Bugun 17 fevral, 2026 yil, seshanba.

  • Elit OCHL
      • 16.02.2026 21:00
      • Al-Ahli (SA)
      • 4:3
      • Shabab al-Ahli
      • 16.02.2026 21:00
      • Sharja
      • 1:2
      • Nasaf
      • 16.02.2026 23:00
      • Ash-Shorta
      • 3:2
      • Duhayl
      • 16.02.2026 23:15
      • Al-Hilol
      • 2:1
      • Al-Vahda
      • 16.02.2026 23:15
      • Ash-Shorta
      • -:-
      • Duhayl
      • 17.02.2026 15:00
      • Seul
      • 2:2
      • Sanfrechche Xirosima
      • 17.02.2026 15:00
      • Matida Zelviya
      • 3:2
      • Chengdu Rongcheng
      • 17.02.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shanghai Shenhua
      • 17.02.2026 17:15
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 1:0
      • Vissel Kobe
      • 17.02.2026 21:00
      • As-Sadd
      • -:-
      • Al-Ittihod
      • 17.02.2026 21:00
      • Al-G‘arafa
      • -:-
      • Traktor
  • «A» Seriya
      • 17.02.2026 00:45
      • Kalyari
      • 0:2
      • Lechche
  • La-liga
      • 17.02.2026 01:00
      • Jirona
      • 2:1
      • Barselona
  • ECHL
      • 17.02.2026 22:45
      • Galatasaroy
      • -:-
      • Yuventus
      • 18.02.2026 01:00
      • Benfika
      • -:-
      • Real Madrid
      • 18.02.2026 01:00
      • Monako
      • -:-
      • PSJ
      • 18.02.2026 01:00
      • Borussiya D
      • -:-
      • Atalanta
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 13 8 9 30
2 Italiya 9 4 11 24
3 AQSh 6 9 5 20
4 Niderlandiya 6 6 1 13
5 Avstriya 5 8 3 16
6 Fransiya 5 7 4 16
7 Shvesiya 5 5 2 12
8 Shveysariya 5 2 3 10
9 Germaniya 4 7 6 17
10 Yaponiya 4 5 10 19
83 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 24 58
3 Vilyarreal 23 45
4 Atletiko 24 45
5 Betis 24 41
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Atletik Bilbao 24 31
10 Osasuna 24 30
11 Xetafe 24 29
12 Jirona 24 29
13 Sevilya 24 26
14 Alaves 24 26
15 Valensiya 24 26
16 Elche 24 25
17 Rayo Valyekano 23 25
18 Malyorka 24 24
19 Levante 23 18
20 Real Ovyedo 23 16

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Rayo Valyekano 0-0 Atletiko
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Real Ovyedo 0-0 Atletik Bilbao
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal
24-тур Levante 0-0 Valensiya
24-тур Malyorka 0-0 Betis
24-тур Jirona 0-0 Barselona
24-тур Jirona 2-1 Barselona

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbol va dizayn: Esda qolgan chiroy... "Real", "MYU", "Inter"...

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Vaqt atalmish qudratli kuch hech narsaga parvo qilmay, o‘z yo‘lida bardavom. Futbol olamiga qarasak, jamoalarning sovrinlarga boy davrlariyu, ne-ne buyuk yulduzlari shu vaqt bitgan tarixda yashirin. Yana katta klublarning ko‘pchilik xotirasida qolgan formalari ham. Demak, bugungi retro-futbolkalar to‘plami aynan yaqin o‘tmishni qo‘msaganlar uchun.

«MYU» va Sharp (1982-2001 yillar)

Angliya klubi libosida Sharp yozuvi paydo bo‘lgan vaqtda Aleks Fergyuson hali bosh murabbiy lavozimini egallagan emasdi. Lekin ushbu homiyning shuhrat qozongani aynan ser Aleksning muvaffaqiyatli ishi bilan bevosita bog‘liqdir. Fergi oltin davrining birinchi yarmi, 92-yil sinfi, Erik Kantona ijrosidagi kung-fu zarbasi, «Arsenal» bilan go‘zal raqobat, raqobatchilarga shafqatsiz munosabat... Voqeotlar juda ko‘p. Ayniqsa, sov­rinlarga to‘la va butun osmonni charog‘on qilgan «Bavariya»ga qarshi CHL finalini o‘z ichiga olgan sehrli 1999 yil... Xullas, Sharp yozuvli libos bularning hammasiga guvoh va hattoki, sherik ham. Tarixga qarasak, Yaponiyaning elektronika firmasi o‘tgan asrning 70-yillariyoq Manchester shahrining Nyuton Xit tumanida o‘z zavodini ochgandi. 1982 yili sharq brendi va Britaniya klubi butun dunyoni zabt etish maqsadida birlashdi va shu asosda samarali davrga qadam tashlandi. Nima bo‘lmasin, bu go‘zal va juda muvaffaqiyatli ittifoq - chiroyli metafora. «MYU»ning ramziy yozuvli libosini katta yulduzlar kiyib, uning dovrug‘ini yanada oshirishdi. Deylik, Erik Kantona, Mark Xyuz, Rayan Giggz, Andrey Kanchelskis, Pol Skoulz, Devid Bekxem, Peter Shmeyxel, Gari Nevill...

 

«Real» va Teka (1992-2001 yillar)

90-yillar boshida «Real» bosh homiylari «la’nat»ga uchragan: Teka brendidan oldin madridliklar bilan hamkorlik qilgan firmalar birin-ketin inqirozga yuz tutgan. Ya’ni ular yirikroq va muvaffaqiyatliroq kompaniyalar oldida o‘z nufuzini ko‘tarolmay, qarzga botgan, turli sudlashuvlardan esa hech qanday natija chiqmagan. Germaniyaning santexnika va oshxona jihozlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan firmasi bu vaqtda irim-sirimlarga parvo qilmay, «Qirollik klubi» hamkoriga aylandi va unga muhim davrda hamroh bo‘ldi. Ehtimol, 9 yil uchun 9ta sovrin «Real Madrid» standarti bo‘yicha uncha ko‘p emasdir. Lekin muhim fakt bor - «Qirollik klubi» ko‘kragida aynan Teka yozuvli formada Yevropa Chempionlar kubogi (CHL)da naq 32 yilga cho‘zilgan g‘alabasiz urinishlariga chek qo‘ydi. Madridliklar yana 2 yildan keyin yevroarenadagi muvaffaqiyatni takrorlashdi. Umuman, Teka 3ta texnik homiy (Hummel, Kelme va Adidas) davrida sobit turib, buyuk klub tarixida alohida o‘rin egalladi. Teka yozuvi bor futbolka Emiliano Butragenyo, Fernando Yerro, Manolo Sanchis, Roberto Karlos, Mikael Laudrup, Fernando Redondo, Klarens Zeedorf, Guti, Raul, Davor Shuker, Predrag Miyatovich, Luish Figu va boshqalarga rosa yarashgandi-da o‘ziyam...

 

«Liverpul» va Carlsberg (1992-2010 yillar)

18 yil - bu muayyan bosh homiyning APL klubi bilan hamkorlik qilishi bo‘yicha rekord muddat. To‘g‘ri, Sharp va «MYU» ittifoqi bundan bir yil ko‘proq davom etgan, ammo sheriklik APL yo‘lga qo‘yilishidan ancha oldin boshlangan edi. Umuman, Carlsberg bosh homiylar orasida APL «ota»laridan biridir. Diqqat qiling, bu brend qariyb 20 yil davomida «Liverpul»ga sodiq qoldi. Ha, «qizillar» Daniya brendi bilan hamkorlik davomida chempionlik maqomiga erisholmadilar, lekin klub tarixidagi eng unutilmas va dramatik g‘alabani aynan ko‘kragiga ushbu ajoyib logotip tushirilgan formada nishonlashdi. Ha, gap o‘sha mo‘’jizaviy Istanbul finali haqida ketmoqda: avvaliga 0:3 hisobida ortda borish, keyin barchasini penaltilar seriyasiga cho‘zish, yakunda «Milan»ga mislsiz armon ulashish... CHLdek turnirning oxirgi o‘yinida-ya! Carlsberg yozuvli libosda o‘zgacha o‘ynagan eng sara futbolchilar - Robbi Fauler, Stiven Jerrard, Maykl Ouen, Stiv Makmanaman, Xabi Alonso, Xavyer Maskerano, Yeji Dudek, Pepe Reyna, Jimmi Karrager...

 

«Milan» va Opel (1994-2006 yillar)

«Milan» - bu uslub, Germaniya avtomobil konserni - ishonchlilik va ommaviylik ramzi. Qarang­ki, shu ikkisi o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalari samarali sheriklikni boshladi va bu ittifoq ancha davom etdi. Alohida ta’kidlash kerak, Opel o‘sha vaqt parallel ravishda «Bavariya» va «PSJ»ga ham homiylik qildi, ammo aynan «Milan» bilan aloqasi unutilmas lahzalarni taqdim etdi. Diqqat qiling, «rossonerlar» Germaniya avtokonserni homiyligi ostidagi 12 yil ichida 4ta skudetto yutishdi, qolaversa, Italiya kubogi va Chempionlar Ligasida ham zafar kuyini chalishdi. Ayniqsa, Frank Barezi, Paolo Maldini, Alessandro Nes­ta, Kafu, Andre Pirlo, Andrey Shevchenko, Kaka, Klarens Zeedorf, Yap Stam va Filippo Inzagi bejirim, ko‘zga yaqin futbolkada katta shuhrat qozonishdi.

XOTIMA TOPAYOTGAN HAMKORLIK

 

«Inter» va Pirelli (1995—2021 yillar)

Pirelli ijrochi-direktori Marko Tronketti Provera yaqinda so‘nggi oylarda rosa «aylanayotgan» mish-mishlarni rasman tasdiqladi: dunyo miqyosida avtomobillar shinasi ishlab chiqarish bo‘yicha eng yirik kompaniyalardan biri «Inter» bilan hamkorlikni to‘xtatadi. Demak, kelasi mavsumdan «neradzurralar» libosida yangi bosh homiy belgisi paydo bo‘ladi. Sabab nima? Shunchaki, Italiya klubi o‘zining jozibali reklama «maydoncha»si huquqidan tushadigan daromadni keskin ko‘paytirishni istamoqda. Ko‘pchilik «Inter»ni Pirelli yozuvisiz faqat arxiv kadrlarida ko‘rgan, xolos. Binobarin, Milan klubi va shinalar konserni o‘rtasidagi mustahkam ittifoq naq chorak asrdan ko‘proq davom etdi - uzoq 1995 yili birinchi homiylik shartnomasi rasmiylashtirilgan edi. Asosiysi, «Inter» Pirelli bilan hamkorlik davrida 5ta skudetto yutdi, Yevropa Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonib, «Oltin trebl»ga ham erishdi. Afsona darajasiga ko‘tarilgan formada Roberto Karlos, Pol Ins, Ronaldo, Diyego Simeone, Ivan Samorano, Xavyer Zanetti, Franchesko Toldo, Kristian Vyeri, Zlatan Ibragimovich, Samuel Eto`O, Uesli Sneyder, Adriano va Romelu Lukaku kabi yulduzlar ko‘rinish berishdi. Gap nafaqat libosning sifati yoki chidamliligida, bu o‘zgacha estetika - Pirelli yozuvi, cho‘zinchoq R harfi «Inter» formasi va klubning rasmiy ranglari bilan shunchaki, organik tarzda uyg‘unlashib ketgandi...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:40, 04.04.2021. O'qildi: 5527 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.