Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Mazmun.uz blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

“Qotil yigitchalar”: ular nega bunchalik “vahshiy?”

Baho:
+0; -0

Konfederasiyalar kubogi boshlanish arafasida Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasining Rossiyadagi musobaqaga boradigan tarkibini e’lon qildi. Buni qarangki, tarkibda O‘zil, Myuller, Xedira — umuman asosiy tarkib futbolchilaridan deyarli hech kim yo‘q edi. Shunda ko‘pchilikning hafsalasi pir bo‘lgani rost. Hatto Germaniyani favoritlar ro‘yxatidan chiqarib qo‘yganlar ham topildi. Bundan tashqari, Rossiya tomon Germaniyadan norozi ham bo‘ldi, chunki ular aynan Germaniya yulduzlarining musobaqani yanada qiziqarli qilishini kutishgan, Lyov tanlagan yoshlarga esa ishonchsiz qarashgandi.

Biroq ayni damda voqealar rivoji shunday tus oldiki, Lyov tanlagan yigitchalar musobaqani anchagina qizdirishdi. Ayni damda germaniyalik mutaxassis ishonch bildirgan yigitchalar musobaqa finaliga yo‘l olishdi.

Konfederasiyalar kubogida bu futbolchilar chinakam “qotil yigitchalar” deya atalmoqda. Chunki Germaniyaning ikkinchi tarkibini tashkil etgan yigitlar juda shiddatli, tezkor o‘yin namoyish etishmoqda. To‘g‘ri, Avstraliya, Chili va Kamerunga o‘yinlarda tajribasiz ekanliklari biroz pand berdi, avstraliyaliklar nemislar darvozasini ikki bor ishg‘ol etishdi, Kamerun ham Ter Shtegenni ojiz qoldirdi, Chili esa sal qolsa g‘alaba qozonishi mumkin edi. Biroq yosh futbolchilardagi “vahshiylik” buni yopib ketdi, ular Avstraliya darvozasiga uchta to‘p kiritishdi, Kamerunni mag‘lub etishdi va ancha tajribali bo‘lgan Chili bilan jangovar durang qayd etishdi.

Muxlislar Yoaxim Lyovning yigitchalariga tahsin aytib turgan bir paytda ular yana bir kutilmagan natijani qayd etishdi. Ko‘pchilik yarim finalda Meksikaga qarshi o‘yinda nemislarga qiyin bo‘lishini bashorat qilib turgan bir paytda “qotil yigitchalar” amerikalik raqiblarini ayab o‘tirishmadi — naq 4 bor raqib darvozasini ishg‘ol etishdi. Ha, Meksika 4:1 hisobida taslim etildi, bu natijani Germaniyaning asosiy tarkibi ham ba’zida qayd eta olmasligi mumkin, axir Meksika tarkibida ham Yevropada to‘p surayotgan bir qator tajribali futbolchilar bor.

Xullas, bu yog‘iga asosiy maqsadgacha bir qadam qoldi. To‘g‘ri, Lyovning asosiy maqsadi yoshlarni sinovdan o‘tkazish, ammo bu u finalga ikkinchi daraja bilan qaraydi, degani emas. Bu shuni anglatadiki, Chiliga qarshi o‘yin juda-juda shiddatli kechadi. Axir yosh futbolchilar Lyovga nimalarga qodir ekanliklarini isbotlashga yana bir bor urinishlari tabiiy.  

Kiritilgan sana: 30.06.2017 09:51. O'kildi: 10268 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик