Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 37 94
2 Real Madrid 37 83
3 Vilyarreal 37 69
4 Atletiko 37 69
5 Betis 37 57
6 Selta 37 51
7 Xetafe 37 48
8 Rayo Valyekano 37 47
9 Valensiya 37 46
10 Real Sosyedad 37 45
11 Espanyol 37 45
12 Atletik Bilbao 37 45
13 Alaves 37 43
14 Sevilya 37 43
15 Osasuna 37 42
16 Elche 37 42
17 Levante 37 42
18 Jirona 37 40
19 Malyorka 37 39
20 Real Ovyedo 37 29

O'tgan o'yinlar.

37-тур Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
37-тур Atletiko 1-0 Jirona
37-тур Osasuna 1-2 Espanyol
37-тур Atletik Bilbao 1-1 Selta
37-тур Elche 1-0 Xetafe
37-тур Levante 2-0 Malyorka
37-тур Real Sosyedad 3-4 Valensiya
37-тур Sevilya 0-1 Real Madrid
37-тур Real Ovyedo 0-1 Alaves
37-тур Barselona 3-1 Betis

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Betis - Levante
24/05/26 Selta - Sevilya
24/05/26 Alaves - Rayo Valyekano
24/05/26 Valensiya - Barselona
24/05/26 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05/26 Malyorka - Real Ovyedo
24/05/26 Xetafe - Osasuna
24/05/26 Jirona - Elche
24/05/26 Espanyol - Real Sosyedad
25/05/26 Vilyarreal - Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Blog

Mazmun.uz blogi

MUALLIFNING BOSHQA MAQOLALARI

 

BLOGGERLAR

TIXANA NEMCHICH: «ERKAKLARGA BAQIRISh NOQULAY, AMMO SHUNGA MAJBURMAN!»

Baho:
+0; -0

TIXANA NEMCHICH: «ERKAKLARGA BAQIRISh NOQULAY, AMMO SHUNGA MAJBURMAN!»

Futbol — erkaklar o‘yini. Ma’lum muddatgacha bu tushuncha hukmron bo‘lib keldi. Ammo keyinchalik ayollar futboliga asos solingach, mazkur tushuncha o‘zgardi. Shunda ham ayollar erkaklar futboliga, erkaklar esa ayollar futboliga aralashmasdi. Biroq yaqinda ayollar jamoalarini erkak murabbiylar boshqara boshladi. Bu tushunarli, albatta. Lekin ayol murabbiyning erkak futbolchilardan iborat jamoalarni boshqarishiga nima deysiz? To‘g‘ri, bir qarashda erkaklarga buyruq berayotgan ayolni tasavvur qilish qiyin. Biroq, buni qarangki, xorvatiyalik Tixana Nemchich bu holatni oddiy voqelikka aylantirdi. Ya’ni u dunyo futbolidagi birinchi ayol murabbiy, aniqrog‘i, erkak futbolchilardan tuzilgan klubni boshqarishni zimmasiga olgan ilk ayol murabbiy hisoblanadi.

Tixana Nemchich 1988 yilning 20 yanvarida Xorvatiyada tavallud topgan. O‘z vaqtida Xorvatiya terma jamoasida to‘p surgan, shu bilan birga fotomodel sifatida ham faoliyat yuritgan. Ayni paytda esa u Xorvatiya chempionatining 5-divizioni ishtirokchisi hisoblangan «Viktoriya» klubini boshqarib kelmoqda.

FUTBOLCHILIKDAN MURABBIYLIKKA

Tixana professional futbolchi sifatida o‘z vaqtida Xorvatiyaning «Agram» va «Dinamo» jamoalarida harakat qilgan. Yashil maydonda 10 yilga yaqin to‘p surgan. Xorvatiya terma jamoasi safida esa 5 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan. U futbolchilik faoliyatini uzoq vaqt davom ettirishi mumkin edi, lekin 2012 yilda tizzasidan olgan jarohati bunga xalal berdi. Futbolchi sifatida maydonga boshqa tusha olmasligini bilgan Tixana butsasini mixga ilishga majbur bo‘ldi. Ammo futboldan uzoqlashmadi, hozirgacha bosh murabbiylik bilan shug‘ullanib kelmoqda. Tixana Zagreb universitetida o‘qib yurganidayoq bu jamoa bilan tanish edi. U shu jamoada futbol olamidagi karyerasini yangi bosqichga olib kirdi.

BU MENING ISHIM

Tabiiyki, Tixananing erkaklar klubini boshqarishi jamoatchilikning e’tiborini tortmay qolmadi. Ommaviy axborot vositalarida u haqda ko‘plab maqolalar, Tixana bilan bo‘lgan intervyular chop etila boshlandi. Unga beriladigan savollarning aksariyati quyidagi mazmunda edi: «Erkak futbolchilarga so‘zingiz o‘tadimi?» Bu savollarga Tixana quyidagi mazmunda javob qaytargan: «Albatta. Chunki futbolchilar menga ayol emas, murabbiy sifatida qarashadi. To‘g‘ri, erkaklarga baqirib, buyruq berish, ularni boshqarish mushkul ish. Ammo bu mening vazifam, uni bajarishga majburman. Umuman olganda, bundan afsuslanmayman. Biz hammamiz professionalmiz».

GO‘ZALLIK OLAMIDA

Futboldan tashqari, Tixana o‘zini modellikda ham sinab ko‘ra boshladi. U 2008 yilda o‘tkazilgan «Xorvatiya sport go‘zallari» tanlovida finalga qadar yetib borgan. Shuningdek, ko‘plab kompaniyalarning reklama roliklarida va ayollar jurnallari muqovalari uchun ham suratga tushgan.

 

 

 

Kiritilgan sana: 26.06.2017 23:17. O'kildi: 9839 marta.

Fikr bildiring

FIKR BILDIRISH UCHUN REGISTRASIYADAN UTISH KERAK!


© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик