Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 11 28
2 Paxtakor 11 26
3 Buxoro 11 20
4 Navbahor 11 20
5 Bunyodkor 11 19
6 Lokomotiv 11 17
7 OKMK 11 16
8 Andijon 11 16
9 Nasaf 11 14
10 Xorazm 11 13
11 Qizilqum 11 13
12 Surxon 11 12
13 Dinamo 11 11
14 Qo‘qon-1912 11 11
15 So‘g‘diyona 11 9
16 Mash’al 11 0

O'tgan o'yinlar.

11-тур Dinamo 3-1 Mash’al
11-тур Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
11-тур OKMK 0-0 Neftchi
11-тур Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
11-тур Surxon 1-1 Paxtakor
11-тур Xorazm 0-3 Andijon
11-тур Lokomotiv 1-0 Qizilqum
11-тур Nasaf 0-0 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sport kurashlari. Osiyo chempionatining so‘nggi kunida beshta medal!

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boshqa
Rukn: Yangiliklar
A A A

Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan sport kurashlari bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi.

Bugun musobaqaning so‘nggi kunida erkin kurash bo‘yicha yettita vaznda bellashuvlar bo‘lib o‘tdi. Quvonarlisi bugun o‘tkazilgan bahslarda besh nafar sportchimiz shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Ularning biri esa Osiyo chempionlini qo‘lga kiritish bilan birgalikda, oktyabr oyida Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tadigan III yozgi o‘smirlar Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqiga ham ega bo‘ldi.

-45kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Sarvarbek Xudoyberganov bronza medalini qo‘lga kiritdi. -48kg vaznda musobaqada ishtirok etgan Umidjon Jalolov esa barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medal sohibiga aylandi. Endi u Argentinadagi o‘yinlarda yurtimiz sharafini himoya qiladi. -51kg vaznli erkin kurashchimiz Arslon Rahimov ham qit’a chempioniga aylandi. Ammo, ushbu vazn toifasida Olimpiya vazni hisoblanmaydi. -60kg vazn toifasida bellashuvlarda qatnashgan Mirkamol Beshimov ham bronza medalini qo‘lga kiritib, sovrindorlar qatoridan o‘rin olishga muvaffaq bo‘ldi. -92kg vaznli erkin kurashchimiz Shohjahon Avazov ham bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Shu tariqa, yakunlangan Osiyo chempionatida umumiy hisobda to‘rtta lisenziya qo‘lga kiritdik. Ma’lumot uchun yunon-rum va erkin kurashda Osiyo qit’asi uchun beshtadan yo‘llanma ajratilgan. Ayollar kurashida esa umumiy hisobda 10ta lisenziya taqsimlangan. Yunon-rum kurashida Asilbek Nematov (-60kg) yo‘llanma sohibiga aylandi. Qayd etib o‘tish lozimki, yunon-rum kurashi bahslarida Markaziy Osiyo vakillari ichida faqatgina O‘zbekiston lisenziya qo‘lga kirita oldi. Ayollar kurashida Shohida Ahmedova (-49kg) va Svetlana Oqnazarova (-73kg), erkin kurashchilarimiz ichida esa Umidjon Jalolov (-48kg) Argentina yo‘llanmasini naqd qilib qo‘ydi.

Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston sport kurashlari assosiasiyasi, sportchi va ularning murabbiylarini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklab qoladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 23:11, 13.05.2018. O'qildi: 5310 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Zlatan Ibrohimovich 47-o'lchamdagi oyoq kiyim kiyadi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 6
5 Нефтчи Stipe Perisa 5
6 Бухоро Sherzod Esanov 5
7 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Динамо Azizbek Amonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик