Bugun 2 aprel, 2026 yil, payshanba.

  • Superliga
      • 02.04.2026 18:30
      • So‘g‘diyona
      • 2:2
      • Qo‘qon-1912
      • 02.04.2026 19:00
      • Bunyodkor
      • 2:0
      • Lokomotiv
      • 03.04.2026 18:00
      • Xorazm
      • -:-
      • Dinamo
      • 03.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • -:-
      • Mash’al
      • 03.04.2026 20:15
      • Nasaf
      • -:-
      • Andijon
  • La-liga
      • 04.04.2026 00:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Elche
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 4 12
2 Buxoro 4 10
3 Bunyodkor 5 10
4 Paxtakor 4 9
5 Nasaf 4 7
6 Lokomotiv 5 7
7 Andijon 4 6
8 Navbahor 4 6
9 Qizilqum 4 6
10 Qo‘qon-1912 5 5
11 OKMK 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 4 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

5-тур So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
5-тур Bunyodkor 2-0 Lokomotiv

Navbatdagi o'yinlar.

03/04/26 Xorazm - Dinamo
03/04/26 Navbahor - Mash’al
03/04/26 Nasaf - Andijon
04/04/26 Paxtakor - OKMK
04/04/26 Qizilqum - Neftchi

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Shohsupa sari yo‘l»: Isroil Madrimov – Boks haqiqiy erkaklar sporti

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo‘mitasi Matbuot va Media departamenti Osiyo o‘yinlari oldidan «Shohsupa sari yo‘l» loyihasini ishga tushirdi. Unda qit’aning nufuzli musobaqasida ishtirok etadigan sportchilarimiz bilan suhbat uyushtiriladi. Dastlabki sonimizda yengil atletikachimiz, Xalqaro toifadagi sport ustasi Nadiya Dusanova loyihamiz mehmoni bo‘lgandi. Bugun esa biz iste’dodli bokschi, Osiyo chempioni, Osiyo o‘yinlari sovrindori Isroil Madrimov bilan uyushtirilgan suhbatni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Nima uchun aynan boks?

Shuni alohida qayd etib o‘tishni istardimki, oilamizda sportga alohida e’tibor bilan qarashadi. O‘zim ham bolaligimdan sport bilan shug‘ullanaman. Onam yetti yoshimda meni gimnastika va akrobatiga to‘garagiga olib borganlar. Boks bilan esa beshinchi sinfdan boshlab jiddiy ravishda shug‘ullana boshlaganman. Boksni haqiqiy erkaklar sporti deb hisoblayman. Erkaklar o‘z oilasi, vatanini himoya qilishi lozim. Bizni shunday tarbiyalashgan. Undan tashqari, ushbu sport turida birinchi navbatda aqlni ishlatish lozim. Shu sababli ham aynan boksni tanlaganman.

Vaznni doimo nazoratda ushlab turish lozim

Tartib bo‘yicha biz kuniga uch mahal ovqatlanamiz. Tabiiyki, boksda vaznni nazorat qilish juda muhim hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov -75kg vazn toifasidagi janglarda ishtirok etadi. U o‘z intervyularidan birida «-75kg vazn toifasi o‘zbeklarga tegishli» deb hazil qilgandi. Haqiqatdan ham ushbu vaznda ko‘plab o‘zbekistonlik chempionlar bor.

Kumirlari

Chempionlarga judayam havas qilaman. Ularning har biridan nimadir o‘rgansa bo‘ladi. Jahon boksida Oskar de la Xoyya, Vasiliy Lomachenko va Gennadiy Golovkinning muxlisman. Ularning harakatlari, janglari menga juda yoqadi.

Chempionlik siri

Chempion bo‘lish juda yoqimli. Ammo, buning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. Eng kuchli bo‘lish uchun tinmay mehnat qilish, maqsad sari doimo intilish kerak bo‘ladi.

Osiyo o‘yinlari haqida

To‘rt yil oldin men Osiyo o‘yinlarida kumush medali sohibi bo‘lganman. Incheondagi musobaqa finalida Olimpiya o‘yinlari chempioni Daniyar Yeleusinovga mag‘lub bo‘lgandim. Endi Daniyar yo‘q, lekin uning o‘rniga boshqa bir qozog‘istonlik bokschi bor, shuningdek, vaznimda filippinlik raqibim ham kuchli hisoblanadi. O‘shanda men endi-endi katta boksga qadam qo‘yayotgandim. Hozirgidek tajriba o‘shanda bo‘lmagan. Jakartadagi Osiyo o‘yinlarida siz umuman boshqa Madrimovni ko‘rasiz. U o‘ziga, o‘z kuchiga ishonadi. Umid qilamanki, Osiyo o‘yinlarida shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan o‘rin olib, yurtdoshlarimizni xursand qilaman.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:29, 12.07.2018. O'qildi: 3989 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
4 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
5 Пахтакор Doston Hamdamov 2
6 Пахтакор Piotr Pajishek 2
7 Нефтчи Alisher Odilov 2
8 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
9 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
10 Насаф Sharof Muhitdinov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик