Bugun 26 mart, 2026 yil, payshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Rustam Akromovni xotirlab. Xirosima-1994dagi g‘alaba va mutaxassisning og‘ir o‘tgan so‘nggi yillari haqida

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Murabbiylar / Faoliyat
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Rustam Akromov 15 fevral kuni vafot etdi. O‘zbek futboli tarixidagi eng yirik va yagona g‘alabani qo‘lga kiritgan jamoaga ustozlik qilgan Akromov endi yorug‘ olamda yo‘q. Quyida Rustam Akromovning xotirasiga bag‘ishlab, Xirosima—1994 dagi unutilmas g‘alaba yodga olinadi va mutaxassisning og‘ir o‘tgan so‘nggi yillari haqida so‘z yuritiladi.

Yengilmas murabbiy

1948 yilning 11 avgustida Toshkent viloyatida tug‘ilgan Akromov futbolchilik faoliyati mobaynida «ASK Politotdel» (1967—1973) va «Paxtakor» (1967—1973) klublarida to‘p surgan. Murabbiylik faoliyatini esa Moskvaning «SSKA» klubi yoshlar jamoasida boshlagan. Mutaxassis keyinchalik «USM Jazoir» klubi (1990-1991) klubiga o‘tgan. 1992 yilda Jazoir terma jamoasiga ustozlik qilgan. 1994 yilda esa «Paxtakor» klubida bosh murabbiy sifatida ishlagan.

O‘zbekiston mustaqillikka erishib, futbol terma jamoasi tuzilganida unga Rustam Akromov bosh murabbiy etib tayinlanadi va uning oldiga jamoani shakllantirish vazifasi qo‘yiladi. Akromov yangi tuzilgan jamoa bilan dastlab, 1992 yilda Markaziy Osiyo davlatlari Kubogida sovrindor bo‘ladi. 1994 yilda esa Mustaqillik Kubogida (unda ham Markaziy Osiyo davlatlari qatnashgan) zafar quchadi. Shuningdek, 1994 yilda yuqorida qayd etilganidek, uning qo‘l ostida mamlakat futboli tarixidagi eng yirik va ayni paytda yagona bo‘lgan sovrinni ham qo‘lga kiritiladi.

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, Akromov terma jamoa rulida 11 ta o‘yin o‘tkazib, biror marta ham mag‘lubiyatga uchramagan — 10 g‘alaba va bir durang.

Ushbu qoniqarli natijalardan so‘ng Rustam Akromov va Birodar Abduraimov boshchiligidagi jamoa oldiga Yaponiya mezbonligida o‘tgan musobaqada munosib ishtirok etish vazifasi qo‘yiladi.

Moliyaviy holati havas qiladigan darajada bo‘lmagan va yaqindagina mustaqillikka erishgan davlat delegasiyasiga unchalik ham yaxshi muomalada bo‘linmaydi. Terma jamoaning o‘zi esa jiddiy qabul qilinmaydi, favoritlar qatoriga kiritilish borasida esa hech qanday gap bo‘lishi mumkin emasdi.

Terma jamoa musobaqada Saudiya Arabistoni, Malayziya, Gonkong va Tailand bilan birga B guruhidan joy oladi.

Imkoniyatlari yuqori baholanmagan terma jamoa kutilmaganda guruhdagi barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib, 100 foizlik natija bilan keyingi bosqich masalasini hal qiladi. To‘plar nisbati esa 15:5 ni tashkil qiladi.

Chorak finalda Akromov shogirdlariga A guruhida 2-o‘rinni egallagan Turkmaniston vakillari raqiblik qiladi. Markaziy Osiyo derbisi maqomida o‘tgan bellashuvda Farhod Magomedov sardorligidagi jamoa turkmanlarga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi ­— 3:0.

Yarim finalda terma jamoaga o‘tgan bosqichda mezbon Yaponiyani yenggan Janubiy Koreya to‘qnash keladi. O‘zbekiston jiddiy sinov va raqibga duch keladi. Butun o‘yin davomida koreyslar ustunlikka ega bo‘ladi, biroq o‘sha kuni ularga Yuriy Sheykin darvozasini ishg‘ol etish nasib etmaydi. O‘zbekiston esa asosan himoyada vaqt o‘tkazadi va raqibning xato qilishini kutib harakat qiladi. Raqib ustunligida o‘tgan bahs taqdirini Azamat Abduraimovning chamasi 40 metrlardan yo‘llagan ajoyib zarbasi hal qilib beradi. Abduraimovning zarbasi dastlab unchalik ham kuchlidek tuyulmaydi va to‘g‘ri darvozabonning qo‘liga borayotgandek taassurot uyg‘onadi, biroq to‘p so‘nggi pallada o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, to‘rdan o‘rin oladi.

Shu tariqa Akromov jamoasi sensasion tarzda musobaqaning hal qiluvchi o‘yiniga yo‘l oladi. Bu natija o‘sha davrda ham O‘zbekistonda, ham xorijda juda katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgani alohida qayd etishga arziydi. Butun o‘zbek xalqi terma jamoa va uning qahramonligi haqida gapira boshlaydi.

1994 yilning 16 oktyabrida esa final o‘yinida jamoa o‘sha paytda kuchli hisoblangan Xitoy bilan to‘qnash keladi. Xitoy A guruhida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, final yo‘lida Saudiya Arabistoni va Kuvayt termasini mag‘lub etgandi.

Finalda ham kutilganidek Xitoyning imkoniyatlari yuqori baholanadi. Biroq bellashuvda hisob O‘zbekiston terma jamoasi tomonidan ochiladi: Mirjalol Qosimovning jarima zarbasidan ayyorona uzatmasidan keyin Igor Shkvirin o‘z nomiga gol yozdirib qo‘yadi. Oradan biroz vaqt o‘tib, Sergey Lebedev oradagi farqni oshiradi.

Shundan so‘ng Rustam Akromov jamoasi hujumkorlikni pasaytirib, himoyaga e’tibor qarata boshlaydi, biroq bu jamoaning zarariga ishlaydi va xitoyliklar hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ladi. Jamoalar tanaffusga shu hisobda yo‘l oladi.

Ikkinchi 45 daqiqalikning dastlabki qismida o‘zbekistonlik futbolchilar 11 metrlik jarima zarbasini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, penaltini Azamat Abduraimov muvaffaqiyatli amalga oshiradi. Ammo oradan hech qancha vaqt o‘tmay chin yurti vakillari yana hisobni qisqartiradi. O‘yin yakuniga yetishi arafasida esa zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Shuhrat Maqsudov uchrashuvga nuqta qo‘ygan golga mualliflik qiladi.

Shu tariqa O‘zbekiston yana bir qahramonlikni amalga oshirib, finalda Xitoyni mag‘lubiyatga uchratadi va musobaqaning oltin medallarini o‘ziniki qiladi.

Ushbu g‘alabadan keyin terma jamoa ustozi Rustam Akromov «Shuhrat» medali bilan taqdirlanadi va «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan murabbiy» unvoniga sazovor bo‘ladi.

Shu-shu O‘zbekiston milliy terma jamoasi boshqa musobaqalarda g‘alaba qozonmagan.

Rustam Akromovning keyingi faoliyati

Keyinchalik murabbiy 1995 yilda Hindiston terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi va ma’lum yutuqlarga erishadi. 1997 yilgacha Hindiston terma jamoasida ishlagan Akromov 1998 yilda OFKning texnik direktori etib tayinlanadi. Bundan tashqari u O‘zbekiston futbol federasiyasida terma jamoalar markazi texnik direktori lavozimida ishlagan. 2003 yilda Markaziy Osiyo davlatlarining futbol mutaxassislari orasida birinchi bo‘lib, FIFAning «Oltin belgi»sini oladi. 2010 yilda esa unga xuddi shunday belgini OFK ham taqdim etadi. Akromov to‘rtta — o‘zbek, ingliz, fransuz va rus tillarida erkin so‘zlasha olgan. Rustam Akromov hayoti davomida futbolga oid 30 dan ortiq asar, 100 ga yaqin ilmiy maqola va 6 ta kitob yozgan.

Og‘ir kechgan so‘nggi yillar

Umrining katta qismini sportga, xususan, futbolga bag‘ishlagan mutaxassis hayotining so‘nggi yillarida og‘ir kasallikka duchor bo‘ladi. «Championat.asia» nashriga ko‘ra, u insultni boshdan o‘tkazib, yotoqdan tura olmaydigan holga kelib qolgan. Akromov 2015 yil Avstraliyada bo‘lib o‘tgan Osiyo Kubogidan keyin ruhan siqilish holatiga tushadi, natijada ushbu kasallikka chalinadi.

Buning natijasida Rustam Akromov hatto boshqalarni tanimaydigan darajaga kelib qoladi. U harakatsiz holatga kelib, yurishda qiynaladi, o‘rnidan tursa ham juda sekin qadam tashlab yurgan va oxirgi paytlarda yotoqqa mixlanib qolgan.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, futbol professoridan oxirgi kunlarda faqat uning qizi xabar olib turgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:34, 16.02.2022. O'qildi: 2236 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик