Bugun 3 mart, 2026 yil, seshanba.

  • «A» Seriya
      • 02.03.2026 00:45
      • Roma
      • 3:3
      • Yuventus
      • 02.03.2026 22:30
      • Piza
      • 0:1
      • Bolonya
      • 03.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 3:0
      • Fiorentina
  • La-liga
      • 02.03.2026 01:00
      • Jirona
      • 1:2
      • Selta
      • 03.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 0:1
      • Xetafe
      • 04.03.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 04.03.2026 00:30
      • Bornmut
      • -:-
      • Brentford
      • 04.03.2026 00:30
      • Everton
      • -:-
      • Byornli
      • 04.03.2026 00:30
      • Lids
      • -:-
      • Sanderlend
      • 04.03.2026 01:15
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 26 64
2 Real Madrid 26 60
3 Atletiko 26 51
4 Vilyarreal 26 51
5 Betis 26 43
6 Selta 26 40
7 Espanyol 26 36
8 Real Sosyedad 26 35
9 Atletik Bilbao 26 35
10 Osasuna 26 33
11 Xetafe 26 32
12 Sevilya 26 30
13 Jirona 26 30
14 Valensiya 26 29
15 Rayo Valyekano 25 27
16 Alaves 26 27
17 Elche 26 26
18 Malyorka 26 24
19 Levante 26 21
20 Real Ovyedo 25 17

O'tgan o'yinlar.

26-тур Levante 2-0 Alaves
26-тур Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
26-тур Barselona 4-1 Vilyarreal
26-тур Malyorka 0-1 Real Sosyedad
26-тур Real Ovyedo 0-1 Atletiko
26-тур Elche 2-2 Espanyol
26-тур Valensiya 1-0 Osasuna
26-тур Betis 2-2 Sevilya
26-тур Jirona 1-2 Selta
26-тур Real Madrid 0-1 Xetafe

Navbatdagi o'yinlar.

04/03/26 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Kuz uchun rejalar: Chempionlar Ligasining o‘tkazib yuborish mumkin bo‘lmagan 7 uchrashuvi

Baho:
+ | -
YEVROPA / UYEFA chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Terma jamoalar o‘yinlari bizni klublar futbolidan biroz uzoqlashtirmoqda. Lekin FIFA kunlaridan keyin bizni dahshatli qarama-qarshiliklar kutib turibdi. Yaqin uch oy ichida Chempionlar ligasining guruh bosqichida yorqin uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi. Stadion.uz eng kutilgan uchrashuvlarni sizga eslatib o‘tishni joiz topdi. O‘yinlar kunini kalendaringizga belgilab oling, zero mavsum endi boshlandi.

"Manchester Siti" – "PSJ"
O‘yin kunlari: 28 sentyabr (2-tur) va 24 noyabr (5 -tur)

1. Bu klublar dunyoning eng qimmat ikki jamoasi hisoblanadi: "Manchester Siti" 1,04 milliard yevroga, "PSJ" esa 996,75 million yevroga baholangan. Qatar va BAA o‘rtasidagi futbol qarama-qarshiligi ikki milliard yevroni tashkil qiladi.

2. "Siti" o‘tgan mavsum yarimfinalning har ikkala uchrashuvida ham "PSJ"ni yenggan edi(2:1; 2:0). Shuningdek, bu uchrashuv Gvardiola va Pochettino o‘rtasidagi navbatdagi to‘qnashuv bo‘ladi. Ular shu kungacha murabbiy sifatida 20 marta to‘qnash kelgan. Pep sezilarli ustunlikka ega, biroq ular Chempionlar Ligasi pley-offida bir martadan bir-birlarini musobaqadan chiqarib yuborishgan.

3. Birgalikda ikkita Chempionlar Ligasini yutgan "Barselona" afsonalari Xosep Gvardiola va Lionel Messi argentinalik futbolchining "PSJ"dagi faoliyatining boshida o‘zaro to‘qnash keladi. Bir paytlar Leo "Manchester Siti"ga o‘tish mumkin edi, lekin keyinchalik shaharliklarning rejalari o‘zgarib qolgan.

"Liverpul" – "Milan"
O‘yin kunlari: 15 sentyabr (1-tur) va 7 dekabr (6-tur)

1. Bu to‘qnashuvdan oldin "Milan" va "Liverpul" faqat Chempionlar ligasi finalida to‘qnash kelishgandi. 2005 yilda "qizillar" Istanbuldagi dahshatli o‘yinda g‘alaba qozonishgandi. Asosiy vaqtda 3:3 penaltilar seriyasida esa Milanliklar 6:5 hisobida g‘alabani ilib ketgan. Oradan ikki yil o‘tib “rossonerilar” Afinada qasos olishni uddalagandi 2:1.

2. "Milan" 7 mavsumlik tanaffusdan so‘ng Chempionlar ligasiga qaytdi.

3. "Milan" bosh murabbiyi 55 yoshli Stefano Pioli Chempionlar Ligasidagi debyutini "Liverpul" ga qarshi o‘tkazsa, 54 yoshli Yurgen Klopp turnirdagi 81-uchrashuvini o‘tkazadi. Nemis murabbiyi shu vaqtgacha o‘z jamoalarini uch marta finalga olib chiqqan va bittasida g‘alaba qozongan.

"Bavariya" – "Barselona"
O‘yin kunlari: 14 sentyabr (1-tur) va 8 dekabr (6-tur)

1. Ularning oxirgi uchrashuvi hammani hayratda qoldirdi "Bavariya" 2019/20 yilgi Chempionlar Ligasi chorak finalida 8:2 hisobida g‘alaba qozondi.

2. Bu qarama-qarshilikdagi o‘yinlarga qarar ekanmiz kichik hisoblar deyarli qayd etilmagan. XXI asrdagi 7 uchrashuvning 5 tasi jamoalardan birining yirik g‘alabalari bilan yakunlangan. Ikki marta "Barselona" 4:0 va 3:0, uch marta "Bavariya" 4:0, 3:0 va 8:2 hisobida g‘alaba qozongan.

3. "Bavariya" va "Barselona" Chempionlar ligasi guruh bosqichida 1998/99 yilgi mavsumdan buyon birinchi marta uchrashishadi. XXI asrning barcha uchrashuvlari faqat pley-offda bo‘lgan. 1998 yilning kuzida "Barsa" "Bavariya" va "Manchester Yunayted" bilan bir guruhdan o‘rin olgan va yakunda 3-o‘rin bilan turnirni tark etgan.

"Chelsi" – "Yuventus"

O‘yin kunlari: 29 sentyabr (2-tur) va 23 noyabr (5-tur)

1. "Yuventus" va "Chelsi" oxirgi marta 2012/13 yilgi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida uchrashganlarida, "ko‘klar” amaldagi chempion sifatida turnirda ishtirok etgan. Keyinchalik "Chelsi" "Yuventus" va "Shaxtyor"ni o‘zidan oldinga o‘tkazib yuborib, uchinchi o‘rin bilan kifoyalangan va Yevropa ligasida yol olgan holda turnirda g‘olib bo‘lgan.

2. Romelu Lukaku "Inter"ning Skudettoni yutishida muhim rol o‘ynadi, bu esa "Yuventus"ning to‘qqiz yillik chempionlik seriyasini tugatdi. Belgiyalik hujumchi uchun bu shaxsiy derbi bo‘ladi.

3. Massimiliano Allegri va Tomas Tuxel Chempionlar Ligasida yaxshigina tarjibaga ega murabbiylar. Har biri o‘z faoliyatida ikkitadan finalga ega, lekin birinchi marta o‘zaro to‘qnash kelishadi.

"Atletiko" – "Liverpul"

O‘yin kunlari: 19 oktyabr (3-tur) va 3 noyabr (4-tur)

1. "B" guruhidagi har bir tur bizga "Liverpul" - "Atletiko" - "Milan" uchburchagidagi bahslarni taqdim etib beradi.

2. "Atletiko" Chempionlar Ligasida Kloppning "Liverpul"ini mag‘lub etgan birinchi klub hisoblanadi. 2017/18 yilgi mavsumda "qizillar" finalda "Real"ga yutqazishdi, keyingi yili ular kubokni qo‘lga kiritishdi va 2019/20 yilgi Chempionlar Ligasining 1/8 finalida "matraschilar"ga mag‘lub bo‘lishdi 0:1; 2:3 vaholanki mezbonlar Enfilddagi uchrashuvda 2:0 hisobida oldinda borishgan.

3. Simeone va Klopp Chempionlar Ligasida 159 uchrashuvda o‘tkazgan (nemis 80 ta, argentinalik 79 ta), umumiy 5 final va bitta sovrin. Yurgen o‘zining uchinchi finalida chempionlikka erishdi. Diyego esa uchinchi final uchun intilishda davom etadi.

“Real” – “Inter”
O‘yin kunlari: 15 sentyabr (1-tur) va 7 dekabr (6-tur)

1. Chempionlar ligasi guruh bosqichida ketma-ket ikkinchi marta "Real", "Inter" va "Shaxtyor" jamoalari bir guruhdan o‘rin olishdi. O‘tgan yilning kuzida "qaymoqranglilar" "neradzurrilar"ni ikkala uchrashuvda ham mag‘lub etishgandi 3:2 va 2:0.

2. Karlo Anchelotti Chempionlar ligasida ishtirok etayotgan murabbiylar ichida eng tajribalisi. Italiyalik murabbiy turnirda 166 uchrashuv o‘tkazib, 91 uchrashuvda g‘alaba qozongan. Uch marta jamoasi bilan bosh sovrinni qo‘lga kiritgan.

3. Chempionlar ligasida "Real" va "Inter" o‘rtasidagi 11 uchrashuvdan faqat 1 tasi durang bilan yakunlangan va bu 55 yil oldin sodir bo‘lgan. O‘shandan beri ular o‘rtasidagi o‘yinlar murosasiz o‘tadi.

"Manchester Yunayted" – "Vilyarreal"
O‘yin kunlari: 29 sentyabr (2-tur) va 23 noyabr (5-tur)

1. May oyining oxirida "Manchester Yunayted" va "Vilyarreal" Yevropa Ligasi finalida jang qilishdi, Ispaniya klubi penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi. "Manchester Yunayted" favorit edi, lekin raqib jamoa murabbiyi Yevropa Ligasini yutish bo‘yicha murabbiy Unai Emeri edi. Jamoa "Manchester Yunayted" ustidan g‘alaba qozonmaganida, "Vilyarreal" Chempionlar Ligasida qatnashmagan bo‘lardi, chunki ular La Ligada atigi 7-o‘rinni egallagan edi.

2. "Vilyarreal" va "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi guruh bosqichida ikki marta to‘qnash kelishgan (2005/06 va 2008/09 mavsumlari). Ajablanarlisi shundaki, to‘rtta uchrashuv ham 0:0 hisobida yakunlangan.

3. "Manchester Yunayted"ga qaytgan Krishtianu Ronaldu o‘sha uchrashuvlarda qatnashgan. Keyinchalik Ispaniyaga ko‘chib o‘tgan Ronaldu "Vilyarreal"ga qarshi 15 uchrashuvda 13 ta gol kiritgan.

Ruslan Maksimov tayyorladi

Kiritildi: 23:12, 06.09.2021. O'qildi: 13992 marta. Fikrlar: 5 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Lamin Yamal 13
4 Барселона Ferran Torres 12
5 Осасуна Ante Budimir 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Атлетико Aleksandr Serlot 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.