Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Mazmun.uz blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

Konfederasiyalar kubogi: “omi dehqon” portugallarning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi

Baho:
+0; -1

Konfederasiyalar kubogining dastlabki yarim finali yakuniga yetdi. Unda Yevropa va Amerika chempionlari bellashishdi. O‘yin teng kurashlar ostida kechdi, yakunda esa omi dehqon Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Rikardu Santushning qarorlari portugallarning mag‘lubiyatiga sabab bo‘ldi.

Birinchidan, Rikardu Santush jamoasiga penaltilar seriyasiga tayyorlamagan ko‘rinadi. Ehtimol, oldingi o‘yinlarda bo‘lgani kabi Ronaldu yoki boshqa bir yetakchi futbolchining goli evaziga g‘alabani ilib ketishni niyat qilgandir. Ammo raqib Rossiya yoki Yangi Zelandiya emas, Chili edi. bosh murabbiy esa raqibning imkoniyatlarini to‘g‘ri baholay olishi lozim. Bugungi o‘yinda Santushga aynan ana shu jihat yetishmadi. Portugallar penaltilar seriyasida noto‘g‘ri qarorlar qurboni bo‘lishdi.

E’tibor bering, portugallardan kimlar penaltini ura olmadi, Kuarejma, Moutinyo, Nani. Vaholanki, Rikardu Santush ikkinchi bo‘limda aynan ana shu uch nafar futbolchini maydonga tushirgandi. Va albatta, penaltilar seriyasida ham aynan shu futbolchilarga suyanishni niyat qilgandi. Biroq aynan u maydonga tushirgan futbolchilar 11 metrlik zarbani aniq bajara olishmadi. Bunda shak shubhasiz bor aybni Santush bo‘yniga olishi kerak.

Bundan tashqari, portugallarning shu bosqichgacha yetib kelishida murabbiydan ko‘ra futbolchilarning hissasi kattaroq. Rikardu Santush alohida taktika o‘ylab topib, kuchli raqiblarni ham mos tarzda mag‘lub eta olmagan. Portugallar aksar o‘yinlarda birgina gol evaziga, omad evaziga zafar quchishgan. Bu safar ham shunday bo‘ldi, ehtimol, murabbiy hech bo‘lmaganda qarorni to‘g‘ri chiqarganida, ehtimol, yana Ronaldu yoki boshqa futbolchi yana gol kiritishi mumkin edi.

Nima bo‘lganda ham Ronaldu va uning do‘stlari shu yerga kelganda to‘xtashdi. Endi ular finalni muxlis sifatida tomosha qilishadi. Aytgancha, ularda uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritish imkoniyati ham bor agar yana omi dehqon xatoga yo‘l qo‘ymasa. Rikardu Santushni omi dehqon deganimga ajablanmang, men uni dehqonga o‘xshataman, mutaxassisga emas.

Kiritilgan sana: 29.06.2017 01:58. O'kildi: 10449 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик