Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 13.10.2026 00:00
      • Koventri Siti
      • 4:1
      • Nyukasl
  • La-liga
      • 13.10.2026 00:00
      • Levante
      • 3:3
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 13.10.2026 12:45
      • Nyukasl Jets
      • 1:3
      • Gamba Osaka
      • 13.10.2026 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:1
      • Tejon Hana Citizen
      • 13.10.2026 15:00
      • Poxang Stilers
      • 0:2
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 13.10.2026 15:00
      • Kyoto Sanga
      • 1:0
      • Ratchaburi
      • 13.10.2026 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 0:1
      • Kashima Antlers
      • 13.10.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 0:1
      • Beyjing Guoan
      • 13.10.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 0:2
      • Al-Hilol
      • 13.10.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • 1:2
      • Shabab al-Ahli
      • 14.10.2026 15:00
      • Kashiva Reysol
      • -:-
      • Port
      • 14.10.2026 15:00
      • Vissel Kobe
      • -:-
      • Chonbuk Motors
  • OChL-2
      • 13.10.2026 18:45
      • As-Siyb
      • 0:3
      • Al-Hussayn
      • 13.10.2026 21:00
      • Ist Bengal
      • 2:3
      • Ash-Shorta
      • 14.10.2026 12:45
      • Melburn Viktori
      • -:-
      • Seul
      • 14.10.2026 17:15
      • Persib
      • -:-
      • Kong-Vittel
      • 14.10.2026 18:45
      • Nasaf
      • -:-
      • Al-Vahda
      • 14.10.2026 21:00
      • Al-Jaziyra
      • -:-
      • Arkadag'
      • 14.10.2026 21:00
      • Kuvayt SK
      • -:-
      • Xolidiya
      • 14.10.2026 21:00
      • Al-Muharraq
      • -:-
      • Gol Gohar
      • 14.10.2026 21:00
      • At-Ta'vun
      • -:-
      • Ar-Rayyan
      • 14.10.2026 21:00
      • Al-Faysaliy
      • -:-
      • An-Nahda
  • ECHL
      • 13.10.2026 21:45
      • Sabah
      • 2:0
      • Slaviya
      • 13.10.2026 21:45
      • Lans
      • 0:2
      • Sporting
      • 13.10.2026 23:59
      • Galatasaroy
      • 1:4
      • Barselona
      • 13.10.2026 23:59
      • Atletiko
      • 2:0
      • Man. Yunayted
      • 13.10.2026 23:59
      • Arsenal
      • 3:0
      • Lill
      • 13.10.2026 23:59
      • Vilyarreal
      • 3:1
      • Napoli
      • 13.10.2026 23:59
      • Inter
      • 3:4
      • Bryugge
      • 13.10.2026 23:59
      • RB Leypsig
      • 1:0
      • PSV
      • 13.10.2026 23:59
      • Viking
      • 3:3
      • Bavariya
«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Ayn 2 6
2 Istiqlol 2 6
3 Al-Hilol 2 6
4 Shabab al-Ahli 2 6
5 Al-Ahli (SA) 2 4
6 Al-Qodisiya 2 4
7 Neftchi 2 3
8 An-Nasr (SA) 2 3
9 Paxtakor 2 2
10 Ash-Shamol 2 2
11 Al-Ittihod 2 1
12 Traktor 2 1
13 Al-G‘arafa 2 0
14 Al-Vasl 2 0
15 Al-Quva al-Javiya 2 0
16 As-Sadd 2 0

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Kashima Antlers 2 6
2 Gamba Osaka 2 6
3 Beyjing Guoan 2 6
4 Shangxay Port 2 4
5 Johor Dorul Ta'zim 2 4
6 Tejon Hana Citizen 2 4
7 Chonbuk Motors 1 3
8 Vissel Kobe 1 3
9 Kyoto Sanga 2 3
10 Buriram Yunayted 2 1
11 Kashiva Reysol 1 0
12 Port 1 0
13 Ratchaburi 2 0
14 Kongan Hanoi 2 0
15 Poxang Stilers 2 0
16 Nyukasl Jets 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
2-тур Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
2-тур Traktor 0-0 Ash-Shamol
2-тур An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
2-тур Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
2-тур Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
2-тур Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
2-тур Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
2-тур Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
2-тур Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
2-тур Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
2-тур Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
2-тур As-Sadd 0-2 Al-Hilol
2-тур Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli

Navbatdagi o'yinlar.

14/10/26 Kashiva Reysol - Port
14/10/26 Vissel Kobe - Chonbuk Motors

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2433 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2704 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины.
      10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      13:35 LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины.
      17:20 LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал.
      00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Foydaning shirinligini hamma biladi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Ronalduning intervyusi u bilan «MYU» o‘rtasidagi hamkorlik intihosini tezlashtirib yubordi.

«Manchester Siti» Xosep Gvardiola bilan manfaatli shartnomani rasmiylashtirayotgan pallada, Manchesterning qarama-qarshi hududida «MYU» muxlislari futbol afsonasi bilan xayrlashdilar - Krishtianu Ronaldu jamoani tark etdi. Hujumchi bilan klub rahbariyati va bosh murabbiy Erik ten Xag o‘rtasidagi kelishmovchilikka Krishning Talk TVga bergan intervyusi sabab bo‘ldi. «Gleyzerlar klubga g‘amxo‘rlik qilmaydilar. Ular uchun marketingdan daromad olish muhimroq, sportdagi natijalar ularni mutlaqo qiziqtirmaydi» degandi portugaliyalik afsona. Ronaldu barchaga ma’lum bo‘lgan haqiqatni bayon etdi. Biroq buning ta’siri shu qadar kuchli bo‘ldiki, nafaqat u «Old Trafford»ni tark etdi, balki klubni 17 yil boshqargan Gleyzerlar ilk bor klubni sotishga tayyor ekanliklarini aytishdi. «Biz klubga sarmoya kiritish, uni sotish yoki jamoa ishtirokidagi boshqa kelishuvlarni amalga oshirishni istagan muqobil xaridorni topish jarayonini boshladik», - deyiladi «MYU» saytidagi bayonotda.

«MYU» sohiblari Fergyuson merosini talon-taroj qildilar

O‘tgan yilning 21 avgustida «qizil iblislar» Ronalduning «Old Trafford»ga qaytganini e’lon qilishgach, 7-raqam ostidagi klub futbolkalari faqat birinchi haftada 188 mln. funt daromad keltirgandi. Biroq o‘tmish hisobiga mo‘ljallangan navbatdagi urinish xuddi Ule-Gunnar Sulsherni bosh murabbiylikka tayinlangani kabi, kutilgan daromadni bermadi. Krish «MYU» tarkibidagi dastlabki 5ta o‘yinda gollar urdi, ammo mavsum omadsiz yakunlandi - jamoa YECHL turniridan chetda qoldi.


Ronaldu jamoaning mashg‘ulotlar sharoiti va infratuzilmani tanqid qilgandi

YELda to‘p surish Krishni unchalik qiziqtirmagan va u yozda jamoadan ketishga uringandi - APLdagi eng yuqori (haftasiga 515000 funt) maosh va munosib variantning yo‘qligi uni to‘xtatib qoldi. Lekin bir-birining xohish-istagini inobatga olmaydigan hamkorlik (Ronaldu eskirib qolgan infratuzilmani tanqid qilgandi) tezda barbod bo‘lishi aniq edi. O‘z stadionini ta’mirlash va yangi mashg‘ulot markazini qurish uchun «Liverpul» yuzlab millionlarni sarflayotgan pallada, «MYU» sohiblari ser Aleks davridan qolgan merosni talon,taroj qilishdi.

«Ulkan imkoniyatlarga ega bo‘lgan nomdor klubda 15 yil ichida hech qanday o‘zgarishlar yuz bermasligini kutmagandim. Hech qanaqa modernizasiya, taraqqiyot, yangi texnologiyalarni ko‘rmadim. Bazada risoladagidek basseyn bo‘lishiga arang erishdim», - degandi Krish norozi ohangda.

Klub sohiblari esa xotirjamlik bilan jamoa ish haqi jamg‘armasini uzluksiz oshirish (joriy mavsumda 384 mln. funt) va mo‘may dividend olishni to‘xtatmadilar. Oqibatda, «MYU»ning Gleyzerlar davridagi qarzlari doimo 500-600 mln. funt atrofida bo‘ldi. Aynan shuncha mablag‘ evaziga 2005 yilda ular «MYU»ni xarid qilishgan, keyinchalik qarzni klub yelkasiga ilib qo‘yishdi.

Moliyaviy barqarorlik, obligasiyalar xaridi, klubni boshqarishdagi to‘lovlar va dividendlar tufayli «MYU»dagi kamomad Gleyzerlar davrida 1,5 mlrd.ga yetdi. O‘yinchilar xaridi uchun sarflangan mablag‘lar ko‘pincha o‘zini oqlamasdi. 

«10 yillar davomida «iblislar» doimo raqobatchilarga nisbatan ko‘proq mablag‘ni taklif etishar, bu bilan badavlat ekanliklarini ko‘rsatishga intilishardi», - deydi futbol moliyasi eksperti Kiran Maguayr.


«MYU»ning sotilishi haqidagi yangilik klub kapitalizasiyasini 400 mln.ga oshirdi

Superliga loyihasining amalga oshmagani «MYU» muxlislarining Gleyzerlarga bo‘lgan nafratini oshirib yubordi. 2021 yil mayida ular ijrochi direktor Ed Vudvordning uyiga hujum qilishdi va u klubni tark etdi. «Liverpul»ga qarshi bahs arafasida muxlislar «Old Trafford»da va mehmonlar joylashgan mehmonxona yonida namoyish o‘tkazdilar.

Bu kabi norozilik namoyishlari nafaqat klub sohiblarining nufuzlari, balki «MYU»ning narxiga ham salbiy ta’sir etadi. 

Jamoaning joriy mavsumda YECHLga chiqish imkoniyati oz ekanligini inobatga olsak, muxlislarning noroziligi, Ronalduning tanqidiy intervyusidan keyin klubni sotib yuborish eng maqbul variant ekanligi ayon bo‘ladi.

«Ronalduning ketishi va Gleyzerlarning qarori bir vaqtda yuz bergani bejiz emas. Gap shundaki, klub aksiyalari muntazam ravishda qimmatlashib boraveradi. Bozor esa kelajakdagi daromadlarni hisobga oladi», - degandi Maguayr.

Ekspert haq - «MYU»ning sotilishi haqidagi xabar aksiyalar qiymatini 17 foizga oshirdi. Natijada klub 400 mln. dollarga qimmatlashdi.


Amerikalik tekinxo‘rlar o‘rnini «MYU»ning muxlisi bo‘lmish britaniyalik milliarder egallashi mumkin

«MYU»dan qo‘lga ilinadigan barcha moddiy manfaatni sug‘urib olganliklarini Gleyzerlar yaxshi biladilar. Ulkan qarz, «Old Trafford», klub bazasi va boshqa inshootlar ta’miri katta mablag‘ talab etadi. Bu yoqda Superliga loyihasi barbod bo‘ldi. Qisqasi, taxminan 5 mlrd. funtga baholanayotgan paytda klubni sotish - eng to‘g‘ri qaror.

Lekin Gleyzerlar klubning bahosini bundan ortiq ko‘tara olmaydilar. Ularning bayonotiga ko‘ra, «MYU»ning muxlislar «armiya»si 1,1 mlrd.dan ko‘proq. Biroq bunga hech kim ishonmasligi aniq - «iblislar» 2013 yildan beri chempionlikka erisha olmayaptilar. Boz ustiga, ichki bozorda ular uchun jiddiy raqobatchi paydo bo‘ldi - «Liverpul» ham savdoga qo‘yildi. Bunday vaziyatda badavlat xaridor uchun ikki jamoa o‘rtasida ayovsiz kurash kechishi aniq. Shunday xaridorlarning biri - Britaniyadagi eng boy shaxs bo‘lmish Jim Retkliff. 2020 yilda u «Nissa»ni xarid qilgan, o‘tgan yili «MYU»ga og‘iz solgan, lekin Gleyzerlar taklifni rad etishgandi. Endi aynan kelishuv payti keldi. Angliyaning afsonaviy klubi amerikalik tekinxo‘rlardan xalos bo‘lib, munosib sohibga ega bo‘lishi mumkin.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:32, 04.01.2023. O'qildi: 1312 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик