Bugun 16 may, 2026 yil, shanba.

  • La-liga
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • 2:0
      • Real Ovyedo
      • 17.05.2026 22:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Jirona
      • 17.05.2026 22:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Espanyol
      • 17.05.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Selta
      • 17.05.2026 22:00
      • Elche
      • -:-
      • Xetafe
      • 17.05.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Malyorka
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Valensiya
      • 17.05.2026 22:00
      • Sevilya
      • -:-
      • Real Madrid
      • 17.05.2026 22:00
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Alaves
  • APL
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • 4:2
      • Liverpul
      • 17.05.2026 16:30
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 17.05.2026 19:00
      • Everton
      • -:-
      • Sanderlend
      • 17.05.2026 19:00
      • Brentford
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 17.05.2026 19:00
      • Lids
      • -:-
      • Brayton
      • 17.05.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Fulhem
      • 17.05.2026 21:30
      • Nyukasl
      • -:-
      • Vest Xem
  • «A» Seriya
      • 17.05.2026 15:00
      • Komo
      • -:-
      • Parma
      • 17.05.2026 15:00
      • Jenoa
      • -:-
      • Milan
      • 17.05.2026 15:00
      • Yuventus
      • -:-
      • Fiorentina
      • 17.05.2026 15:00
      • Piza
      • -:-
      • Napoli
      • 17.05.2026 15:00
      • Roma
      • -:-
      • Lasio
      • 17.05.2026 18:00
      • Inter
      • -:-
      • Verona
      • 17.05.2026 21:00
      • Atalanta
      • -:-
      • Bolonya
      • 17.05.2026 23:45
      • Kalyari
      • -:-
      • Torino
      • 17.05.2026 23:45
      • Sassuolo
      • -:-
      • Lechche
      • 17.05.2026 23:45
      • Udineze
      • -:-
      • Cremonese
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 36 80
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 36 45
9 Rayo Valyekano 36 44
10 Atletik Bilbao 36 44
11 Sevilya 36 43
12 Valensiya 36 43
13 Osasuna 36 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Jirona 36 40
17 Elche 36 39
18 Malyorka 36 39
19 Levante 36 39
20 Real Ovyedo 36 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka
36-тур Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
36-тур Jirona 1-1 Real Sosyedad
36-тур Real Madrid 2-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

17/05/26 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05/26 Sevilya - Real Madrid
17/05/26 Real Sosyedad - Valensiya
17/05/26 Levante - Malyorka
17/05/26 Elche - Xetafe
17/05/26 Atletik Bilbao - Selta
17/05/26 Osasuna - Espanyol
17/05/26 Atletiko - Jirona
17/05/26 Real Ovyedo - Alaves
18/05/26 Barselona - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Sharhlovchilik yoki «Paxtakor»-«Nasaf» o‘yinidagi og‘ir holatlar haqida

Baho:
+ | -2
O'ZBEK FUTBOLI / Oliy liga / O‘yinlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ro‘ziqul Berdiyevning matbuot anjumanida aytgan gaplari barchaga birdek ta’sir qildi. Chindan ham, yosh avlodni yig‘latib qayoqqacha bormoqchimiz? Bu yig‘ilar qayerdadir ushlab qolishi, asorati boshqa yerda, kattaroq turnirlarda sezilishini nahotki achchiq tajribamizdan bilmasak, nahotki unutgan bo‘lsak? Axir, hammamizdan yuqorida turgan Hakamning barchadan-da adolatli hukmidan chetlab o‘tishga choramiz yo‘qku. Ha, mana shunisi og‘riqli masala. Shunisi yomon.

Mayli, keling, hozir men sharhlovchilik qismati haqida gapirib beray sizga.

«Suyunchi» filmida muallif antiqa yondoshuvlari bilan meni hayratga solgan. Ayniqsa, Anzirat hola ko‘prik qurdirgan va rais odamlardan holi joyda: «Yaxshi qilibsiz-u, lekin biz bilan bir maslahatlashsangiz bo‘lardi», deb mutaxassislarning aralashuvini o‘rtaga qo‘ygani va unga bosh qahramonning: «Shunaqa qilmasam, yotaverardi-da», mazmunidagi javobi ikki tomonning-da pozisiyasi to‘g‘riligini ko‘rsatadi. Rostdan ham ikkisi bir-biriga qarshi gapirayaptiyu, lekin o‘zlarining tarafidan to‘g‘ri yondashishyapti.

Sharhlovchilik sohasini o‘sha Anzirat holaning roliga o‘xshataman. Sharhlovchi rosmana mutaxassis emas — futbolchi bo‘lmagan, murabbiy darajasida futbolni tushunmas, ammo sharh davomida gapirmasa, o‘yin davomida futbolchilarning xatti-harakatini o‘zi bilganicha tahlil qilib bormasa, bo‘lmaydi. Muammoni yechish uchun uni vaqtida aytish kerak ko‘pincha.

Sharhlovchilik sohasining yanada qiziq tomoni shuki, futbolchilarning o‘yiniga baho berish, murabbiylarning taktikalarini bemalol tahlil qilish bilan birga futbolchilarga hakam bo‘lib turganlarning ustidan-da hakamlik qila oladi. Zo‘r-a?! Bir hakam menga: «Futbolchilarning qismati bizning qarorimizga, bizning faoliyatimiz esa, ko‘proq sizlarning gapingizga bog‘liq», degandi. Rost. Hakam o‘z qarori bilan o‘yinga qanday ta’sir o‘tkazsa, sharhlovchiniki ham shu darajada. Ba’zan ko‘proq bo‘lsa bor, kam emas.

Lekin sharhlovchilik boshqa tomondan o‘ta murakkab soha — jamoasi uchun yonib kuyadigan ishqibozlar va hissiyotni bir chetga surib qo‘yib tahlil qiladigan mutaxassislar o‘rtasida jon saqlashi kerak. Muxlislar gapini e’tiborga olaman, deb sharhlasa, hakam qarorlari masalasida hissiyotga berilib ketishi va janjalli voqeaga sabab bo‘ladigan darajadagi xatoga yo‘l qo‘yib qo‘yishi mumkin (bu xatoni to‘g‘rilab bo‘lmaydi keyin). Mutaxassisona yondoshib, hakamning qarorini hakamlar bilan ishlovchi qo‘mitaga havola qilsa va xatoni o‘yin payti emas, uchrashuv tugagach izlashni ma’qul ko‘rsa, muxlislar nazdida qo‘rqoqqa aylanadi. Aslidayam shunaqami?

Men ko‘proq muxlislarning fikriga quloq soladigan va mutaxassislar bilan tortishib yuradigan sharhlovchilar toifasiga kirsam kerak. Ehtimol, shu bois ijtimoiy tarmoqlarda menga oid tarqalgan asosiy sharh parchalari o‘ta hissiyotli vaziyatlardan olingan. Hattoki xatoli gaplar bo‘lsa ham, hurmat qilishadi o‘sha gaplarni.

Oddiy misol: o‘tgan yili OKMK – «Paxtakor» o‘yinida Seytlin maydonda birgina ogohlantirilgan Muzaffarovga ikkinchi sariqni berib chiqarib yuborgan vaziyatini men o‘yinning oxirgi o‘n daqiqasi davomida tinmasdan noto‘g‘ri tahlil qilib o‘tirganman. Uchrashuvning oxirigacha tanqidlar yomg‘irini beayov yog‘dirganman. Vaziyatni to‘laligicha bilganimdan so‘ng, «Referi-taym» ko‘rsatuvida xatomni tan olib, uzr ham so‘ragandim. Qiziq tomoni, o‘sha o‘yindagi sharhimdan muxlislar rozi bo‘lishgan. Ko‘plarining nazdida men baribir o‘yinga to‘g‘ri yondoshgan va hakamning harakatlarini tanqid qilib to‘g‘ri qilganman, qizig‘-a?!

Bugun «Paxtakor» hamda «Nasaf» jamoalari o‘rtasida o‘tgan uchrashuvni «Sport» telekanali orqali jonli sharhlab bordim. So‘nggi besh daqiqaga qadar hech qanday qiyinchilik bo‘lmadi. Ammo oxirgi daqiqalar mas’uliyati...

Ha, bugun teskarisi bo‘ldi. Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlarning qarorini men tushunishga urindim, birdan xulosalar berishga shoshilmadim. Lekin mazkur holatlarda ham yon chiziq hakamlarining uch-to‘rtta ochiq xatolari aytildi, bosh hakamning Yaxshiboyevga ikkinchi sariq kartochkani berishi lozimligini bot-bot takrorladim. Kremes gol urgan vaziyatda ham takroriy lavhalarni kuzata turib: «Paxtakor» sardori «agar to‘pni Bikmayevdan qabul qilib olgan bo‘lsa, undan oldindaligini, bu esa offsaydligi»ni aytdim. Faqat, bu oldingi sharhlarimdan farqli ravishda o‘ta achchiq til bilan emas, oddiy, o‘rtada turgan odamning gapi bo‘lib chiqdi. Nega, bilasizmi?

Men o‘sha lahzada boshqa narsani o‘yladim: ba’zi futbol qoidalarida xato qilib noto‘g‘ri xulosa chiqargandan ko‘ra, o‘yin tugagach sovigan bosh bilan tahlil qilganim yaxshiroq, deb hisobladim va birinchi marta shunday qilganimdan, qila olganimdan xursand bo‘ldim. Chunki boya aytganimdek, o‘ta hissiy odamman. Ba’zan tahlilsiz ham qat’iy fikr bildirishga o‘rganganman. Qo‘rqmayman.

Hozirgi vaziyatim esa, o‘ta zarur ehtiyotkorlik bo‘ldi, xolos. Aslida sharh davomida hakamlarning xatosini aytib borganim uchun vijdonim oldida tozaman. Bu — birinchidan. Ikkinchidan, ba’zi «Paxtakor»ni yomon ko‘radigan muxlislarning jahl aralash bildirayotgan fikrlari davomiyligini, bu gaplar oldin ham ko‘p bo‘lganini bilaman. Muhimi, men bugun birinchi marta muxlislarga ham, mutaxassislarga ham yaxshi ko‘rinishni istamadim, birinchi marta — bunaqasi hech bo‘lmagandi. O‘zim bo‘lmoqchi bo‘ldim va epladim.

Ammo... qarshilik yosh yigitlarning ko‘z yoshini unuta olmayapman. O‘yinda superharakatlari bilan tengquri — Jasur Yaxshiboyevni ko‘z ochirishga yo‘l qo‘ymagan va oxir-oqibat ochiqcha, ojizona to‘xtatilgan Islom Kenjaboyev jarohatlangan holida ham o‘yinni davom ettirishga uringanini, keyin alam bilan zaxiraga olinganini, tibbiyot xodimlari o‘yin oxirigacha unga yordam berishganini, hali bu jarohat jiddiy bo‘lib chiqishini o‘ylab, juda alam qildi. Shu holatni ro‘y berguncha qo‘yib bergan odamlar insoniy faktor bilan xato qilgan bo‘lishsa ham qani edi, afsus.

Va oxiridagi xulosam: o‘yin tugagach, Shota Arveladze va Ro‘ziqul Berdiyev bir-biri bilan ko‘rishganida, ularning nigohi e’tiborimni tortdi: gruziyalik mutaxassisning nigohi yutqazgan odamni, o‘zbek murabbiyining nigohi g‘alaba qozongan odamni ifoda etardi. O‘zi shunaqa bo‘ldi, shekilli-da?!

Xayrulla HAMIDOV

Kiritildi: 00:03, 06.04.2019. O'qildi: 14955 marta. Fikrlar: 48 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu 15 yoshida yuragidagi muammolar sabab og'ir operasiyani boshidan kechirgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик