06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира. 07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира. 08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008. 09:00 Снукер. Третий раунд. 11:00LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция. 14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян. 14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян. 15:30 Снукер. Третий раунд. 16:30LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция. 19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour. 21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян. 22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян. 23:00 Снукер. Третий раунд. 01:00 Трейлраннинг. 01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира. 02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира. 03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин. 03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин. 04:30 Снукер. Третий раунд.
Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha «Prague Chess Festival» turniri yakuniga yetib qoldi. Bugun musobaqada so‘nggi — 9-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.
Musobaqaning «Masters» guruhida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik ikki shaxmatchi — Nodirbek Abdusattorov va Nodirbek Yoqubboyev kecha 8-tur o‘yinlarida ishtirok etishdi.
Abdusattorov ushbu turda o‘zi kabi 4,5 ochko jamg‘argan holda 2-3-o‘rinlarni bo‘lishib turgan mezbon shaxmatchisi David Navaraga qarshi qora donalarda o‘ynadi. Raqiblar butun o‘yin davomida yuqori aniqlikda harakat qilishdi va Endshpilda mutlaqo teng vaziyatda yetib kelishdi. 53-yurishda esa Navara qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Hamyurtimiz raqibni bu xato uchun tezda jazolagan holda raqibning Filini qo‘lga tushirdi. Oqibatda, Abdusattorovning doskada qolgan yagona piyodasi Farzinga chiqishi aniq bo‘ldi hamda David Navara 64-yurishda taslim bo‘ldi.
Ushbu g‘alaba evaziga Nodirbek Abdusattorov o‘z ochkolarini 5,5 taga yetkazdi va musobaqada 1-pog‘onasiga ko‘tarilib oldi. Boisi, shu turgacha peshqadam bo‘lib kelgan niderlandiyalik Yorden van Forest kecha hindistonlik Aravind Chitambaramga yutqazib qo‘ydi.
Nodirbek Yoqubboyev 8-tur doirasida eronlik Parham Maqsudlu bilan durang o‘ynadi hamda 3,5 ochko bilan 8-pog‘onani band etib turibdi.
Abdusattorov bugun AQSHlik Xans Nimann Mouk bilan oq donalarda, Yoqubboyev esa germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi qora donalarda o‘ynaydi. Bahslar Toshkent vaqti bilan 15:00da boshlanadi.