Bugun 11 fevral, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 25 50
3 Aston Villa 25 47
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 25 39
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 25 36
12 Fulhem 25 34
13 Kristal Pelas 25 32
14 Brayton 25 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 25 26
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 25 15
20 Vulverhempton 25 8

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Aston Villa - Brayton
01/01/70 Kristal Pelas - Byornli
01/01/70 Manchester Siti - Fulhem
01/01/70 Nottingem Forest - Vulverhempton
01/01/70 Sanderlend - Liverpul
01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Stanislav Kudryashov: «Bizda terma jamoa tarixidagi eng iqtidorli tarkiblardan biri jamlangan»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / PFL klublari / https://stadion.uz/uz/news/sections/uzfootball/pflclubs/surxon
Rukn: Intervyular
A A A

Bu yil «Surxon» jamoasiga Stanislav Kudryashov bosh murabbiylik qiladi. Bungacha tajribali mutaxassis klubda sport direktori lavozimida faoliyat olib borgan, shuningdek, bosh murabbiy yordamchisi sifatida ishlagan.

Stanislav Petrovich klub matbuot xizmati bilan suhbatlashib, qiziqarli savollarga javob berdi.

Stanislav Petrovich, assalomu alaykum! Yangi yilning boshlanishi haqida so‘ramoqchi edik. Jamoada ishlar qanday ketmoqda?
— Assalomu alaykum. Avvalo, yurtimiz aholisini o‘tib ketgan Yangi yil bayrami bilan tabriklamoqchiman. Barchaga baxt, sog‘lik va eng ezgu tilaklarni tilayman. «Surxon»ga kelsak, jamoa 4-yanvar kuni Toshkentda yig‘inlarni boshladi, 14-yanvar kuni esa o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini uchun Turkiyaga jo‘nab ketdik. Bizda istiqbolli jamoa shakllandi.

Shu yildan boshlab siz rasman jamoa bosh murabbiyi etib tayinlandingiz. Bosh murabbiy va yordamchi murabbiy ishi o‘rtasidagi farq nimada?
— Shuni aytmoqchimanki, biz doimo birga ishlaganmiz. Kim bo‘lishingizdan qat’i nazar — bosh murabbiy, futbolchi yoki oddiy xodim — barchamiz bir jamoamiz. Har bir inson jamoa manfaatlari yo‘lida foyda keltirishi mumkin. Shu sababli ishda katta farq bor deb ayta olmayman. Ammo bosh murabbiy lavozimi juda mas’uliyatli ekanini alohida ta’kidlayman. «Surxon»ga foyda keltirish uchun bor kuchimni ishga solaman. Muxlislar bu jamoani sevishini va doimo qo‘llab-quvvatlashini bilaman. Tan olish kerak, bosh murabbiy oldidagi asosiy vazifa — jamoani yaxshi boshqarib, muxlislarni xursand qilish.

Murabbiylar shtabida bir nechta mutaxassislar, jumladan Fevzi Davletov jamoani tark etdi. Yangilanish ishlari qanday olib borildi?
— O‘tgan mavsumda «Surxon»da ishlagan barchaga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bular — Fevzi Davletov, Aleksey Nikolayev va Valeriy Karpenko. Fevzi Davletovga Superliga klubidan yaxshi taklif tushdi va u jamoani tark etish istagini bildirdi. Ular o‘z ishining ustalari, ular bilan ishlash juda yoqimli edi. Murabbiylar shtabini yangilash masalasiga kelsak, biz puxta ish olib bordik va yoshlar bilan samarali ishlay oladigan tajribali mutaxassislarni jalb etdik. Masalan, avvalgi mashhur futbolchi Akmal Sho‘rahmedovni ko‘pchilik yaxshi biladi — u yoshlar bilan ishlashda, shuningdek futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirishda yordam beradi. Shuningdek, malakali murabbiylar Doniyor Usmonov hamda Sulayman Axmedkarimov ham murabbiylar shtabida joy olishdi.

Ushbu yig‘inda qanday vazifalar qo‘yilgan?
— Aslida mavsumoldi yig‘inlaridagi maqsad va vazifalar doim o‘xshash bo‘ladi — bu futbolchilarni mavsumga tayyorlash. Bunda ham jismoniy, ham taktik tayyorgarlik muhim. Futbolchilarning chidamliligi va texnikasi ustida ishlaymiz, u yoki bu sababga ko‘ra o‘yin amaliyotidan chetda qolgan futbolchilarni tekshirib ko‘ramiz, shuningdek yosh futbolchilarga imkoniyat beramiz. Bilasiz, «Surxon» doimo yosh va istiqbolli futbolchilarga tayanadi. Oldinda uzoq mavsum bor, shu sababli yig‘inlarda samarali ishlash juda muhim.

Bundan tashqari, xorijiy klublarga qarshi bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazamiz, bu esa barcha futbolchilarni amalda sinab ko‘rish imkonini beradi.

Jamoaga bir nechta futbolchilar qo‘shildi. Yangi futbolchilar haqida to‘xtalsangiz.
— Dekabr va yanvar oylarida seleksiya ishlari bilan shug‘ullandik. Tarkibni ayrim pozisiyalar bo‘yicha aniq kuchaytirish vazifasini qo‘ydik. Masalan, tayanch zonaga «Surxon» o‘yin uslubiga mos keladigan gruziyalik legioner Tornike Dzebniaurini taklif qildik. Jamoaga, shuningdek, iqtidorli vinger Sunatilla Abdullajonov va yosh hujumchi Farrux Qodirov qo‘shildi. Keyin hujumchi pozisiyaga legioner hujumchi olishga qaror qildik va tarkibimizga nigeriyalik Stiven Chinedu ham qo‘shildi.

Shuningdek, mavsum oldidan Dilshod Yo‘ldoshev jarohat oldi va biz darvozabon izlash uchun transfer bozoriga chiqishga majbur bo‘ldik. Bu pozisiyani ham iqtidorli darvozabon Otabek Boymurodovning transferi orqali yopdik.

Yana transferlar bo‘ladimi?
— Ishonch bilan ayta olamanki, seleksiya yo‘nalishida ishlar davom etmoqda. Umuman olganda, tarkib yaxshi shakllantirilgan, ammo shunday ibora bor: «Hech qachon “hech qachon” dema». Balki Turkiyadagi yig‘in davomida ko‘rik uchun yangi futbolchilar kelib qolishi mumkin.

2026-yilgi mavsumda jamoa oldiga qanday vazifa qo‘yilgan?
— Bu haqda bir necha bor aytganmiz: «Surxon» — yoshlarni rivojlantirishga qaratilgan loyiha. Biz aynan shu yo‘nalishda ishlamoqdamiz, chunki kelajak yulduzlari va Milliy terma jamoa futbolchilari aynan istiqbolli futbolchilardan yetishib chiqadi. Murabbiy sifatida, jamoamdagi futbolchilar terma jamoaga chaqiruv olsa, bundan faqat xursand bo‘laman.

Shuni alohida ta’kidlashni istardimki, har bir uchrashuvda, raqibdan qat’i nazar, biz faqat g‘alaba va 3 ochko uchun o‘ynaymiz. Juda muhim jihat — murabbiylik faoliyatim davomida men har doim futbolchilarga hujumkor futbol uslubini singdirishga harakat qilganman. Menimcha, bu juda muhim. Jamoa hujumkor uslubda o‘ynasa, unda har jihatdan muvozanat bo‘ladi.

Yaqinda rasmiy Telegram-kanalimizda Islombek Ismoilovning siz haqingizdagi iqtibosi e’lon qilindi…
— Ha, Islombek murabbiylik faoliyatini endi boshlagan paytda menga yordam bergan. U haqida haqiqatan ham «futbol odami» deb aytish mumkin. Albatta, u o‘z yoshiga qaramasdan yaxshi natijalarga erishdi. Agar O‘zbekistonda shunday mutaxassislar, «yosh Nagelsmannlar» ko‘paysa, bu o‘zbek futboli uchun faqat foyda bo‘ladi.

Futboldan bo‘sh vaqtingizda nimalar bilan shug‘ullanasiz?
— To‘g‘risini aytsam, vaqtimning deyarli barchasini futbol egallaydi (kuladi). Futbol — bu faqat 90 daqiqalik o‘yin emas, bu mashg‘ulotlarda mehnat va o‘z ustida ishlashni talab qiladigan katta jarayon.

Yosh futbolchilarga qanday maslahat berasiz?
— Mehnat qilish, mehnat qilish va yana mehnat qilish. Futbol sizga zavq bag‘ishlashi kerak.

Superliga jamoalari yoki Yevropa chempionatlarini kuzatib borasizmi?
— Ha, Superligadagi boshqa jamoalarni kuzatmaslikning iloji yo‘q. Umuman olganda, so‘nggi yillarda chempionat darajasi ancha oshdi. Intensivlik va jamoalar o‘rtasidagi kurash ko‘paydi. O‘zbek ligasiga xorijda ham qiziqish ortmoqda. Chempionlik uchun qanday kurash ketayotganiga bir qarang — raqobat juda kuchli. Har bir raqib g‘alaba uchun kurashadi va hatto favoritdan ham ochko olib qo‘yishi mumkin.

Albatta, Yevropa ligalarini ham tomosha qilaman. Xususan, Unai Emeri «Aston Villa»da namoyish etayotgan futbol menga yoqadi. Pep Gvardiolaning hujumkor tizimini ham unutmaslik kerak — «Manchester Siti»ning o‘yinlarini tomosha qilish juda qiziqarli. Albatta, PSJni ham alohida ta’kidlash kerak. Ispaniya Superkubogini, ya’ni mashhur «El-Klasiko»ni tomosha qildim — juda sifatli futbol bo‘ldi. Bu — o‘zbek futbolchilari intilishi kerak bo‘lgan daraja.

Agar sir bo‘lmasa, «El-Klasiko»da kimga muxlislik qildingiz?
— Men ko‘proq neytral muxlisman. Asosan jamoalarning taktikasi va futbolchilarning hujumkor sxemalarini kuzataman. Ushbu uchrashuvni tomosha qilishdan katta zavq oldim. Shunchaki aytishim mumkinki, kecha «Barselona» kuchliroq edi.

BLIS-SAVOLLAR:

Jamoangizdagi eng kitobxon futbolchi kim?
— Dostonbek Tursunov va Humoyun Sherbutayev. Ularni ko‘pincha kitob o‘qib o‘tirgan holda uchratish mumkin.

Jamoangizdagi eng quvnoq futbolchi kim?
— Nodirxon Nematxonov. Biz hatto unga «Garri» degan laqab ham qo‘yganmiz. Uning hazillari sabab jamoamizda muhit juda yaxshi.

Jamoangizdagi eng jiddiy futbolchi kim?
— Eng jiddiy futbolchilarimiz — sardorlar. Behzod Shamsiyev va Jamaldin Xodjaniyazov. Ular maydonda ham, maydon tashqarisida ham o‘z ishining professionallari. Shuningdek, Behruz Shaydulovni ham alohida ta’kidlayman — menimcha, u kelajakda jamoa sardori bo‘lishga munosib.

«Surxon»ni bir so‘z bilan tasvirlab bering?
— Bir so‘z bilanmi? Oila.

Krishtianu Ronaldu yoki Leo Messi?
— Ikkalasi ham zo‘r.

Eldor Shomurodov yoki Abduqodir Husanov?
— Bu yerda ham ikkalasi ham iqtidorli futbolchi. Ammo Shomurodov surxondariyolik bo‘lgani uchun uni tanlayman.

Bu yil muxlislarga tilaklaringiz?
— Sog‘ bo‘ling, baxtli bo‘ling va «Surxon»ga muxlislik qiling!

Yozda Milliy terma jamoamiz ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Terma jamoamizdan nimalarni kutmoqdasiz?
— Albatta, terma jamoamiz mundialga yo‘l olganidan juda xursandman. Shubhasiz, mamlakatimizda futbolga katta e’tibor qaratilmoqda. Fabio Kannavaroga omad tilayman, murabbiy sifatida uning zimmasidagi mas’uliyat qanchalik katta ekanini yaxshi tushunaman. Shu bilan birga, futbolchilarimiz o‘zlarini munosib tarzda namoyon etishlarini kutyapman. Bizda terma jamoa tarixidagi eng iqtidorli tarkiblardan biri jamlangan.

«Surxon» mavzusiga qaytsak: ko‘plab muxlislar Surxondaryo viloyatida yoshlar rivoji borasida xavotir bildirishmoqda. Bu yo‘nalishda ishlar qanday olib borilmoqda?
— Men futbolchilarga ko‘p bor aytganman: «Sizlarni butun mintaqa, butun Surxondaryo qo‘llab-quvvatlaydi». Tarixan Surxondaryoda ko‘plab iqtidorli futbolchilar yetishib chiqqan. Biz hozir ham aynan shu yo‘nalishda ishlayapmiz. Yaqinda klub Akademiyasi rasman ochildi va uning direktori etib Orif Onorov tayinlandi. Orifni yaxshi bilgan holda ayta olamanki, Akademiya ishonchli qo‘llarda va yaqin kelajakda uning tarbiyalanuvchilarini asosiy jamoa safida ko‘ramiz.

Hozir ham bu borada ishlar davom etmoqda. U19 jamoasining bir qator futbolchilari U21 tarkibiga o‘tkazildi va biz ular faoliyatini kuzatishda davom etyapmiz. Surxondaryo yoshlari bosqichma-bosqich asosiy jamoada imkoniyatga ega bo‘lishiga ishonamiz.

Murabbiylar shtabi haqida gaplashdik. Klub rivojiga yana kimlar katta hissa qo‘shmoqda?
— Albatta, bu — klub prezidenti Azamat Guseynovich Husainov. U 24/7 «Surxon» manfaatlari yo‘lida ishlaydi, mashg‘ulotlar uchun yaxshi sharoitlar yaratdi, shuningdek Turkiyadagi yig‘inlarni ham tashkil etdi. Bu inson futbol bilan yashaydi va «Surxon» uchun butun qalbi bilan qayg‘uradi.

Shuningdek, klubga yordam berib kelayotgan Ravshan Salimovich Rajabovning hissasini ham alohida ta’kidlagan bo‘lardim. Albatta, texnik direktorimiz Nurali Nurullayevni ham eslab o‘tish kerak. Yaqinda uning sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar bo‘ldi, jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Shu munosabat bilan unga mustahkam sog‘lik tilayman. Klub bosh direktori Akmal Xusanbayevning ham hissasi katta.

Umuman olganda, «Surxon» — bu katta oila. Va har bir xodim men uchun muhim.

Manba: https://pfcsurkhon.uz
Kiritildi: 23:13, 16.01.2026. O'qildi: 1479 marta. Fikrlar: 6 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 21
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 12
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Фулхэм Xarri Uilson 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.