Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 7 18
2 Neftchi 7 18
3 Navbahor 7 15
4 Buxoro 7 14
5 Bunyodkor 7 13
6 Nasaf 7 12
7 Lokomotiv 7 11
8 Xorazm 7 9
9 Surxon 7 8
10 OKMK 7 8
11 Qo‘qon-1912 7 7
12 Dinamo 7 7
13 Qizilqum 7 6
14 Andijon 7 6
15 So‘g‘diyona 7 5
16 Mash’al 7 0

O'tgan o'yinlar.

7-тур Navbahor 2-0 Surxon
7-тур Dinamo 1-2 Lokomotiv
7-тур Andijon 1-2 OKMK
7-тур Nasaf 1-1 Buxoro
7-тур Paxtakor 2-1 Mash’al
7-тур Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
7-тур Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
7-тур Bunyodkor 0-1 Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Fabio Kannavaro avvalgi va hozirgi himoyachilar o‘rtasidagi farqni aytdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Bugun poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasi anjumanlari zalida O‘zbekiston Superkubogi-2025 uchrashuviga rasmiy mehmon sifatida taklif etilgan Jahon futboli afsonalari bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanni O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bakzod Mamaqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘FF rahbari mamlakatimizda futbol taraqqiyoti muhtaram yurtboshimiz rahnamoligida yangi bosqichga ko‘tarilgani, buning samarasi o‘laroq O‘zbekiston terma jamoalarining xalqaro maydonlarda qo‘lga kiritayotgan yutuqlari salmoqli bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdi.

"Xususan, milliy terma jamoamiz ilk marta Jahon chempionatiga yo‘llanma oldi, o‘tgan mavsum Olimpiya terma jamoamiz to‘rt yillikning eng nufuzli tadbiri – Yozgi Olimpiadada debyut qildi, yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarimizning jahon va qit’a musobaqalaridagi yutuqlari muxlislarimiz kutganidek, odatiy holga aylanib borayapti. O‘z navbatida futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi uchrashuviga Jahon futboli afsonalarining taklif etilishi futbolsevar xalqimiz uchun Mamlakatimiz Mustaqilligining 34-yilligi tantanalari oldidan o‘ziga xos to‘hfa bo‘ldi, — deb qayd etdi B.Mamatqulov.

Jahon futboli afsonalari bilan erkin, samimiy ruhda o‘tgan matbuot anjumanida ommaviy axborot vositalari vakillari o‘zlarini hamda muxlislarni qiziqtirayotgan barcha savollariga atroflicha javob olishdi.

Savol: — Zamonaviy futbolda himoya chizig‘i qanchalik kuchaygan? Siz o‘ynagan va jahon chempioni bo‘lgan davrdagi Italiya terma jamoasi kuchlimi yoki ayni paytda faoliyat yuritayotganimi?

Fabio Kannavaro: — Mening fikrimcha 2006-yilda jahon chempioni bo‘lgan terma jamoamiz kuchliroq edi. Boisi hamma chiziqda eng mahoratli, betakror o‘yinchilar jamlanishgandi. Bejizga chempion bo‘lmaganmiz.

Zamonaviy futbolda himoya qanchalik kuchaygan degan savol ancha keng qamrovli. Hozirgi futbolda himoyachi faqat to‘pni olib yurgan raqibga qarshi o‘ynamasdan, butun maydonni va unda bo‘ladigan voqealar rivojini oldinda ko‘ra bilishi kerak. Boshqacha aytganda butun maydonni nazorat etib turishi lozim. Ayni paytda himoyachining vakolat doirasi kengaygan.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan
Kiritildi: 17:00, 27.08.2025. O'qildi: 1261 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Doston Hamdamov 4
2 Нефтчи Stipe Perisa 4
3 Сурхон Chinedu Stefan 4
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 4
5 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 3
6 Нефтчи Alisher Odilov 3
7 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
8 Нефтчи Zoran Marushich 3
9 Пахтакор Flamarion 3
10 Сўғдиёна Feysal Mulich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик