Bugun 30 sentyabr, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 143 62 49 254
2 Yaponiya 45 71 67 183
3 Janubiy Koreya 24 27 44 95
4 O‘zbekiston 14 17 13 44
5 Tailand 12 9 12 33
6 Bahrayn 11 5 4 20
7 Eron 10 16 11 37
8 Qozog‘iston 9 14 25 48
9 KXDR 7 5 6 18
10 Hindiston 6 21 25 52

Turnir jadvali

№ Jamoa O' O
1 Neftchi 22 51
2 Paxtakor 22 49
3 Navbahor 22 44
4 OKMK 22 35
5 Lokomotiv 22 35
6 Buxoro 22 34
7 Nasaf 22 34
8 Andijon 22 30
9 Dinamo 22 30
10 Qizilqum 22 29
11 So‘g‘diyona 22 28
12 Surxon 22 26
13 Bunyodkor 22 22
14 Xorazm 22 21
15 Qo‘qon-1912 22 20
16 Mash’al 22 4

O'tgan o'yinlar.

22-тур Navbahor 3-2 Dinamo
22-тур Mash’al 1-2 Paxtakor
22-тур Bunyodkor 2-1 Buxoro
22-тур Andijon 1-4 Nasaf
22-тур Surxon 1-0 Qo‘qon-1912
22-тур So‘g‘diyona 1-2 OKMK
22-тур Lokomotiv 0-1 Neftchi
22-тур Xorazm 1-3 Qizilqum

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 1933 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2186 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 30.09.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 30.09.2026

      06:00 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      07:00 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      08:00 Олимпийские игры. Зал славы: Пекин-2008.
      09:00 Снукер. Третий раунд.
      11:00 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      14:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      14:45 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      15:30 Снукер. Третий раунд.
      16:30 LIVE Снукер. Третий раунд. Прямая трансляция.
      19:30 Конный спорт. Конкур. Вена. Global Champions Tour.
      21:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Лазание на скорость. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      22:30 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Третий раунд.
      01:00 Трейлраннинг.
      01:30 Мотокросс. Швеция. MX2. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      02:15 Мотокросс. Швеция. MXGP. Вторая гонка. Чемпионат мира.
      03:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      03:45 Скалолазание. Микст. Финал. Мировая серия. Чунцин.
      04:30 Снукер. Третий раунд.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Baxtiyor Ashurmatov: «Mustaqil ravishda ishlashni xush ko‘raman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Intervyular
A A A

AGMK bosh murabbiyi sifatida klub uchun tarixiy bo‘lgan O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritgan Baxtiyor Ashurmatov jamoani tark etdi. Ushbu mutaxassis qo‘l ostida olmaliqliklar Superligada «pley-off» o‘yinlari orqali kuchlilar safidagi o‘z o‘rinlarini saqlab qolishdi. Mabodo, AGMK elitadan tushib ketganida bormi, quyi liga a’zosi sifatida xalqaro musobaqada qatnashar, bu ham o‘ziga xos shov-shuvni yuzaga keltirardi. AGMKdan ketgan Ashurmatov uzoq vaqt ishsiz qolmadi. U o‘zining avvalgi joyi - Buxoroga qaytdi. 2018 yil oxirida u klub rahbariyati bilan kelishuvga erishdi. Yodingizda bo‘lsa, Baxtiyor Ashurmatov o‘tgan mavsumning birinchi yarmida «Buxoro»da bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoyevga yordam bergandi. Baqoyev esa mavsum yakunlariga ko‘ra jamoa bilan xayrlashdi. Biz Baxtiyor Ashurmatov bilan bog‘lanib, undan intervyu oldik.

- Baxtiyor aka, AGMKdan ketishingiz biroz kutilmaganda amalga oshdi. Bunday qarorga kelishingizga nima sabab bo‘ldi?

- Ha, haqiqatan ham, O‘zbekiston kubogi sohibi sifatida jamoadan ketishim ko‘pchilik uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Bunga bir nechta sabablar bor. Ulardan birinchisi - Superliganing oxirgi o‘yinlarida jamoamizning muvaffaqiyatsizlikka uchragani. Ikkinchidan, klub rahbarlari AGMKga mahoratliroq, tajribaliroq, xalqaro arenalarda qatnashgan mutaxassisni taklif qilish to‘g‘riroq bo‘lardi, degan fikrga kelishdi. Mana shu ikki asosiy sabab tufayli AGMKdan ketishimga to‘g‘ri keldi. Lekin alohida ta’kidlashim kerakki, biz klub rahbariyati bilan bu masalada gaplashib oldik va yakunda do‘stona xayrlashdik. Bir-birimizga omad tiladik. Ha, ochig‘ini aytaman, men uchun ham bu kutilmagan qaror bo‘ldi. Chunki murabbiy sifatida Osiyo Chempionlar Ligasida qatnashish, mahorat va tajribamni oshirish, o‘zbekistonlik muxlislar mehrini qozonish uchun AGMKdagi faoliyatimni davom ettirish ajoyib imkoniyat edi. Lekin murabbiyning hayoti va faoliyati shunday. U hamisha kutilmagan iste’folarga tayyor turishi kerak. O‘ylaymanki, o‘z ustimda ishlashdan to‘xtab qolmasam, bunday imkoniyat yana yuzaga keladi. Hammasi o‘zimga va keyinchalik ishlaydigan jamoalarimga bog‘liq bo‘ladi.

- AGMK bilan qancha muddatga shartnoma imzolagan edingiz? So‘ramoqchi bo‘lganim, odatda, shartnoma muddatidan avval buzilganida, klub murabbiyga kompensasiya, ya’ni tovon puli to‘laydi...

- Olmaliqliklar bilan shartnomam yil oxirigacha tuzilgandi. Shu sababli ham bu tomondan hech qanday muammo yo‘q. Kelishuv muddati yakuniga yetgandi.

- AGMK murabbiylar shtabida qolishingiz mumkinmidi? Shunday variant bormidi?

- Fursatdan foydalanib, AGMK rahbarlariga katta rahmat aytmoqchiman. Menga klub tizimida ishlash taklifini berishdi. Lekin murabbiylar shtabida qolmasligim aniq edi. Birinchidan, yangi murabbiyning o‘z yordamchilari bo‘ladi. Ikkinchidan, qiyinroq vaziyat bo‘lsada, mustaqil ravishda ishlashni ma’qul ko‘raman. Ana shu sabablarni inobatga olib ham AGMKda qolishim noo‘rin bo‘lardi. Ammo yuqorida aytganimdek, klub tizimida qolib, faoliyatimni davom ettirishim mumkin edi.

- O‘zbekiston kubogi finali oldidan AGMK «Paxtakor»ga atayin yutqazib beradi, degan gap-so‘zlar urchigandi. Lekin amalda bunday bo‘lmadi...

- Xuddi shunday. Finaldan avval olmaliqliklarda imkoniyat yo‘q, deganlar ham ko‘p uchradi. Bunday gap-so‘zlar aslida bizni foydamizga ishladi. Chunki finalda maydonga chiqishdan oldin futbolchilarga ki-yinish xonasida hech kim bizga ishonmayotganini, ishonch bildirayotganlar faqatgina yaqinlarimiz, oila a’zolarimiz, ba’zi rahbarlarimiz va klubda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar hamda murabbiylar shtabi ekanini aytgandim. Yakunda natija qanday bo‘lgani barchaga ayon. «Paxtakor» rahbarlari vijdonan ishlashmoqda. Finaldan avval ular tomonidan AGMKga hech qanday bosim bo‘lgani yo‘q. Raqibning halol futbol tarafdori ekanligini final ko‘rsatib berdi. Ammo o‘sha o‘yindan keyin ham ba’zi mutaxassislar tomonidan yangragan gaplar, shubhalar, ochig‘i, meni ranjitdi. Muxlislarning gapini to‘g‘ri tushunishga harakat qilaman. Ular muxlis va o‘z jamoasi uchun qayg‘uradi. Aksariyat «Navbahor» muxlislarining «Paxtakor» ularni OCHLdan quruq qoldirish uchun AGMKga yutqazib bergani» qabilidagi fikrlarini ham o‘qidim. Tasavvur qiling, «Paxtakor»ning o‘ziga yarasha obro‘si bor, jamoani Yevropada ishlagan, o‘zini hurmat qiladigan Shota Arveladze boshqarmoqda. Bunday mutaxassis shogirdlariga finaldan oldin «AGMK OCHLga chiqishi kerak», deyishi mumkinmi? Buni tasavvur qilish qiyin. Arveladze va men uchun ham bu murabbiylik faoliyatimizdagi ilk final edi. Mabodo, mazkur uchrashuvda futbolchilar «Bugun biz yutqazishimiz kerak», deyishsa, to‘g‘risi, buni jinoyatga teng deb hisoblayman. Binobarin, «Paxtakor» ham finalgacha hali OCHL yo‘llanmasini rasmiylashtirmagandi, shunday ekan, ko‘pchilik ta’kidlaganidek yo‘l tutib, tavakkalga qo‘l uradimi? Kamiga finaldan keyin jamoa OCHL yo‘llanmasi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi - «Navbahor» bilan o‘z uyida durang o‘ynadi.

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 15:23, 05.01.2019. O'qildi: 3302 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
2 Нефтчи Stipe Perisa 12
3 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 11
4 Насаф Bobur Abduxoliqov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бухоро Sherzod Esanov 9
7 Навбаҳор Husayn Norchayev 8
8 Пахтакор Chinedu Stefan 8
9 Пахтакор Doston Hamdamov 8
10 Нефтчи Alisher Odilov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик