Ispaniyaning «Vilyarreal» klubi UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichida Italiyaning «Napoli» jamoasini o‘z maydonida 3:1 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochdi. 8-daqiqada Amir Rahmoni raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Napoli»ni oldinga olib chiqdi.
Biroq mezbonlar birinchi bo‘limning o‘zida vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Avval Jorj Mikautadze hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, keyinchalik Santyago Mourinyo «Vilyarreal»ni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda ham Ispaniya klubi hujumlarini davom ettirdi. Tani Oluvaseyi raqib darvozasini ishg‘ol qilib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 3:1.
Shu tariqa, «Vilyarreal» Chempionlar ligasining 2026/27 yilgi mavsumidagi dastlabki ochkolarini qo‘lga kiritdi. «Sariq suvosti kemasi» laqabi bilan mashhur jamoa 3 ochko bilan umumiy bosqich turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi.
Ispaniya klubi navbatdagi uchrashuvini 20 oktyabr kuni safarda Angliyaning «Liverpul» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
«Napoli» esa Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va hozircha ochko jamg‘ara olmadi. Neapolliklar musobaqadagi keyingi bahsini 20 oktyabr kuni o‘z maydonida Norvegiyaning «Budyo-Glimt» klubiga qarshi o‘tkazadi.
Yevropa chempionlar ligasi. Umumiy bosqich. 2-tur.
14 oktyabr, 00:00. «Estadio de la Keramika» (Vilyarreal)
«Vilyarreal» — «Napoli» — 3:1
Gollar: Rraxmani, 8 (0:1), Mikautadze, 23 (1:1), Mourinyo, 26 (2:1), Oluvaseyi, 86 (3:1).
«Vilyarreal» tarkibi: Luis Junior, Navarro, Veyga, Romero, Mourinyo, Komesanya (Peres, 83), Guye (Kardona, 84), Moleyro (Foyt, 68), Saliba, Moreno (Oluvaseyi, 63), Mikautadze (Frimen, 64).
«Napoli» tarkibi: Milinkovich-Savich, Rraxmani, Badiashile, Marin (Lukka, 73), Gilmor (Lobotka, 72), Maktominey (Spinassola, 61), Di Lorenso, Politano (Neres, 60), De Bryuyne, Jovane (Lang, 60), Xyoylund.
Sariq kartochkalar: Mikautadze (33), Saliba (67) — Jovane (55), De Bryuyne (62), Di Lorenso (86).