Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Behruz Karimov: «Maqsadim — yetarlicha tajriba to‘plab, Yevropa klublari va milliy terma jamoamizning eng muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lish»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/pflclubs/surxon
Rukn: Intervyular
A A A

Behruz Karimov mavsumning eng yorqin kashfiyotlaridan biriga aylandi va qisqa vaqt ichida «Surxon»ning yosh iste’dodi muxlislar sevimlisiga aylanishga ulgurdi. Hozirda Behruz U23 terma jamoasi ixtiyorida bo‘lishiga qaramay, mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtida klub matbuot xizmati uchun intervyu berdi.

— Behruzjon, futboldagi ilk qadamlaringiz qanday bo‘lgan?
— Futbol menga bolalikdan juda yoqardi. 6 yoshimdan futbol bilan shug‘ullana boshlaganman. Birinchi murabbiyim Mamatov Shodmonxon, keyinchalik Namangan futbol akademyasida bo‘lganman va u yerda menga Bozorov Rahimjon, O‘tkirbek Ergashev va Muslim Saitboyev kabi malakali murabbiylar yordam berishdi. Keyinchalik Odil Ahmedov akademiyasida futbolning barcha asoslarini o‘rgandim va professional futbol uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘ldim. Vaqt o‘tib «Surxon»ga keldim va tanlovimdan aslo afsuslanmayman.

— Behruz, o‘tgan mavsumda siz Superliganing eng yorqin kashfiyotlaridan biriga aylandingiz va yoshingizga nisbatan juda yetuk o‘yin namoyish etdingiz. Ushbu mavsum sizda qanday taassurot qoldirdi?
— Bu mavsum men uchun juda esda qolarli bo‘ldi. Professional futbolda qanday qiyinchiliklar borligini to‘liq ko‘rdim va biz mavsumni haqiqiy oila bo‘lib o‘tkazdik.

— Qisqa vaqt ichida jamoaning asosiy futbolchisiga aylandingiz va 3ta gol urdingiz. "Andijon" darvozasiga kiritilgan ikkita chiroyli gol hamda safarda «Neftchi»ga urilgan gol. Ushbu gollarni izohlab bersangiz?

— Bu gollar menga yanada xotirjamlik berdi. Birinchi golimni urgandan so‘ng o‘zimga bo‘lgan ishonchim ancha oshdi va so‘nggi turlarda jamoamizga yordam bera olganimdan juda xursandman.

— Sizningcha, qaysi jihatlar ustida yana ko‘proq ishlashingiz kerak, qaysi tomonlaringiz esa eng kuchli?
— Menimcha, hozircha hammasi yaxshi ketmoqda. Asosiysi — bo‘shashmasdan, bor kuchim bilan mehnat qilib, tajriba to‘plashni xohlayman.

— Jamoamiz sizning rivojlanishingizga yordam beryaptimi? «Surxon»ning o‘yin uslubiga moslashish qanchalik tez kechdi?
— Albatta, "Surxon" jamoasida o‘zimda juda katta rivojlanishni his qildim. Buning uchun murabbiylarimiz shtabiga — Stanislav Petrovich Kudryashov hamda Fevzi Rizayevich Davletovga katta rahmat aytaman. "Surxon"ga moslashishim juda tez bo‘ldi, chunki bu yerda ilk o‘yinlarimdanoq menga ham maydonda, ham maydondan tashqarida yetarlicha qo‘llab-quvvatlash bo‘ldi.

— Jamoada kimlar sizga eng yaqin do‘st bo‘lib qoldi? Kim bilan ko‘proq muloqot qilasiz?
— Tarkibimiz yosh bo‘lgani sababli, moslashuv jarayoni men uchun juda tez kechdi. Deyarli barcha jamoadoshlarim bilan iliq munosabatdaman. Kamron Yusupov, Behruz Shukurullayev, Sunnattullo Hamidjonov, shuningdek jamoani tark etgan Poyonov va Turdimurodov bilan do‘stona aloqalarimiz juda yaxshi. Umuman olganda, jamoamizda juda yaxshi va ahil muhit hukm surmoqda.

— "Surxon"ga kelishingiz jamoaning o‘z ona shahri — Termizga qaytishi bilan bir paytga to‘g‘ri keldi. Shahar, muxlislar va stadion sizda qanday taassurot qoldirdi?
— Biz muxlislar tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlashni his qildik. Buning uchun fan-klub rahbari «Dadosh»ga alohida rahmat aytaman. Fan-klub tomonidan ko‘rsatilgan qo‘llab-quvvatlash aql bovar qilmas darajada bo‘ldi!

Umuman olganda, Termiz shahri menga juda yoqdi. Odamlari mehribon, tribunadagi muhit juda a’lo. Stadionning o‘zi esa yaxshi infratuzilmaga ega. E’tibor bergan bo‘lsangiz, butun mavsum davomida stadionimizdagi maysa ideal holatda bo‘ldi va hatto sovuq ob-havoda ham jamoamiz yaxshi sharoitlarda hujumkor futbol namoyish eta oldi.

— O‘zingiz oldingizga kelasi mavsum uchun qanday shaxsiy maqsadlarni qo‘ygansiz?
— Yetarlicha tajriba to‘plab, Yevropa klublari va milliy terma jamoamizning eng muhim o‘yinchilaridan biri bo‘lish. Lekin bularning barchasiga erishish uchun men «Surxon»da o‘zimni yaxshi tomondan ko‘rsatishim kerak

— Hozirda siz yaqin orada Osiyo kubogida ishtirok etadigan U23 terma jamoasi yig‘inidasiz. Guruhdagi raqiblaringiz Livan, Eron va Koreya bo‘ladi. Turnir oldidagi vazifalar borasida savol yo‘q — Vatan sharafini himoya qilish doimo eng yuqori maqsadlarni qo‘yishni anglatadi. Ammo guruh bosqichidagi raqiblar kuchini qanday baholaysiz? Juda qiyin bo‘lmaydimi?
— U23 Osiyo Kubogi musobaqasiga U21 jamoasi bilan kelganmiz guruhdagi raqiblarimiz azaldan kuchli raqiblarimizdan hisoblanadi. Maqsadimiz — bu musobaqada munosib ishtirok etib Vatanimizni xursand qilish.

Kichik blis-savollar:

— Sevimli taomingiz?
— Oshpazimiz Nasim aka Mirzabdullayev tomonidan tayyorlanadigan barcha ovqatlar.

— Sevimli avtomobil brendingiz?
— BMW.

— Sevimli futbolchilaringiz top-3?
— Ashraf Hakimiy, Serxio Ramos, Abduqodir Husanov.

— "Surxon"da kiyinish xonasidagi yetakchi kim?
— Jamaliddin Xodjaniyazov, Behzod Shamsiyev, Nodirxon Ne’matxonov.

— Jamoaning eng quvnoq futbolchisi kim?
— Dilshod Yo‘ldoshev, Nodirxon Ne’matxonov.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 23:23, 04.01.2026. O'qildi: 1187 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик