Garri Maguayr «Manchester Yunayted»ning «Liverpul»ga qarshi o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- «Liverpul»ning to‘rtta sovrinni qo‘lga kiritishiga halaqit qilish «Manchester Yunayted»ga motivasiya beradimi?
- To‘g‘risini aytsam, bu bizga motivasiya beradi deb o‘ylamayman. Menimcha, motivasiya – «Enfild»ga borib, «Liverpul»ga qarshi o‘ynab, g‘alaba qozonib, klub va muxlislar uchun uch ochko olish.
Muxlislar butun mavsum davomida biz bilan birga bo‘lishdi. Qayerda o‘ynamaylik, ular o‘sha yerda juda ko‘pchilik tashkil qilishdi. Ular ushbu qiyin mavsum davomida bizga yaxshi dalda bo‘lishdi.
«Enfild»dagi yaxshi o‘yin va uch ochko muxlislar uchun ajoyib lahza bo‘lardi. Demak, bu biz uchun juda motivasion, deb o‘ylayman.
- Oktyabr oyidagi 0:5 hisobidagi mag‘lubiyat uchun revansh olmoqchimisizlar?
- Ha albatta. Bu mavsumdagi eng yomon lahza, faoliyatimdagi eng yomon uchrashuvlardan biri edi. Ishonchim komilki, «Manchester Yunayted»ning boshqa futbolchilari ham xuddi shunday his qilishgan.
Bunday o‘yinlar uchun qo‘shimcha motivasiya kerak emas. Bu juda katta raqobat, dunyodagi eng muhimlaridan biri. Klubga kelsangiz, bu haqda bilasiz.
Biz bu o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz. Biror narsaga erishish uchun eng zo‘r futbol ko‘rsatish kerak, biz esa bunga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak, - dedi «Manchester Yunayted» sardori.