Superog‘ir vazn toifasida sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri (34-2-1, 24 KO) britaniyalik sobiq jahon chempioni Entoni Joshuaga (30-4, 27 KO) keskin murojaat qildi.
«Men Troya jangchisidek mashg‘ulot o‘tkazyapman. Hammasi joyida, Joshua. Qo‘rqayotganingni bilaman, ammo men og‘riq yetkazmayman. Hammasini tez qilaman. Sen o‘z biznesingga qaytishing va minbarda qo‘mondonlik qilishni davom ettirishing uchun seni beozor nokaut qilaman. Bu sen va sening jamoang uchun juda tez va og‘riqsiz kechadi.
Eddi, men unga og‘ir shikast yetkazmaslikka va’da beraman. Hammasini chaqmoqdek tez amalga oshirishimga va u o‘z biznesiga qaytishiga va’da beraman. Kim haqiqiy spartalik ekanini bilib olinglar. Agar unda qachondir yetarlicha mardlik topilsa... chunki hozir uning qo‘rqayotganini eshityapman. Djoshua xuddi o‘ziga o‘xshagan kichik qo‘rqoqdek qo‘rquvdan qochmoqda. Oq bayroq! Oq bayrog‘ing qani? Men sening ortingdan boryapman, ey foydasiz katta daydi. Xrustal jag‘. Xamirdan bo‘lgan jag‘. Sen ahmoqona, foydasiz axlat bo‘lagisan», dedi Tayson.
Avvalroq Joshua va Fyuri jangi uchun Los-Anjeles yaqinidagi «Sou-Fay Stedium» arenasi taklif etilayotgani haqida xabar berilgan edi. Bu stadion 2026 yilgi Jahon chempionatining 8 ta o‘yinini qabul qilgan va uning sig‘imi 70 ming tomoshabinga mo‘ljallangan.
Shuningdek, Joshua va Fyuri jangi 20 noyabrda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida ma’lumot bor edi. Boks kechasini Nyu-Yorkdagi «Medison-Skver-Garden» arenasida o‘tkazish rejalashtirilgan edi. Bundan tashqari, poyedinok 28 noyabrda Uelsda yoki 11 dekabrda Kardiffda bo‘lib o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.