Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba.

  • «A» Seriya
      • 01.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 4:0
      • Verona
      • 01.02.2026 16:30
      • Torino
      • 1:0
      • Lechche
      • 01.02.2026 19:00
      • Komo
      • 0:0
      • Atalanta
      • 01.02.2026 22:00
      • Cremonese
      • 0:2
      • Inter
      • 02.02.2026 00:45
      • Parma
      • 1:4
      • Yuventus
      • 03.02.2026 00:45
      • Udineze
      • -:-
      • Roma
  • La-liga
      • 01.02.2026 01:00
      • Elche
      • 1:3
      • Barselona
      • 01.02.2026 18:00
      • Real Madrid
      • 2:1
      • Rayo Valyekano
      • 01.02.2026 20:15
      • Betis
      • 2:1
      • Valensiya
      • 01.02.2026 22:30
      • Xetafe
      • 0:0
      • Selta
      • 02.02.2026 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 03.02.2026 01:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Sevilya
  • APL
      • 01.02.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:1
      • Nyukasl
      • 01.02.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • 3:2
      • Fulhem
      • 01.02.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Kristal Pelas
      • 01.02.2026 19:00
      • Aston Villa
      • 0:1
      • Brentford
      • 01.02.2026 21:30
      • Tottenhem
      • 2:2
      • Manchester Siti
      • 03.02.2026 01:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Byornli
  • Futzal. Osiyo chempionati
      • 01.02.2026 13:00
      • Yaponiya
      • 2:1
      • O‘zbekiston
      • 01.02.2026 13:00
      • Tojikiston
      • 0:1
      • Avstraliya
      • 01.02.2026 17:00
      • Eron
      • 5:2
      • Afg‘oniston
      • 01.02.2026 17:00
      • Saudiya Arabistoni
      • 6:1
      • Malayziya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Sevilya 21 24
15 Xetafe 22 23
16 Valensiya 22 23
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Roma» asosiy futbolchisiga aylangan Eldor Shomurodov haqida: «U oltinga o‘xshaydi, men uni juda hurmat qilaman»

Baho:
+1 | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Argentinalik iqtidorli vinger Matias Soule yanvarda ketishni rejalashtirgandi. “Roma”da uning ishlari o‘xshamadi. Klaudio Ranyeri jamoa bilan ko‘proq mashg‘ulot o‘tkazgani uchun Tommazo Baldansi afzalroq ekanligini ochiqchasiga aytdi. Shuningdek, Ranyeri Matiasning ham fikrini o‘zgartirdi: u qoldi va bahorda A Seriyaning eng yaxshilaridan biriga aylandi.

Klaudio butun “Roma” bilan xuddi shunday ishni qildi. U kelishidan oldin rimliklar quyi ligaga tushib ketmaslik haqida o‘ylardi. So‘nggi tur oldidan esa Chempionlar Ligasi uchun kurash olib borildi.

Ranyeri suvni sharobga aylantirmaydi. Lekin bundan ozgina osoni ham uning qo‘lidan keladigandek. Biz uning har qanday vaziyatni tubdan o‘zgartira olishiga yetarlicha baho bermayotganga o‘xshaymiz.

Eldor Shomurodov — ham shaxsiy, ham jamoaviy darajada bu o‘zgarishning bir qismi hisoblanadi. Shuningdek, u O‘zbekiston terma jamoasining tarixda birinchi marta Jahon Chempionatiga chiqishiga katta yordam berdi. U nafaqat klub, balki terma jamoa safida ham ajoyib gollar urmoqda.

“Roma”ning Mourinyo bilan hamkorligi Eldorning Italiyadagi faoliyatini deyarli barbod qilgandi

Eldor Italiyaga pandemiyadan keyin borgan. U 25 yoshga to‘ldi, Rossiyada o‘zini yaxshi ko‘rsatdi va O‘rta Osiyoning juda istiqbolli bozorini ekanligini isbotladi. “Jenoa” ancha pul to‘ladi. Klub tarixida faqat bir xorijlik forvard undan qimmatroq edi — Diyego Milito.

Shomurodov hali Goran Pandevni yenga olmagan Mattia Destro, Janluka Skamakka bilan jamoaga tushib qoldi. Va yo‘qolib qolmadi. Hujumchidan mehnat qilish, to‘pga o‘ynash va ko‘p yugurish talab qilinadigan o‘yinlarda u eng yaxshilardan biri bo‘lib chiqdi. Eldor debyut mavsumida sakkizta gol urdi. Raqobat va klub maqomini hisobga olsak, juda yaxshi natija edi.

Unga faqat Genuyadagina qoyil qolishmadi. 2021 yilning yozida Shomurodov “Roma”ga o‘tdi. Edin Jeko ketdi, lekin Mourinyo keldi — murabbiyga quloq soladigan va qattiq mehnatdan qo‘rqmaydigan hujumchi kerak edi. Transfer qiymati 20 million edi. Eldor hammasiga tayyor edi.

Oradan ikki hafta o‘tib, ”Roma” Temmi Abraham uchun 41 million to‘ladi. O‘zbekistonlik futbolchining karyerasida yana o‘zgarish bo‘ldi. U Joze ajratgan daqiqalardan juda unumli foydalandi (birinchi mavsumida asosiy tarkibda tushgan beshta o‘yinida 3+4 natija), lekin baribir zaxirada qolardi. Ikkinchi yili Eldor deyarli o‘ynamadi. Undan ham yomoni: qishda “Spesiya”ga ko‘chib o‘tib,ko‘zga tashlanmay qo‘ydi. Genuyada porlagan tirishqoqlik va samaradorlikni uyg‘unlashtirgan jonkuyar endi yo‘qdek tuyulardi.

Endi bu tarix. Shomurodov O‘zbekiston terma jamoasi bilan mundialga yo‘l oldi, Rim jamoasining bir qismiga aylandi va nihoyat nima yuz bergani haqida gapirdi.

Uning Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusidan parcha: “Men “Roma”ga kelganimda yagona hujumchi edim va asosiy tarkibdan muntazam joy olaman deb o‘ylagandim, ammo keyin Abrahamning transferi hamda unga tikilgan pullar haqida xabarlar tarqaldi. Men bunga ishongim kelmasdi. Menga nisbatan adolatsizlik qilingandek tuyuldi, tushkunlikka tushdim. O‘zimga ishonish o‘rniga, boshqalarni aybladim. Oxir-oqibat, men harakat qilishni to‘xtatdim — bu esa tanazzulga olib keldi”.

Shomurodov o‘zgara oldi va Ranyerining “Roma”sida muhim futbolchilardan biriga aylandi

U yerda yana bir gap bor: “Hozir men o‘zimni boshqa futbolchidek his qilyapman. Ranyeri meni hayotga qaytardi”.

Eldor Klaudio bilan ikki yil oldin — “Kalyari”da ijarada bo‘lganida uchrashgan. Murabbiy unga darhol ishonch bildirgan. Shomurodov birinchi turdanoq maydonga tushgandi. Hammasi ham yaxshi ketmadi, jarohat xalaqit qildi, ammo hujumchi formasini tikladi va bahorda yana A Seriyada gol ura boshladi.

O‘tgan yozda u Rimga qaytdi. Daniele de Rossi uni so‘nggi daqiqalarda maydonga tushirardi. Ivan Yurich esa kamroq ishonardi. Ammo xorvat tez orada jamoani tark etdi va “Roma”ga Ranyeri keldi. Bir oydan so‘ng jamoa mag‘lub bo‘lishni to‘xtatdi. Aynan o‘sha paytlarda Shomurodov muntazam ravishda zaxiradan maydonga tusha boshladi.

Bahorga kelib u taktik detalning almashtirib bo‘lmaydigan qismiga aylandi. Ranyeri uning ijrochiligidan o‘yin davomida raqibning zaif tomonlariga bosim o‘tkazish va uni soddalashtirish uchun foydalangan. Eldor kartinaga kerakli shtrixlarni kiritgandi.

Masalan. “Verona” bilan o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchi markaziy himoya chizig‘ining lateral va chekka qismlari o‘rtasida — murabbiy zaif deb hisoblagan zona orqali kirib bordi. Rim derbisida Artyom Dovbikka juda yaqin joylashdi — “Lasio” shundoqqina darvoza oldiga “yotib oldi”, ammo ikki baland bo‘yli hujumchi raqibning yopiq vaziyatiga e’tibor qaratdi. “Yuventus”ga qarshi o‘yinda u 3-4-3 ni 4-4-2 ga aylantirdi va markaziy himoyachilarga bosimni oshirdi; keyinchalik, yurish ish berganda va “Roma” o‘yinni tenglashtirganda, Ranyeri past blokka qaytdi va Eldorni o‘rta chiziqqa tushirdi — u yana uddaladi.

Buning ustiga, Shomurodov har bir daqiqadan maksimal darajada foydalandi: “Yuventus”ga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirdi, “Monsa”ga qarshi o‘yinda 1+1 ni amalga oshirdi, “Atletik”ni mag‘lub etdi. “Eldor biz uchun nima qilgani va nima berayotgani bilan fundamental ahamiyatga ega, — dedi murabbiy. — U soatiga 100 mil tezlikda harakatlanib, borini beradi. U oltinga o‘xshaydi, men uni juda hurmat qilaman”.

Eldor mavsumni “Roma”ning asosiy hujumchisi sifatida yakunladi

Shomurodov qanchalik foydali futbolchi ekanligini yaxshiroq tasavvur qilishingiz uchun mana bu ma’lumotni keltiramiz: Dovbik bilan ilk daqiqalardan birga o‘ynay olasizmi, degan savol aprel oyidagi matbuot anjumanlarida odatiy holga aylandi. Italiyalik jurnalistlar bunday o‘yinchini zaxira o‘rindig‘ida qolishini tasavvuriga sig‘dirishmas edi. Uni ilk daqiqalardayoq maydonda ko‘rishni istashardi.

Nihoyat Ranyeri sukutni buzdi va fikr bildirdi: “Yo‘l-yo‘lakay paydo bo‘lib, Shomurodov o‘yinni buzadi. Agar u boshidan o‘ynasa-yu, lekin xuddi shunday hissa qo‘shmasa, menda o‘q uzish uchun patron qolmaydi”.

Ammo ko‘p o‘tmay bahslar tugadi. Shomurodov so‘nggi olti turni asosiy tarkibda o‘tkazdi. Bu ham oddiy o‘yinlar emasdi. “Roma” garchi o‘sha paytda orzu amalga oshmaydigandek tuyulgan bo‘lsa-da, hamon Chempionlar Ligasiga chiqish haqida o‘ylardi.

Milanning ikki jamoasi, “Fiorentina” va “Atalanta” kabi jamoalarga qarshi murakkab o‘yinlarga yaqinlashdik. Ranyeri Eldorni asosiy tarkibda tushiryaptimi, demak, shu variantni ma’qul ko‘rgan. Hatto, uni joylashtirish uchun sxemani o‘zgartirgan: ikkita baland bo‘yli hujumchi bilan o‘ynashga o‘tdi.

“Roma”ga yakunda bir ochko yetmay qolganiga Shomurodovning aybi yo‘qligi aniq. Ushbu murakkab o‘yinlarning dastlabkisi, “Verona”ga qarshi bahsda o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. Ikkinchisida, “Inter”ga qarshi bahsda esa golli uzatmani amalga oshirdi. “Fiorentina”ga qarshi o‘yinda ham golga hammualliflik qildi.

2025 yilda Eldor barcha turnirlarda 5+4 natija qayd etdi (mavsumda esa 7+6) — har 131 daqiqada samarali harakat qildi. Bir vaqtning o‘zida u pressing samaradorligi bo‘yicha A Seriyaning eng yaxshi hujumchilari qatoriga kirdi va to‘qqizliklar orasida asosiy yordamchilar to‘rtligiga kirdi. Faqat Romelu Lukaku, Mateo Retegi va Nikola Krstovichlar undan oldinda. Qayd etib o‘tish kerak, yuqoridagi uch hujumchi maydonda Eldordan ko‘ra ko‘proq daqiqalarga ega bo‘lgan.

Rimdagi faoliyatini Jozega unchalik kerak bo‘lmagan hujumchi sifatida boshlagan Eldor Shomurodov hozirga kelib, “Roma”ning asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Shu bilan birga, Eldor O‘zbekiston terma jamoasiga katta yordam berdi va jamoa tarixda birinchi marta mundialga yo‘l oldi! Tabiiyki, Shomurodov bunda muhim rollardan birini bajardi.

Albatta, O‘zbekiston terma jamoasi JCH—2026 da kattaroq maqsadlarni oldiga qo‘ygani aniq. Bu yo‘lda esa Eldorga Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va boshqa futbolchilar yordam beradi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:20, 17.06.2025. O'qildi: 5294 marta. Fikrlar: 9 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.