Ayol tennischilar assosiasiyasi (WTA) haftalik yangi reytingni e’lon qildi. Top-10 talikda to‘rtta o‘zgarish qayd etildi.
Xususan, 2026-yilgi Avstraliya ochiq chempionati g‘olibi Yelena Ribakina beshinchi pog‘onadan uchinchi o‘ringa ko‘tarilib, ikki yarim yildan so‘ng yana kuchli uchlikka qaytdi. U o‘z hisobiga 2000 ochko qo‘shib, amerikalik Koko Gauff bilan o‘rin almashdi.
Bundan tashqari, reyting peshqadami bo‘lib turgan belaruslik Arina Sabalenka 2026-yilgi Avstraliya ochiq chempionatida chempionlikni himoya qila olmadi va 1300 ochko yo‘qotdi.

O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Kamilla Rahimova avvalgi haftadagi kabi 93-o‘rinda qoldi. Uning hisobida 802 ochko mavjud.
Shuningdek, Avstraliya ochiq chempionatida 1 g‘alaba va 1 mag‘lubiyat qayd etgan Polina Kudermetova 11 pog‘onaga ko‘tarilib, 139-o‘rinni egalladi. Uning ochkolari soni 533 tani tashkil etadi.
O‘zbekistonlik tennischilarning WTA reytingidagi o‘rni:
93. (93) Kamilla Rahimova — 802 ochko
139. (150) Polina Kudermetova — 533 ochko
966. (987) Maksim Shin — 19 ochko
