Bugun 8 aprel, 2026 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • 1:1
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • 0:1
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • 0:1
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
      • 09.04.2026 19:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
      • 09.04.2026 19:00
      • Buxoro
      • -:-
      • Qizilqum
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • 1:2
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • 0:1
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 5 10
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 5 7
10 Andijon 6 6
11 Qizilqum 5 6
12 Qo‘qon-1912 5 5
13 Dinamo 5 4
14 OKMK 5 4
15 So‘g‘diyona 5 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor

Navbatdagi o'yinlar.

08/04/26 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04/26 OKMK - Surxon
08/04/26 Dinamo - So‘g‘diyona
09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘FA mutasaddilari Niderlandiya Qirolligida xizmat safarida bo‘lib turishibdi

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A
Mamalakatimizda futbol infratuzilmasini yanada takomillashtirish, bolalar futboliga e’tiborni kuchaytirish, barcha qulayliklarga ega stadionlar qurish, mavjudlarini jahon talablariga javob beradigan darajada mukammal ta’mirlash, shuningdek, futbolni yanada ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston futbol assosiasiyasi tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston futbol assosiasiyasining “Futbolni rivojlantirish departamenti” direktori Djalimov Ongarbay hamda departament bosh mutaxassisi Otabek Kenjayevlar Niderlandiya futbol federasiyasining tajribasi, Sog‘liqni saqlash va sport vazirligi faoliyati, hukumat tomonidan ishlab chiqilayotgan futbolga oid normativ-me’yoriy hujjatlarni o‘rganish maqsadida Niderlandiya Qirolligida xizmat safarida bo‘lib turishibdi.

Mazkur tashrif 2019 yil 21 aprel sanasiga qadar davom etib, tashrif kun tartibida juda ko‘plab masalalarga oydinlik kiritilishi rejalashtirilgan. Xususan, Niderlandiya Sog‘liqni saqlash va sport vazirligining bosh maslahatchisi  Yalanda Barend, “Xillegom” futbol klubi boshqaruvchisi Yan Van Den Xof, mahalliy hokimiyat vakillari, WVHEDW xususiy futbol maktabi direktori Romeo Lensa, Niderlandiya futbol federasiyasining vakili Yoxan Van Geyjn, “Greenfields” kompaniyasining (futbol maydonlari quruvchi tashkilot) boshqaruvchisi Mark GanzeBum, “Ayaks” futbol klubi akademiyasining bosh murabbiylari va soha mutaxassilari bilan uchrashuv belgilangan.

Rejaga asosan dastavval, Niderlandiya Sog‘liqni saqlash va sport vazirligining bosh maslahatchisi Yalanda Barend, mahalliy hokimiyat vakili Gerrit Kleyxig  hamda WVHEDW xususiy futbol maktabi direktori Romeo Lensa bilan muzokaralar o‘tkazilib, mamlakat futboliga qaratilayotgan e’tiborda vazirlik va hokimiyatning  tutgan o‘rni, shuningdek, mamlakat tomonidan futbolga doir ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlar, yillik ajratilayotgan mablag‘lar, daromad va xarajatlar, sohaga oid hujjatlar to‘g‘risida muzokaralar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, tashkilotchilar WVHEDW xususiy futbol maktabi faoliyati, infrastrukturasi, futbolchilarni bosqichma bosqich tayyorlash dasturi, murabbiylar malakasi yuzasidan ma’lumot berib o‘tishdi. Seminar yakunida xususiy futbol maktabi faoliyatiga mahalliy hokimiyat, Sog‘liqni saqlash va sport vazirligi hamda futbol federasiyasi tomonidan qaratilayotgan e’tibor to‘g‘risida ham oydinlik kiritildi. Ma’lumot tariqasida WVHEDW xususiy futbol maktabida 1700 nafar yosh futbolchilar mashg‘ulot olib borishlarini ta’kidlab o‘tish joiz.

Izlanishlar jarayoni bir muncha qiziqarlik va hayratga soluvchi ma’lumotlar boy tarzda o‘tmoqda. Seminarning birinchi kunida tashrif buyurgan mutaxassislarga O‘zbekiston futbol assosiasiyasi nomidan esdalik sovg‘alari topshirildi. 18 aprel sanasida vakillarimiz Niderlandiya futbol federasiyasiga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan bo‘lib, unda federasiyasi mutaxassislari va “Greenfields” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv belgilangan.



Manba: www.ufa.uz
Kiritildi: 09:52, 18.04.2019. O'qildi: 1970 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Пахтакор Doston Hamdamov 3
3 Нефтчи Alisher Odilov 3
4 Нефтчи Zoran Marushich 3
5 Сурхон Chinedu Stefan 3
6 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
7 ОКМК Abror Karimov 2
8 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
9 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
10 Пахтакор Piotr Pajishek 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик