Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 13.10.2026 00:00
      • Koventri Siti
      • 4:1
      • Nyukasl
  • La-liga
      • 13.10.2026 00:00
      • Levante
      • 3:3
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 13.10.2026 12:45
      • Nyukasl Jets
      • 1:3
      • Gamba Osaka
      • 13.10.2026 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:1
      • Tejon Hana Citizen
      • 13.10.2026 15:00
      • Poxang Stilers
      • 0:2
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 13.10.2026 15:00
      • Kyoto Sanga
      • 1:0
      • Ratchaburi
      • 13.10.2026 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 0:1
      • Kashima Antlers
      • 13.10.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 0:1
      • Beyjing Guoan
      • 13.10.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 0:2
      • Al-Hilol
      • 13.10.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • 1:2
      • Shabab al-Ahli
  • OChL-2
      • 13.10.2026 18:45
      • As-Siyb
      • 0:3
      • Al-Hussayn
      • 13.10.2026 21:00
      • Ist Bengal
      • 2:3
      • Ash-Shorta
  • ECHL
      • 13.10.2026 21:45
      • Sabah
      • 2:0
      • Slaviya
      • 13.10.2026 21:45
      • Lans
      • 0:2
      • Sporting
      • 13.10.2026 23:59
      • Galatasaroy
      • 1:4
      • Barselona
      • 13.10.2026 23:59
      • Atletiko
      • 2:0
      • Man. Yunayted
      • 13.10.2026 23:59
      • Arsenal
      • 3:0
      • Lill
      • 13.10.2026 23:59
      • Vilyarreal
      • 3:1
      • Napoli
      • 13.10.2026 23:59
      • Inter
      • 3:4
      • Bryugge
      • 13.10.2026 23:59
      • RB Leypsig
      • 1:0
      • PSV
      • 13.10.2026 23:59
      • Viking
      • 3:3
      • Bavariya
«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Ayn 2 6
2 Istiqlol 2 6
3 Al-Hilol 2 6
4 Shabab al-Ahli 2 6
5 Al-Ahli (SA) 2 4
6 Al-Qodisiya 2 4
7 Neftchi 2 3
8 An-Nasr (SA) 2 3
9 Paxtakor 2 2
10 Ash-Shamol 2 2
11 Al-Ittihod 2 1
12 Traktor 2 1
13 Al-G‘arafa 2 0
14 Al-Vasl 2 0
15 Al-Quva al-Javiya 2 0
16 As-Sadd 2 0

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Kashima Antlers 2 6
2 Gamba Osaka 2 6
3 Beyjing Guoan 2 6
4 Shangxay Port 2 4
5 Johor Dorul Ta'zim 2 4
6 Tejon Hana Citizen 2 4
7 Chonbuk Motors 1 3
8 Vissel Kobe 1 3
9 Kyoto Sanga 2 3
10 Buriram Yunayted 2 1
11 Kashiva Reysol 1 0
12 Port 1 0
13 Ratchaburi 2 0
14 Kongan Hanoi 2 0
15 Poxang Stilers 2 0
16 Nyukasl Jets 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
2-тур Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
2-тур Traktor 0-0 Ash-Shamol
2-тур An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
2-тур Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
2-тур Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
2-тур Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
2-тур Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
2-тур Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
2-тур Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
2-тур Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
2-тур Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
2-тур As-Sadd 0-2 Al-Hilol
2-тур Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2433 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2704 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины.
      10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      13:35 LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины.
      17:20 LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал.
      00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Kamtarga kamol»ning tasdig‘i

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Grandlar mavzusi tilga olinganida, daniyaliklar «Kopengagen» va «Midtyullann»ni tasavvur etadilar. Biroq «Norshellann» a’zolari bunga qo‘shilishmaydi.

Garchi bu jamoa natijalar bo‘yicha faqat joriy mavsumda yuqorida zikr etilgan raqiblaridan o‘zib ketgan bo‘lsada, yosh iqtidorlar soni bo‘yicha allaqachon yuksak darajaga chiqib ulgurgan. Muhammad Quddus, Mikkel Damsgor va Kamol Sulaymonlar hozir nomdor jamoalarda to‘p surishmoqda, lekin ilk saboqlarni aynan «Norshellann»da olishgan. Bu klub asosiy e’tiborni yoshlarga qaratadi va bu o‘z samarasini bermoqda. Xo‘sh, o‘tgan mavsumda jon saqlash uchun kurashgan jamoani favorit maqomiga olib chiqqan va endi o‘zlarini skautlar nazaridan olib qochishga urinayotgan yosh iqtidorlar kimlar?

«Norshellann» - Yevropadagi eng yosh klub

Daniya chempionatida yetakchilik qilayotgan jamoaning asosiy qudrati - yosh o‘yinchilar. Tarkibning o‘rtacha yoshi 22,3, o‘yin vaqtining 73,7 foizida 21 yoshdan kichik o‘yinchilar to‘p surmoqdalar. Taqqoslash uchun keltiradigan bo‘lsak, top-chempionatlar vakillari orasida eng yuqori ko‘rsatkichga erishgan «Barselona»da umumiy o‘yin vaqtining 29,5 foizini yosh iqtidorlar band etishgan.

Odatda «Norshellann» turnir jadvalida bu qadar yuqori ko‘tarilgan emasdi - joriy mavsum rostakam parvozni namoyish etdi. O‘tgan mavsumda jamoa autsayderlar safida edi: hozirgi yetakchilar sinovda edilar, endi ular har oyda chempionatning eng yaxshi futbolchisi unvonini qo‘lga kiritmoqdalar. Andreas Shelderup, Ernest Nuama, Mads Bidstrup va Adamo Nagalo - yosh iqtidorlar ro‘yxatini davom ettirish mumkin. Keling, yaxshisi, ular bilan tanishaylik.

Andreas Shelderup - «Liverpul»ni rad etgan yetakchi

Ehtimol, Andreas jamoaning asosiy nyusmeykeridir. U ham skandinav, faqat daniya­lik emas, norvegiyalik. Ixtisosi vinger, ammo oldingi chiziqda ham o‘ynay oladi. Joriy mavsumda 10ta gol bilan to‘purarlar ro‘yxatini bosh­qarib bormoqda. 16 yoshida Andreas PSV, «Ayaks», «Atalanta», «Yuventus», «Bavariya» va «Liverpul»da ko‘rikdan o‘tgan, «qizillar» uni o‘z akademiyalariga taklif etishgandi. Biroq norvegiyalik to‘satdan paydo bo‘lgan «Norshellann»ga yo‘l oldi: «Angliyada 17-19 yoshlilar orasida yurgandan, bu yerda asosiy tarkibda o‘ynash yaxshiroq».

Andreas juda mehnatsevar yigit. Murabbiylar hatto uning qo‘shimcha mashg‘alotlarini cheklab qo‘yishga majbur bo‘lganliklarini tan olishgan. U asosan o‘ng oyoqda to‘p sursada, chap oyog‘i ham juda chaqqon, raqiblarini aldab o‘tishda qo‘l keladi. Aynan ajoyib driblingi uchun uni Eden Azar va Jek Grilishga qiyoslashadi. Andreas Andres Inyestani o‘z «kumir»i deb biladi. Shuningdek, Martin Edegor va Erling Xolandning o‘yinlariga yuksak baho beradi. Yaqin kelajakda u vatandoshi bilan yonma-yon to‘p surishi mumkin - APL toplari qishda uni o‘z saflariga qo‘shib olish niyatidalar. «Sevilya»ning 10 mln. yevrolik taklifini «Norshellann» rad etdi.

Yarim himoya chizig‘ining ijaradagi yetakchisi - Mads Bidstrup

Mads 21 yoshda. Angliyada ishi yurishmagach, «Brentford» yarim himoyachisi 2022 yil yanvarida ijara asosida «Norshellann»ga yo‘l oldi va shu vaqt ichida jamoa yetakchilaridan biriga aylandi. U to‘pni raqibidan tortib olganidan keyin hujum uyushtirishni xush ko‘radi. Bu borada 56 ball bilan chempionat peshqadami bo‘lsada, samarali uzatmalari bilan maqtana olmaydi. Ammo o‘z jamoadoshlarini bor kuch-mahoratlari bilan o‘ynashga ruhlantira oladi. Shu tufayli mutaxassislar uni Daniya chempionatidagi eng omadli transfer sifatida e’tirof etmoqdalar. Agar Mads mavsumni muvaffaqiyatli yakunlasa, «Brentford»da ishlari yurishib ketishi va yuksakroq cho‘qqilarga ko‘tarilishi hech gapmas.

Ernest Nuama - Qatarda terma jamoasiga yordam bergan ganalik iqtidor

O‘tgan yili Gana futbol akademiyasidan o‘zaro shartnomaga asosan «Norshellann»ga kelgan 18 yoshli vinger ham joriy mavsumda yorqin o‘yinlarni namoyish etdi. Darvoqe, undan avvalroq Muhammad Quddus va Kamol Sulaymon ham mazkur kelishuvga binoan Daniya klubidan joy olishgandi.

Ernest ko‘proq o‘ng qanotda o‘ynaydi, ammo markaziy hujumchi rolini ham uddalay oladi. O‘tgan mavsum oxirida asosiy tarkibga kelgani bois, bor mahoratini namoyish etishga ulgurmagandi. Joriy mavsumdagi 17 uchrashuvda 5ta gol va 3ta assist bilan Gana terma jamoasining kengaytirilgan tarkibidan joy oldi. Dribling va tezkorlik - Ernestning ustun jihatlari. U o‘z vaqtida oldinga intiladi va aldamchi harakatlari bilan raqiblarini shoshirib qo‘yadi. Mavsumning hal qiluvchi bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazsa, yozda top-chempionatlar klubiga yo‘l olishi aniq.

Adamo  Nagalo - imkoniyatdan  foydalangan burkina-fasolik himoyachi

20 yoshli himoyachi 2 yil avval Gana futbol akademiyasidan Daniyaga kelgandi. «Norshellann»da to‘p surish imkoniyatiga u o‘tgan mavsumda ega bo‘ldi: elitadagi o‘rnini saqlab qolishga intilgan jamoa boshqa himoyachini qishda o‘z tarkibiga jalb etgandi. Biroq chempionatni davom ettirishga ikki hafta qolganida, u jarohat oldi. Murabbiyda navqiron Adamoga ishonch bildirishdan boshqa yo‘l qolmagandi. Yosh himoyachi bu imkoniyatdan unumli foydalandi - himoya markazidan mustahkam o‘rin olib, raqobatchiga imkon qoldirmadi. Joriy mavsumda esa Nagalo boshlang‘ich tarkibning doimiy a’zosiga aylanib, 33 yoshli Kian Xansen bilan ishonchli duetni tashkil etdi. Buning samarasi evaziga «Norshellann» ortda qolgan 17 uchrashuvda atigi 13ta gol o‘tkazib yubordi. Bu Daniya chempionatidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Yozda Adamo Nagalo «Fenerbaxche» tarkibiga o‘tib ketishi mumkin edi. Biroq himoyachi Daniyada qolishni afzal ko‘rdi. Maqsadi: Angliya yoki Germaniyada to‘p surish. Mavsum yakunida uning orzusi ham ro‘yobga chiqsa, ajablanmaymiz. Qisqasi, noyob iqtidorlar top-klublarda emas, kamtarin jamoalarda shakllanadilar. Kamtarga kamol hikmatining futboldagi tasdig‘i.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 18:52, 17.01.2023. O'qildi: 2945 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик