Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba.

  • La-liga
      • 06.04.2026 00:00
      • Alaves
      • 2:2
      • Osasuna
      • 07.04.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:0
      • Vilyarreal
  • «A» Seriya
      • 06.04.2026 15:30
      • Udineze
      • 0:0
      • Komo
      • 06.04.2026 18:00
      • Lechche
      • 0:3
      • Atalanta
      • 06.04.2026 21:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Jenoa
      • 06.04.2026 23:45
      • Napoli
      • 1:0
      • Milan
  • Superliga
      • 07.04.2026 17:00
      • Lokomotiv
      • -:-
      • Xorazm
      • 07.04.2026 18:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Bunyodkor
      • 07.04.2026 19:15
      • Andijon
      • -:-
      • Navbahor
      • 08.04.2026 18:00
      • Qo‘qon-1912
      • -:-
      • Nasaf
      • 08.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Surxon
      • 08.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • -:-
      • So‘g‘diyona
  • ECHL
      • 07.04.2026 23:59
      • Real Madrid
      • -:-
      • Bavariya
      • 07.04.2026 23:59
      • Sporting
      • -:-
      • Arsenal
      • 08.04.2026 23:59
      • Barselona
      • -:-
      • Atletiko
      • 08.04.2026 23:59
      • PSJ
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 31 72
2 Napoli 31 65
3 Milan 31 63
4 Komo 31 58
5 Yuventus 31 57
6 Roma 31 54
7 Atalanta 31 53
8 Bolonya 31 45
9 Lasio 31 44
10 Sassuolo 31 42
11 Udineze 31 40
12 Torino 31 36
13 Parma 31 35
14 Jenoa 31 33
15 Fiorentina 31 32
16 Kalyari 31 30
17 Cremonese 31 27
18 Lechche 31 27
19 Verona 31 18
20 Piza 31 18

O'tgan o'yinlar.

31-тур Sassuolo 2-1 Kalyari
31-тур Verona 0-1 Fiorentina
31-тур Lasio 1-1 Parma
31-тур Cremonese 1-2 Bolonya
31-тур Piza 0-1 Torino
31-тур Inter 5-2 Roma
31-тур Udineze 0-0 Komo
31-тур Lechche 0-3 Atalanta
31-тур Yuventus 2-0 Jenoa
31-тур Napoli 1-0 Milan

Navbatdagi o'yinlar.

10/04/26 Roma - Piza
11/04/26 Kalyari - Cremonese
11/04/26 Torino - Verona
11/04/26 Milan - Udineze
11/04/26 Atalanta - Yuventus
12/04/26 Jenoa - Sassuolo
12/04/26 Parma - Napoli
12/04/26 Bolonya - Lechche
12/04/26 Komo - Inter
13/04/26 Fiorentina - Lasio

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Koke: «Barchasiga Simeone tufayli erishdik»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy mavsum yakunlangach, «Atletiko»ning ko‘p yillik sardori Diyego Godin «matraschilar» bilan xayrlashadi va bog‘ich jamoaning faxriy futbolchilaridan yana biri - Xorxe Resureksyon Merodio, qisqacha aytganda, Kokega topshiriladi.

Bo‘lajak sardor yaqinda jurnalistlarga bergan intervyusida «roxiblankos»ning joriy mavsumdagi ishtiroki, o‘yin uslubi, «Barselona» va Antuan Grizmann kelajagi xususida atroflicha fikr bildirdi.

Mavsum yakuni

- Chempionat starti arafasida Yevropa superkubogini qo‘lga kiritganimiz («matraschilar» Tallinnda «Real»ni 4:2 hisobida yengishgandi) muxlislarimizni yuksak natijalarga umidvor qilgani aniq. Biroq har bir narsaga doimo xolis baho berish lozim. To‘g‘ri, o‘yinimiz chakki emas, ammo afsuski, ochko olishimiz shart sanalgan bir qator uchrashuvlarda imkoniyatni boy berdik. Bundan tashqari, CHL nimchorak finalidagi katta omadsizlik ruhiyatimizga kuchli ta’sir qildi, garchi «Yuventus»dek qudratli jamoadan yengilgan bo‘lsakda. Keyin Ispaniya kubogi doirasida «Jirona»ga yutqazdik - bunisi endi kechirib bo‘lmaydigan sustkashlik... Shunga qaramay, o‘ylaymanki, jamoamiz mavsumni munosib o‘tkazdi. Har holda, qatorasiga ikkinchi marta La-liga kumush medalini qo‘lga kiritdik. Asosiysi - azaliy raqibimiz «Real»dan yuqoriroq o‘rinni egalladik.

Sardorlik mas’uliyati

- Ha, Diyego Godin yakunda chindan ham, jamoadan ketsa, sardorlik bog‘ichini menga topshirishadi. Albatta, uni kuchli ishtiyoq bilan qabul qilaman. Bosh maqsadim - menga juda ko‘p narsalarni o‘rgatgan Antonio Lopes, Tiago, Gabi, Raul Garsiya kabi «Atletiko»ning buyuk futbolchilariga munosib izdosh bo‘lish.

Grizmann masalasi

- Bilishimcha, klub va Antuan o‘rtasidagi shartnoma muddati hali yakunlanmagan. Demakki, nazariy jihatdan qarasak, hujumchi Madridda qolishi kerak. Muhimi, bu yerdagi shart-sharoitlar Antuanga ma’qul, zero, barchasi talab darajasida. Demoqchimanki, qandaydir kutilmagan vaziyat yuz bermasa, Grizmann hech qayerga ketmaydi.

O‘z kelajagi

- Amaldagi shartnomam 2024 yilga qadar mo‘ljallangan. Tushunarliki, zimmamdagi majburiyatlarni risoladagidek ado etish niyatidaman. Turli mish-mishlarga umuman befarqman. Chunki hozir aynan o‘zim istagan jamoadaman. Shunday ekan, meni qaysidir klub xarid qilmoqchi ekanligi xususidagi gap-so‘zlar mutlaqo ahamiyatsiz, buning qizig‘i yo‘q.

O‘yin uslubi

- 7 yildan buyon bitta yaxlit uslub asosida to‘p surib, ulkan muvaffaqiyatlarga erishdik. Taktikani o‘zgartirishga uringanimizda esa, o‘yin saviyasi pasayib ketaverdi. Shunday ekan, nega undan voz kechishimiz kerak? Yana bir holatni sira tushunolmayman. «Atletiko»ni negadir tarkibida yorqin o‘yin ko‘rsatadigan futbolchilari ko‘pligi uchun tanqid ostiga oladigan. Buning zamirida qanday ma’no bor? Menimcha, joriy mavsum faqat «Barselona» yuksak saviyada to‘p surmoqda. U CHLning bosh favoriti edi. Agar Messi yaxshi sport formasida bo‘lsa, «Barsa»ni to‘xtatish ilojsiz ishga aylanadi. Biroq eng muhim pallada yetakchi ham biroz pand berdi. Lekin boshqa tomondan, butun mavsum davomida «Barsa» yaqinlasholmagan «Real» qatorasiga 3 marta nufuzli sovrinni qo‘lga kiritish uddasidan chiqqandi.

Betakror Messi

- Maydonda Leoga duch kelganingda, uni to‘xtatish ilojsizdek tuyuladi. Ayni holatda futbol olamida Messiga o‘xshagan ijrochi yo‘q, menimcha.

VARga munosabat 

- Yaqindagina joriy etilgan ushbu tizim yanada takomillashib borishiga umidvorman. Ammo yakuniy qarorni hakam qabul qilmoqda, baribir. Umuman, VARni hali har taraflama mukammallashtirish zarur. Hozirgi holatda tizim ba’zida jamoaga yordam bermoqda, lekin gohida zarar ham keltirmoqda.

Jarohatlar ta’siri  

- «Atletiko» futbolchilarining joriy mavsumda tinmay jarohatga yo‘liqishganini izohlashga til ojiz. Nazarimda, bu qandaydir tasodif va kamdan-kam yuz beradigan hodisa. Jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiyimiz Oskar Ortega 7 yildan buyon bir xil uslubda mashg‘ulot olib bormoqda. Ammo hech qachon joriy mavsumdagi kabi ko‘p shikastlanish kuzatilgan emasdi. Ehtimol, barchasi 2018 yilgi JCH ta’sirida o‘yinlar soni ko‘paygani bilan bog‘liqdir.

Diyego Simeone roli

- Murabbiyimiz «Atletiko»ning tarixi va falsafasini butunlay o‘zgartirib yubordi. U bizni doimo shu kunning nafasi bilan yashash va har bir uchrashuvni final maqomida qabul qilishga o‘rgatdi. Jamoada bizdan avval ham yuksak saviyali futbolchilar to‘p surgan bo‘lishsada, belgilangan vazifalarni amalga oshirish ilojini topolmaganlar. Cholo  «Atletiko» boshqaruvini qo‘lga olganidan keyin keyin birinchi navbatda o‘z kuchimizga nisbatan ishonch hissini kuchaytirishni o‘yladi. Umuman, aynan Simeone tufayli har bir futbolchi o‘zini to‘laqonli muhim shaxs sifatida his eta boshladi. Yakunda barchamiz g‘oliblik ruhi bilan to‘yingan saviyali ijrochilarga aylandik...

Manba: InterFutbol
Kiritildi: 00:35, 19.05.2019. O'qildi: 2149 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 16
2 Комо Anastasios Duvikas 11
3 Комо Niko Pas 10
4 Ювентус Kenan Yildiz 10
5 Наполи Rasmus Xeylund 10
6 Удинезе Kinan Devis 10
7 Аталанта Nikola Krstovich 9
8 Милан Rafael Leau 9
9 Интер Xakan Chalxanoglu 9
10 Сассуоло Andrea Pinamonti 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик