Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Muhammad Saloh: o‘pich mojarosi, milliy valyuta taqdiri va qashshoq qishloq (+video)

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Misr terma jamoasi hamda «Liverpul» yetakchisi Muhammad Saloh o‘ziga xos o‘tmishga ega. Shu kunga qadar va hozir ham uning atrofidagi voqealar kishini qiziqtirib qo‘yishi tabiiy.

Muhammad Alining muxlisi

Muhammad Saloh afsonaviy bokschi Muhammad Alining muxlisi hisoblanadi. Uning bokschi sharafiga «Muhammad» deb ism qo‘yilganmi yoki yo‘q, bu haqda aniq fakt mavjud emas.

Salohning karyerasi ham Alining faoliyatiga o‘xshaydi: «Chelsi»da nokdaun, keyin esa Aliga o‘xshab zafar cho‘qqisi sari omadli intilish.

 

O‘pich bilan bog‘liq mojaro

Salohning Yevropadagi birinchi klubi Shveysariyaning «Bazel»i hisoblanadi. Bu yerdagi birinchi mavsumidan keyin Muhammad Shveysariyaning eng yaxshi yosh futbolchisini unvonini qo‘lga kiritadi. Sovrinni qabul qilib olayotganda esa mukofotni unga taqdim etgan qizning yuzidan o‘pib qo‘yadi.

 

Bu esa Misrda katta mojaroga sabab bo‘ladi. Chunki Misrda bunday holat axloqsizlik hisoblanadi. Saloh esa bunday reaksiyadan taajjubga tushadi: «Men eng yaxshi bo‘ldim. Shveysariyada, begona joyda meni qo‘llab-quvvatlashyapti, o‘z yurtimda esa tanqid qilishmoqda».

Misr afsonasi

Ayni damda Saloh Misrda afsonaga aylanib ulgurdi. Aynan uning gollari evaziga mamlakat terma jamoasi 28 yil deganda ilk bor jahon chempionatiga chiqdi. U APL rekordchisi hisoblanadi, Messi va Ronaldu bilan raqobatlashmoqda, Afrika va APLning eng yaxshi futbolchisi nomlariga ega chiqqan. Bu bilan esa Misrning ham obro‘si ortmoqda.

Saloh tug‘ilgan qishlog‘i — Nagrig ahliga g‘amxo‘r. U ko‘p pul jo‘natadi, shu bilan birga maktab, futbol maydonlari va boshqa inshootlar qurilishiga yordam beradi.

2017 yil oxirida Saloh yana bir muhim ishga qo‘l urdi — mahalliy valyutani saqlab qoldi. Hukumat Misr funtini xorijiy valyuta yordamida saqlab qolish harakatini boshlaganida Saloh birinchilardan bo‘lib yordamga keldi — davlatga 210 ming funt berdi. 

Bundan tashqari, Saloh kamtarin. Xususan, Misr mundialga chiqqanida mahalliy biznesmenlardan biri futbolchiga villa sovg‘a qilmoqchi bo‘lgan, ammo Saloh buni rad etib, qishlog‘iga yordam berishni so‘ragan.

Armiyaga bormagan

2014 yilda Salohning futboldagi kelajagi so‘roq ostida qolgandi. Chunki u mamlakat qonunlariga ko‘ra majburiy harbiy xizmatga ketishi kerak edi. Bu vaqtda esa u «Chelsi»da o‘ynardi. Xullas, Bosh vazir, ta’lim vaziri va Misr termasi ustozi birga maslahatlashib, Salohni armiyadan olib qolishga qaror qilishdi va Muhammad futboldagi karyerasini davom ettirdi.

Maydonga to‘kilgan ko‘z yoshlar

Saloh bolaligida «El-Movkalun» jamoasi sharafini himoya qilgan. U dastlab chap qanot himoyasida o‘ynagan. Mashg‘ulotlarga borish uchun 5 ta avtobus almashishiga to‘g‘ri kelgan. Ammo futbolga bo‘lgan muhabbat oldida qiyinchiliklar sezilmagan.

O‘yinlardan birida Salohning jamoasi 4:0 hisobida g‘alaba qozongan. Jamoadoshlari xursand bo‘lsa-da, Saloh maydonni ko‘z yosh bilan tark etgan, u gol urmaganidan qattiq xafa bo‘lgandi. Keyin esa murabbiy uni hujumga o‘tkazdi. Natija yomon bo‘lmadi – «U16» va «U17» jamoalarda Saloh 35 ta gol urdi.

Muhammadni «misrlik Messi» deb atashadi, chunki o‘yinlari o‘xshab ketadi. Salohning o‘ziga esa ko‘proq Ronaldu yoqadi. Buni u quyidagicha izohlaydi: «Hech kim o‘z ustida Ronaldu kabi ishlamaydi».

Qizining ismini o‘zgartirgan

Salohning e’tiqodi kuchli. U har bir golidan keyin Yaratganga tashakkur aytadi. Qolaversa, ro‘za paytida hatto 35 daraja issiqda ham suv ichishni rad etgan. Amalida mustahkam.

Muhammad qiziga Makka deb ism qo‘ygan. U dastlab qizini «Mekki» ismi bilan (shaharning bir qismi) atagan, ammo bu kazinolar tarmog‘i bo‘lmish «Mekka Bingo» nomiga o‘xshab qolgani uchun bu qarorini o‘zgartirgan. Sababi Islom dinida qimor taqiqlangan. Shu bois u qizining ismini o‘zgartirishga qaror qilgan.

 

 

Manba: isport.ua
Kiritildi: 16:39, 12.10.2019. O'qildi: 7059 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Angliyalik futbolchi Kevin Kigan jahon chempionatlari o'tkazilgan yilda unda ishtirok etmasdan «Oltin to'p»ni qo'lga kiritgan yagona futbolchi

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик