Bugun 25 mart, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Mazmun.uz blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

O‘ZIGA XOS FUTBOL JAMOALARI

Baho:
+0; -0

Millionlar o‘yinining o‘ziga xos g‘aroyib jihatlari mavjud. Ulardan biri g‘ayrioddiy terma jamoalardir. Biz har to‘rt yilgi jahon chempionatida g‘oliblik uchun to‘p suradigan yoki umuman yashil maydonda o‘z baxtini izlaydigan termalarni yaxshi taniymiz. Ammo buni qarangki, hali bizga noma’lum bo‘lgan va g‘ayrioddiy tarzda tuzilgan terma jamoalar ham bor ekan. Quyida shular haqida to‘xtalamiz.

Vatikan termasi

Mazkur jamoa FIFAga kirmagan sakkiz jamoaning biri sifatida shuhrat qozongan. Sababi, bu davlatning umumiy maydoni bir kvadrat kilometrdan ham kichik. Shunday sharoitda ham Vatikan futboli ro‘yxatdagi boshqa terma jamoalar bilan solishtirganda ma’lum darajada o‘sishga erishmoqda.

Vatikanda hatto seminaristlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ichki chempionat tashkil etilgan bo‘lib, milliy jamoa uchun Vatikan futbolining barcha ishqibozlari: Shveysariya gvardiyachilari, papa kengashi a’zolari, muzey himoyachilari ham birday jon kuydiradilar. Vatikan jamoasining sustlashishiga ikki mag‘lubiyat: 2010 yil Falastin (1: 2) va 2011 yil Monako termasi bilan (1: 2) bo‘lib o‘tgan uchrashuv sabab bo‘ldi, deb aytish mumkin. Lekin bu jamoa Shveysariyaning «Vollmond» klubini 5: 1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Silend termasi

Silend davlati 1967 yilda Roy Beyts tomonidan tuzilgan bo‘lib, Buyuk Britaniya sohilidagi 10 kilometrlik harbiy platformada joylashgan. Beyts bundan buyon o‘zining monarx bo‘lishi va oilasi hukmron sulolaga aylanishini da’vo qilmoqda.

Silend aholisi bor-yo‘g‘i besh kishini tashkil etishiga qaramay, o‘z bayrog‘i, gerbi, shiori («Dengizdan ozodlik sari»), hatto o‘zining markasi va pul birligiga ega.

Lekin bizni ko‘proq Silend futbol jamoasi qizirtiradi. Bu milliy jamoa FIFAga kirmaydigan «NF-Board» — birlashgan termalar tashkilotining a’zosi hisoblanadi. Ammo mamlakatning butun aholisi ham futbol jamoasini tashkil etish uchun yetarli bo‘lmaydi.

Muammo oddiy hal etildi — Silend uchun kelgindilar o‘ynaydi. Ular orasida bir qancha taniqli shaxslar: aktyorlar Mett Di Anjelo va Ralf Littl, jurnalist Nil Forsaytlarni ko‘rish mumkin. Lekin Silendning asosiy jamoasi ingliz divizionidan chiqqan sobiq futbolchilardan tuzilgan.

Silend milliy termasi Oldern termasi, Aladin va Chagos arxipelagiga qarshi uchta match o‘tkazdi. Natijalar — ikkita durang va bitta mag‘lubiyat.

Rapa Nui jamoasi

Bu jamoa klublararo va milliy futbol jamoalari orasida qolib ketgan.

Rapa Nui — Pasxa orolining boshqacha nomi bo‘lib, orol hududining eng uzoq qismida joylashgan. Orol, birinchi navbatda, o‘zining katta tosh sanamlari bilan mashhur bo‘lsa, unchalik taniqli bo‘lmagan milliy terma jamoasiga ham ega.

Hozirda Pasxa oroli aholisi 5000 nafardan ortiqroq kishini tashkil etadi, shu sababli yagona futbol maydoniga 2500 muxlisni joylashtirish mumkin. Rapa Nuida olti mahalliy havaskorlar klubi o‘rtasida turnir o‘tkazib turiladi, klublarning eng yaxshi o‘yinchilari asosida terma jamoa tuzilgan.

Bu jamoa Rapa Nui deb nomlanib, 2009 yilgacha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlari bilan chegaralanib qolgan. Pasxa oroli futbolchilari birinchi matchini Xuan Fernandes arxipelagi termasiga qarshi o‘tkazdi va 5: 3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. To‘rt yildan keyin esa bu raqib ustidan 16: 0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishildi.

2009 yil Pasxa oroli futboli tarixiga abadiy kiritildi. Hozirda orol Chiliga qarashli bo‘lib, Rapa Nui o‘z huquqlarini saqlab qolgan holda Chili kubogida ishtirok etmoqda. U ilk o‘yindayoq Chilining eng yaxshi jamoalaridan biri Kolo-kolo bilan to‘qnash keldi. Albatta, Kolo-kolo g‘alaba qozondi, ammo tan olish kerakki, jamoa jiddiy qarshilikka uchradi. Umumiy hisob 4: 0.

Yangi Zelandiyaning mahalliy aholisidan tuzilgan terma

1888 yili Yangi Zelandiyadan Britaniyaga hindularning quvnoq jamoasi jo‘natildi. Ular oddiy hindular bo‘lmay, regbi bo‘yicha turnirda ishtirok etish uchun yo‘l olgan sportchilar edi. Jozef Uorbrik tuzgan jamoa 107 o‘yindan 78 tasida mag‘lub bo‘ldi. Ta’kidlash kerak, bu hindular faqatgina regbi bilan shug‘ullanishmagan. Ularning futbol maydonidagi o‘yinlari ko‘p emas, jami ikkita match. 1889 yil iyulida Yangi Zelandiyaning mahalliy aholisidan iborat terma avval «Nortumberlend»ga 3: 6 hisobida, keyinroq «Nyukasl»ga 2: 6 hisobi bilan yon berishga majbur bo‘ldi.

Boputasvana termasi

Janubiy Afrikada mamlakatning qora tanli aholisiga zulm qilish man etilgach, mahalliy aholining qonunlarga bo‘ysunmaydigan qismi — bantustanlar boshqa hududga ko‘chirib yuborildi.

Bantustanlarning bir qismi ozodlik talab qilib, erkinlikni qog‘ozga muhrlab ham olishdi. Ammo ular, baribir, JARning bir qismi bo‘lib qoldi. 1977 yili bantustanlardan biri — Las-Vegas fuqarosi Boputasvana ozodligini e’lon qildi.

Barcha erkin bantustanlar orasida aynan Boputasvana futbol bo‘yicha eng nomdor hisoblanadi. FIFAga kirish uchun bu yerda mahalliy futbol federasiyasi, mahalliy liga (BOPSOL) va hattoki mahalliy terma tuzilgan. Liga bahslarida terma nomi mustaqil Boputasvana deb e’lon qilinadi. 1994 yili mamlakat hukumati tomonidan alohida ajralib chiqishga urinishlar rad etildi.

Aytish mumkinki, janubiy Afrikaning eng taniqli futbolchilaridan biri Lukas Radebe o‘z karyerasini BOPSOLda darvozabonlikdan boshlagan.

Sankt-Paul termasi

Yana bir terma — Sankt-Paul o‘zining uncha katta bo‘lmagan natijalari bilan tanilgan. Jamoa o‘z muxlislaridan juda minnatdor, sababi, ular o‘z jamoalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida pul jamg‘arish bo‘yicha aql bovar qilmas aksiyalarni o‘tkazib kelishmoqda. Masalan, termani moddiy tomondan qo‘llab-quvvatlash uchun Sank-Paul stadioni yaqinida joylashgan barlarda bir krujka pivoni naq 50 sentga sotib oladilar. Bundan tashqari, klub o‘yinchilari tez-tez g‘aroyib suratlar mavsumini tashkil etishadi.

Shunday quvnoq klubning FIFA assosiasiyasi tomonidan xalqaro musobaqalarga qabul qilinmaganiga ishonish qiyin. 2006 yili Gamburg shahrida turnir tashkil etildi. Unda Sankt-Paul termasi muvaffaqiyatli qatnashib, g‘oliblikning 4-pog‘onasini band etdi.

Qrim-tatar termasi

Qrimda futbol ishqibozlari ko‘plab topiladi. 2006 yili ular «ELF Cup» nomli klub tashkil etishgandi.

Bu jamoa uchun hattoki professional futbolchilar, masalan, Denis Golaydo va Irfan Ametovlar jalb etildi. Birinchi matchda terma Kiprga 0: 5 hisobida yon berdi. Qrim-tatar termasi o‘yinlarni davom ettirib, Tibet va Tojikiston uctidan g‘alaba qozonib, guruhdan chiqdi. Finalgacha yetib borgan jamoa finalda eski tanishlari Kipr bilan ro‘baro‘ keldi.

Bu safar ham Kipr 3: 1 hisobida g‘alaba qozonib, turnir chempioni bo‘ldi, qrim-tatarlar esa ikkinchi o‘rin bilan kifoyalandilar.

Kiritilgan sana: 21.06.2017 11:28. O'kildi: 10763 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик