Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1931 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nozim Umurov «Buxoro»ning qayta jonlanishiga sababchi insonlar kimligini aytdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy mavsum “Buxoro” sharafini himoya qilib kelayotgan Nozim Umurov mahalliy ishqibozlarda iliq taassurot qoldirmoqda deyish mumkin. Boisi iqtidorli futbolchi bir qator uchrashuvlarda o‘zini ko‘rsatib, o‘ziga bildirilgan ishonchni oqlashaga xarakat qilib kelmoqda.

Tayanch yarim himoyasida xarakat qilayotgan 26 yoshli Umurov ko‘plab uchrashuvlarda o‘zidan iliq taassurot qoldirmoqda.  27- tur o‘yini oldidan Nozimni suxbatga chorladik.

 - Nozim, eng avvalo futbolga kirib kelishingizga qanday kechgani to‘g‘risida aytib bersangiz. Millionlar o‘yiniga kirib kelishingizga kim sababchi bo‘lgandi?

- Yoshlikda ko‘plab bolalar kabi menda ham futbolga bo‘lgan qiziqish paydo bo‘lib, o‘z tengqurlarim bilan birga futbol o‘ynab yurardim. Keyinchalik o‘z oldimga jiddiy maqsadlarni qo‘yib, futbol bilan jiddiy shug‘ullana boshladim.

Bunga eng avvalo do‘stlarim sababchi bo‘lgan. Ularning qo‘llab-quvvatlashi natijasida ishtiyoqim ortib borgan. Birinchi murabbiyim buxorolik Ismat aka Sayfullayevich bo‘ladilar. Olti yil davomida futbolning ilk sir-asrorlarini u kishidan o‘rgandim.

Keyinchalik mamlakatimizning nomdor jamoalaridan biri bo‘lgan “Paxtakor” jamoasidan taklif tushdi va   bunga “labbay” deya javob berdim. Ikki yil “Paxtakor”ning o‘rinbosarlar jamoasi tarkibida  to‘p surdim. Marat Kabayev boshchiligida (U-16 -17) yoshlar terma jamoasida ham muntazam ravishda to‘p surib keldim.

Afsuski, o‘sha paytda Osiyo chempionatidan keyin Jaxon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagandik. 2011 yilgi mavsumga kelib Jamshid Saidov meni “Buxoro”ga chorladi. Shundan buyon mana olti yildirki “Buxoro” jamoasi sharafini himoya qilib kelmoqdaman. Albatta, bundan juda xursandman. 

-  Hozir sizni maydonning tayanch yarim himoyasida xarakat qilayotganingizni ko‘rmoqdamiz. Bu yerda o‘ynash o‘zingizga ham yoqadimi?

- Ilgari qanot yarim himoyachisi sifatida ham o‘ynaganman. Joriy  mavsumga kelib esa bosh murabbiyimiz Ulug‘bek Baqoyev meni asosan tayanch yarim himoyachisi sifatida o‘ynatmoqda.

Menimcha professional futbolchi uchun qaysi chiziqda xarakat qilishning ahamiyati yo‘q. Muhimi har bir bahsda tarkibdan o‘rin olishdir. Murabbiylarimiz xarakatlarimdan qoniqyapti shekilli, asosan tayanch yarim himoyachisi sifatida o‘ynab kelmoqdaman.Bu qaysidir manoda o‘zimga ham yoqmoqda deyishim mumkin.

Hech qanday muammo yo‘q. O‘zimni erkin his qilyapman. Chunki bu pozisiyada o‘ynash menga yangi qirralarimni ochishga turtki berdi. Fursatdan foydalanib Ulug‘bek Baqoyevga bildirayotgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. O‘z navbatida bunga javoban men ham murabbiylarimizning ishonchni oqlash uchun har bir o‘yinda bor kuchim bilan o‘ynashga xarakat qilaman.

- “Buxoro” bu yilgi chempionatda bungacha turli o‘rinlarni band etdi. Aytingchi mavsum so‘nggiga kelib, nechanchi pog‘onadan joy olishi mumkin?

- Ochig‘ini aytganda, bu yilgi chempionatda 2-o‘ringa ko‘tarilishimizni sira ishonmagandik. Sababi o‘zingizga yaxshi ma’lumki, 2017 yilgi chempionat boshlanishi arafasida klubda jiddiy islohotlar olib borildi. Jamoada yangi ish boshlagan murabbiylar shtabi, tarkibni boshqatdan shakllantirishiga to‘g‘ri keldi. O‘sha paytda vaziyatni shuni taqozo etardi. O‘tgan mavsumdagi tarkibdan ko‘plab futbolchilar jamoani tark etishga qaror qilib, o‘zlarini boshqa klublarda sinab ko‘rishni istagandi.

Chempionat startiga 20 kun qolganida Baqoyev va Ashurmatov juftligi seleksiya ishlarini ajoyib tarzda o‘tkazdi va imkon qadar kurashchan jamoa shakllantirishga xarakat qildi.

Menimcha ular qaysidir ma’noda maqsadiga erishdi ham. Asosiysi buxorolik muxlislarga qayta ishonch bag‘ishlay oldik. Vaziyatga real qaraydigan bo‘lsak, bu oson ish emas. Shuning uchun bemalol aytishim mumkinki, “Buxoro”ning qayta “jonlanishida” Baqoyev va Ashurmatovning xissasi beqiyos.

Murabbiylardan minnatdormiz.  O‘z navbatida bizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelayotgan rahbariyatgaham minnatdorchilik bildiraman. To‘g‘ri, ma’lum fursat turnir jadvalida  2 – o‘rinda ham bo‘ldik.

Keyinchalik egallab turgan o‘rnimiz pastlab ketdi. 5- pog‘onaga tushib ketganimizning sababi so‘nggi turlarda kutilmaganda o‘zimizning yo‘l qo‘ygan xatoimiz tufayli, qimmatli ochkolarni boy berdik.

Lekin bundan ortiqcha fojea yasash noto‘g‘ri bo‘ladi. Nazarimda bugungi kunda egallab turgan o‘rnimiz ham chakki emas. Chempionat yakunlanib bormoqda.

Oldindan mana bu o‘rinni egallaymiz deb bo‘lmaydi. Men faqat shuni aytishim mumkinki, qolgan turlarni ko‘tarinki ruhda o‘tkazib, imkon qadar yuqori pog‘onalardan joy olishga bor kuch-g‘ayratimizni ishga solamiz. Bunday deyishimning sababi, tarkibdagi har bir futbolchi o‘ziga ishonadi. Qolaversa bizda ahil jamoa yig‘ilgan.

-Futbol ishqibozlariga tilaklaringiz bo‘lsa marhamat.

- “Buxoro”ning ashaddiy muxlislariga va umuman barcha futbol ishqibozlariga bizni hamma vaqt qo‘llab-quvvatlab, yolg‘izlatib qo‘yishmagani uchun  katta raxmat aytaman. Futbol eng avvalo muxlislar uchun o‘ynaladi.

Ishqibozlarning qo‘llab- quvvatlashlari bizga doimo ruxan ko‘tarinki rux bag‘ishlaydi.  Hamma vaqt sog‘-salomat bo‘lishsin. Hamisha futbol ishqibozi bo‘lib qolishsin.

“Buxoro” matbuot xizmati.

Manba: www.pfcbuxoro.com
Kiritildi: 10:14, 03.11.2017. O'qildi: 2386 marta. Fikrlar: 3 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик