Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 11 28
2 Paxtakor 11 26
3 Buxoro 11 20
4 Navbahor 11 20
5 Bunyodkor 11 19
6 Lokomotiv 11 17
7 OKMK 11 16
8 Andijon 11 16
9 Nasaf 11 14
10 Xorazm 11 13
11 Qizilqum 11 13
12 Surxon 11 12
13 Dinamo 11 11
14 Qo‘qon-1912 11 11
15 So‘g‘diyona 11 9
16 Mash’al 11 0

O'tgan o'yinlar.

11-тур Dinamo 3-1 Mash’al
11-тур Buxoro 2-1 So‘g‘diyona
11-тур OKMK 0-0 Neftchi
11-тур Qo‘qon-1912 1-0 Bunyodkor
11-тур Surxon 1-1 Paxtakor
11-тур Xorazm 0-3 Andijon
11-тур Lokomotiv 1-0 Qizilqum
11-тур Nasaf 0-0 Navbahor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Islohotlar davom etadi: O‘zbekiston «Rowing and Canoe» federasiyasiga yangi rahbar saylandi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boshqa
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘zbek sportida islohotlar davom etadi. Ana shu maqsadda bugun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida O‘zbekiston «Rowing and Canoe» federasiyasining navbatdan tashqari konferensiyasi tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati, Bosh «Rowing and Canoe» federasiyasi mutasaddilari, sportchi va murabbiylar ishtirok etishdi. Yig‘ilish avvalida O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Prezidenti maslahatchisi Komiljon Xudoyberganov konferensiyaning kun tartibi bilan tanishtirdi.

Ma’lumki, eshkak eshish sport turlari Osiyo o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasiga ko‘plab medallar taqdim etuvchi yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu sababdan ham, oldinda turgan Osiyo o‘yinlarida ham mazkur federasiya sportchilaridan tabiiyki ko‘plab medallar kutib qolinadi. Buning uchun albatta sharoitlarni yaxshilash, yangicha yo‘nalishda ish olib borish va o‘ziga hos yangiliklarni joriy etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu sababdan ham mamlakatimizda eshkak eshish sport turlari rivojiga qo‘shayotgan hissasi, ko‘p yillik mehnati inobatga olinib, O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan federasiya rahbarligiga Xudoyor Mamajonovich Ahmedovning nomzodi taklif etildi. Delegatlar bir ovozdan ushbu nomzodni qo‘llab-quvvatladilar. Shu tariqa Xudoyor Ahmedov O‘zbekiston «Rowing and Canoe» federasiyasining prezidenti etib saylandi.

Tashkilot bosh kotibligiga esa Vyacheslav Sergeevich Didrix nomzodi taklif qilindi. Yig‘ilganlarning aksariyat qismi mazkur nomzodni ushbu lavozimga sayladilar. Bundan buyon V.Didrix «Rowing and Canoe» federasiyasi bosh kotibi lavozimida faoliyat olib boradigan bo‘ldi.

Konferensiya qizg‘in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Unda federasiya vakillari yuzaga kelgan muammolar, tayyorgarlik jarayoni uchun sharoitlar haqida fikr bildirishdi.

Yangi rahbar Xudoyor Ahmedov o‘ziga bildirilayotgan ishonchni oqlash uchun bor imkoniyatini ishga solishini ta’kidlab o‘tdi.

«Zimmamga qanday mas’uliyat yuklanayotganini his qilib turibman. Kelajak uchun rejalarimiz katta. Oldimizga Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan katta vazifalar qo‘yildi. Bizni oldinda Osiyo o‘yinlari, o‘smirlar Olimpiya o‘yinlari kutib turibdi. Shuningdek, Tokio Olimpiadasiga ham munosib tayyorgarlik ko‘rishimiz lozim. Ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman. O‘zimga bildirilayotgan ishonchni oqlayman. Hamjihatlikda ish olib boramiz», – dedi federasiyaning yangi rahbari.

Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Jasur Matchanov Akademik hamda baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha terma jamoalarimizga Osiyo o‘yinlarida katta umid bildirilayotgani, Jakartadagi qit’aning eng nufuzli musobaqasida natijalarni yanada yaxshilash ustida ish olib borish, buning uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlash tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yib olish kerakligini qayd etib o‘tdi.

Yangi rahbariyat oldiga ma’lum vazifalar belgilab berildi. Sharoitlar geografik jihatdan puhta o‘rganilib, ishni samarali tashkil qilish lozimligi aytildi. 

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:23, 24.05.2018. O'qildi: 5116 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 7
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Сурхон Chinedu Stefan 6
4 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 6
5 Нефтчи Stipe Perisa 5
6 Бухоро Sherzod Esanov 5
7 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 4
8 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 4
9 Нефтчи Zoran Marushich 4
10 Динамо Azizbek Amonov 4

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик