjumanlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbekiston Superligasining 10-turidan o‘rin olgan “Bunyodkor” – “Navbahor” (2:3) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

"Lochinlar" ustozi odatdagidek o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

- Yaxshi uchrashuv bo‘ldi. Bahs muxlislarga yoqdi, degan umiddaman. Yigitlardan so‘ragan barcha ko‘rsatmalarimiz bajarildi. Natija esa tabloda ko‘rinib turibdi. Raqib ham yetarlicha qarshilik ko‘rsatdi. Yana 2-3 ta vaziyatlarimizdan foydalanganimizda, o‘yin masalasini ancha erta hal etgan bo‘lardik. Yaxshi jamoaga qarshi yaxshi maydonda o‘ynash yoqimli. Omad bugun biz tomonda bo‘ldi. Men VARni tushunmayman, to‘g‘risi. Bitta uchrashuvda boshqacha talqin qilinadi, ikkinchisida esa umuman boshqacha. Qoidalarda adashib ketganman. Hakamlar komissiyasi vaziyatlarni tahlil qilib chiqsa kerak. Ikki jamoa ham teng sharoitlarda edi.

- “Navbahor” so‘nggi bir hafta ichida uchta o‘yinda ishtirok etdi. Zich taqvim futbolchilarning jismoniy holatlariga qanchalik ta’sir qilmoqda?

- Har bir jamoaga har uch-to‘rt kunda o‘ynash qiyinchilik tug‘diradi. Biz O‘zbekiston kubogi doirasidagi bahsda kam o‘yin imkoniyatga ega bo‘layotgan futbolchilarni maydonga tushirgandik, ammo so‘nggi 20 daqiqada asosiy tarkib o‘yinchilarini maydonga tushirishga majbur bo‘ldik. Sababi natija kerak edi. Ikkita bellashuvda ham natijaga erishdik, demak, yaxshi ishlagan ekanmiz. Endi esa bir haftalik tanaffus bor va “Qo‘qon-1912”ga qarshi kechadigan o‘yin. O‘ylaymanki, futbolchilar keyingi bahsga qadar tiklanib olishadi. Keyin esa katta tanaffus bor.

- “Bunyodkor”dan qanday qiyinchiliklar tug‘dirishini kutgandingiz va o‘yin jamoangiz uchun qanchalik qiyin bo‘ldi?

- “Bunyodkor” jiddiy jamoa ekanligi sir emas. Hujum chizig‘i ancha kuchli. Raqibni ko‘p vaqt davomida o‘rgangan edik. O‘rganganlarimizni yigitlar bilan bo‘lishdik. Bugun futbolchilar raqibning kuchsiz jihatlaridan foydalana olishdi. Himoya chizig‘idagi muammolardan xabardor edik. O‘yindan ko‘nglim to‘ldi va men kutgan narsalar sodir bo‘ldi.

- “Navbahor” futbolchilari tanaffusdan so‘ng, ancha faol bo‘ldilar. Tanaffusda futbolchilarga nimalar dedingiz?

- Deyarli hech narsa. Uchrashuv davomida o‘zgarish qilish qiyin. O‘yin tizimini mashg‘ulot jarayonida o‘rganib olish kerak. Biz maydon markazida vertikal futbol o‘ynay boshladik. Tanaffusda yigitlarni tinchlantirib olish kerak edi.

- Futbolchilaringiz ikkinchi bo‘limda ko‘proq tartibli o‘ynashgandek tuyuldi. Masalan,Ruslanbek Jiyanov birinchi bo‘limda turli xil zonalarda paydo bo‘ldi, ammo tanaffusdan so‘ng o‘z pozisiyasida harakatlandi...

- O‘zingiz savolga javob berib qo‘ydingiz. So‘nggi daqiqalarda ikki hujumchimiz bir qanotga o‘tib olishdi. Ular hali yosh. Ularni tinchlantirib olish kerak.

- Jamoangiz to‘pga egalik qilayotgan paytda, legioner futbolchilarga to‘p juda kam yetib kelayotgandek. Misol uchun, jamoangiz pozision hujum tashkil etayotgan vaqtda Teydi to‘pni qabul qilib olish uchun yaxshi pozisiyada edi, ammo futbolchilar unga pas berishmadi va aksincha, to‘pni ortga uzatishdi. Bunga sabab, o‘zaro kommunikasiyadagi muammolarmi? Legionerlar mahalliy tilda muloqot qila olmasliklari sababli, mashg‘ulot jarayonlarida jamoani tushunishga qiynalishmayaptimi?

- Mashg‘ulotlarda bunday muammo yo‘q. O‘yin jarayonida esa ushbu muammo bor, deb o‘ylayman. Biz gol urganimizdan so‘ng, vertikal o‘yin uslubiga o‘tib olyapmiz. Lekin bu Teydini ko‘rishmayotganini anglatmaydi. Bizning hujum chizig‘imiz juda tezkor, xolos. Ikki tezkor futbolchilarimizdan raqib himoyachilarining ortiga ochilishni talab qilamiz. O‘tgan mavsumda tarkibimizda tajribali futbolchilar ko‘p edi. Jamoa charchab qolgan va tartibsizlik boshlanayotgan vaziyatlarda aynan tajribali futbolchilarimiz jamoani tinchlantirishi kerak edi. Hozirgi kunda tarkibimizda bunday futbolchilar yo‘q. Hozircha natija yaxshi, agar natija qayd etilmasa, yangi narsa o‘ylab topishimiz kerak bo‘ladi.

To‘pga egalik qilishdan foyda yo‘q. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq 800 ta pas amalga oshirish orqali ko‘proq ochkolar to‘play olmaymiz. Men yigitlar uchinchi zonadagi agressiv o‘yinni talab qilaman. Ayrim vaziyatlardan foydalana olmayapmiz. Biz natijaga ertaroq erishishimiz mumkin edi.

- Jamoada penaltilarni ijro etadigan asosiy futbolchi kim?

- Bizda Jiyanov, Ahmedov va O‘rinboyevlar mashg‘ulotlardan keyin qolib, penaltilar tepishadi. Men hech kimni majburlamayman. Penaltilarni ijro etish mashg‘ulot dasturimizdan ham joy olmagan. O‘yindan bir kun avval 11 metrlik zarbani ijro etishi mumkin bo‘lgan 3-4 nafar futbolchini e’lon qilamiz. O‘yin jarayonida kim o‘ziga ishonsa, o‘sha futbolchi zarbani ijro etadi.

- Hakam VARda vaziyatni ko‘rayotgan paytda siz “Bunyodkor” bosh murabbiyi bilan nimalarnidir gaplashdingiz. Agar sir bo‘lmasa, nima haqda gaplashdingiz?

- Men va raqib bosh murabbiyi o‘yindagi ko‘p to‘xtalishlardan norozi edik. Men o‘sha vaziyatni boshqacha ko‘rdim, raqib bosh murabbiyi esa boshqacha. Ikki og‘iz so‘z almashdik, xolos. Bizga gol urilgan vaziyatda menimcha, Azim Ahmedovga nisbatan qoida buzilgan edi. Gol urgan futbolchiga pas berilgan vaziyatda Azimga nisbatan qoida buzilgan edi. Menimcha, bu fol. Agar raqib futbolchisi Azimga nisbatan qo‘pol o‘ynamaganida, gol toza urilgan bo‘lar edi. Fol bo‘lsa gol bekor qilinishi kerak. Hozirgi qoidalarni tushunmayman. Masalan, oldin to‘p qo‘lga tegsa, penalti belgilanar edi. Qo‘l ko‘tarilganmi yoki boshqa holatda farqi yo‘q. Savollarni hakamlarga berish kerak, menga emas. Men ham sizlardek oddiy insonman. Qoidalar esa har yili o‘zgarib bormoqda" - dedi Lushan.

Kiritildi: 11:18, 19.05.2025. O'qildi: 978 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик