Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Mazmun.uz blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Zlatan Ibragimovichning chandiqli yuzi (siz bu faktlarni hech qayerda o‘qimagansiz)

Baho:
+0; -0

Yashil maydonda bizni o‘z harakatlari bilan lol qoldiradigan futbolchilarning maydondan tashqaridagi hayoti ko‘pchilik uchun doim qiziq bo‘lib kelgan. Bugun siz yaxshi ko‘rgan, muxlislik qiladigan futbolchilarning shaxsiy hayotiga nazar solamiz. Aniqrog‘i, kim qaysi filmni sevib tomosha qilishiga to‘xtalib o‘tamiz.

MIGEL VELOZU

SEVIMLI FILMI: «FORSAJ»

Portugaliyalik futbolchi hali juda yosh va tajribasiz bo‘lganida «Forsaj» filmini ko‘ra boshlagan. O‘shanda u «Sporting»da to‘p tepardi. Keyinchalik tanilib, «Dinamo» safida to‘p sura boshlaganida ham shu filmni ko‘rishni kanda qilmadi. Eng qizig‘i, «Forsaj»da tezlik asosiy jihatlardan biri sanaladi. Ammo bu Velozuning o‘yinida aks etmagan. Aftidan, futbolchi sevimli filmidan nimadir o‘rganishni emas, uni shunchaki sevib tomosha qilishni istaydi, xolos.

KARIM BENZEMA

SEVIMLI FILMI: «GANGSTER»

Madridning «Real» klubi hujumchisi Ridli Skottning qiziqarli kriminal dramasi — «Gangster»ni sevib tomosha qiladi. Bu filmdagi o‘zaro ziddiyatli holatlar, sirlilik va boshqa qiziqarli jihatlar Benzemani o‘ziga rom etgan. Eng qizig‘i, «Gangster»ni doim ko‘rib boradigan yana bir futbolchi bor, bu — Mario Balotelli.

ZLATAN IBRAGIMOVICh

SEVIMLI FILMI: «CHANDIQLI YUZ»

«Odamlar Zlatan ko‘p hayotini bema’ni ishlarga sarflaydi, deb o‘ylashadi. Ammo men ko‘p vaqtimni film tomosha qilish va videoo‘yinlar o‘ynashga sarflayman», — degandi shvesiyalik futbolchi intervyularidan birida. Futbolchi Al Pachino filmlarini yoqtiradi va aktyor imjrosidagi barcha filmlarni ko‘rib boradi. Xususan, «Chandiqli yuz» kartinasini yiliga ikki-uch bor ko‘rishdan erinmaydi. Bu film, shuningdek, Robin van Persi va Stiven Jerrardning ham sevimli filmi hisoblanadi. «Bavariya» futbolchisi Frank Riberi esa bularning tamomila aksi, u umuman film ko‘rishga ishtiyoqmand emas.

FERNANDO TORRES

SEVIMLI FILMI: «HAYOT GO‘ZAL»

Hozirda «Atletiko» safida to‘p surayotgan Fernando Torres «Milan»da o‘ynagan paytlari italyan tilini o‘rgangani bois bu tildagi filmlarni sevib tomosha qiladi. Shuning uchun uning sevimli filmlari qatoridan italyanlarning faxri hisoblangan kinolar ko‘p. Xususan, Roberto Beniniga 1998 yili «Oskar»ni taqdim etgan ta’sirchan va ruhini ko‘taruvchi «Hayot go‘zal» kartinasi. Darvoqe, mazkur kartina Torresning sobiq jamoadoshi Maskeranoga ham yoqadi (ular «Liverpul»da birga o‘ynashgan). Hatto maza qilib bu filmni birga tomosha qilishgan.

TOMAS MYULLER

SEVIMLI FILMI: «300 SPARTALIK»

«Bavariya» va Bundestimning «dahshatli quroli» Tomas Myuller o‘zining nozik didi bilan maqtana olmaydi. Umuman, bu futbolchining didini yuqori baholash qiyin. Uning «300 spartalik» filmiga qiziqishini esa quyidagicha izohlash mumkin: film o‘ziga xos effektlarga ega va adolat ulug‘langan. Qolaversa, qahramonlar film oxirigacha taslim bo‘lmay kurashishgan. Tomas Myullerga filmning aynan shu jihati yoqqani tayin, chunki u ham maydonda oxirigacha kurashishni yoqtiradi.

KRISHTIANU RONALDU

SEVIMLI FILMLARI: «UNIVERSAL ASKAR», «QOYa» VA «OLTINCHI SEZGI»

Portugaliyalik futbol yulduzi jangari hamda oldin suratga olingan filmlarni yoqtiradi. Vaholanki, futbolchilar orasida 90-yillarda suratga olingan Van Damm ishtirokidagi «Universal askar» yoki Nikolas Keyj o‘ynagan «Qoya» filmlarini ko‘radiganlar kamdan-kam topiladi. Bugun bu filmni ko‘rganlar voqealar jarayoniga unchalik ishonmasligi mumkin, ammo bu Ronalduga umuman xalal bermaydi. Shuningdek, Ronalduning uchinchi sevimli filmi mistik triller janrida suratga olingan «Oltinchi sezgi» kartinasi hisoblanadi.

XABI ALONSO

SEVIMLI FILMLARI: «KASABLANKA», «BUYUK QOCHISh»

«Real»ning sobiq futbolchisi eng yaxshi film deganda klassik janrda suratga olingan kartinalarni tushunadi. Shuning uchun ham u hamkasblari kabi «300 spartalik» yoki «Forsaj» kartinalarini ko‘rishga vaqt sarflamaydi. Xabi Alonsoga Xamfri Bogartning «Kasablanka» va Stiv MakKuinning «Buyuk qochish» filmlari yoqadi.

UEYN RUNI

SEVIMLI FILMLARI: «SINGILGINAM, HARAKAT QIL-2», «ODDIY ASKAR RAYANNI QUTQARISh», «o‘AZAB» VA «BRIOLIN»

Ueyn Runining o‘ziga xos tomoni shundaki, u, odatda, kino tanlab o‘tirmaydi. Ikkinchi jahon urushi bilan bog‘liq bir qator filmlar, komediyalar, mafiya bilan bog‘liq kartinalarni Runining javonidan istagancha topish mumkin. Shuningdek, uning sevimli kinolari ro‘yxatidan «Briolin» myuzikli ham o‘rin olgan.

SAMYUEL ETO’O

SEVIMLI FILMI: «MALKOLM IKS»

Jiddiy va har doim o‘ylab ish tutishga odatlangan kamerunlik futbolchining ruhiyatida isyonkorlik ruhi kuchliroq. Buni u yaxshi ko‘radigan film ham tasdiqlab turibdi. Negaki Spayk Li rejissyorligida suratga olingan kartinada irqchilikka qarshi kurash aks etgan va qora tanli Malkolm Iks o‘z huquqi uchun keskin kurash olib borgan.

NEYMAR

SEVIMLI FILMI: YO‘Q, AMMO YOQTIRADIGAN SERIALI BOR

Eng yaxshi filmi — seriallar. Neymar uning nimalarni yoqtirishi bilan qiziqqan jurnalistlarga taxminan shunday javob qaytargan. Siz bu javobdan kelib chiqib, «Neymar keti uzilmaydigan, ezma seriallarni yoqtirarkan-da», deya xulosa chiqarishga shoshilmang. «Barselona» hujumchisi amerikalik ijodkorlarga tegishli bo‘lgan «2,5 odam» nomli dag‘al kulgiga asoslangan serialni yoqtiradi, xolos.

 

Kiritilgan sana: 25.06.2017 16:14. O'kildi: 10309 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик