Bugun 24 may, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 23.05.2026 21:00
      • Bolonya
      • 3:3
      • Inter
      • 23.05.2026 23:45
      • Lasio
      • 2:1
      • Piza
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • -:-
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • -:-
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLda ingliz murabbiylariga qarg‘ish tekkanmi? — Omadsiz inglizlarga chempion bo‘lish armon bo‘lib qolmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

1992 yildan buyon hech bir ingliz mutaxassisi mamlakat chempionligini qo‘lga kiritmagan. «Chelsi» xo‘jayini Todd Boeli 2022 yilning o‘rtalarida klubni sotib olganidan keyin tub o‘zgarishlarni amalga oshirdi va uni yangi yuzlar bilan to‘ldirdi. Bosh murabbiy Grem Potter qo‘l ostida bir-biridan farq qiladigan super yulduzlar kelgusi yillar davomida yaxlit mashina va top jamoaga aylanishi kerak. Ammo hozircha 600 million yevrodan oshiq transferlar o‘zini oqlamadi va muxlislar Roman Abramovich davrini sog‘inch bilan eslashmoqda.

Grem Potter 1993 yildan beri «Chelsi» bosh murabbiyi sifatidagi eng yomon natijaga erishdi. U o‘zining dastlabki 24 o‘yinida 38%lik g‘alabaga ko‘rsatkichini qayd etdi. Bu borada Glenn Xoddl eng past ko‘rsatkichga ega - 1993 yilda 21%. Potter top-klubda o‘zining eng yaxshi xususiyatlarini ko‘rsata olmayapti. Chet ellik murabbiylar uzluksiz chempionlikni qo‘lga kiritishgan, Ser Aleks Fergyuson esa ligada g‘olib chiqqan ingliz bo‘lmagan mashhur murabbiylardan biridir. E’tiborlisi, Premyer-liganing butun tarixida birorta ham ingliz mutaxassisi g‘alaba qozonmagan. Oxirgi marta bu 1991/1992 yilgi mavsumda sodir bo‘lgan: Angliya chempionati islohotlaridan oldingi so‘nggi mavsumda Xovard Uilkinson boshchiligidagi «Lids» ligada g‘alaba qozongan.

Afsuski, ingliz menejerlari top-klubda muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin kamdan-kam hollarda qayta imkoniyatga ega bo‘lishadi. Ser Aleks Fergyusonning «Manchester Yunayted»dagi vorisi Devid Moyesni alohida ta’kidlash joiz. «Vest Xem» ning hozirgi murabbiyi 2013 yilda shotlandiyalikni almashtirgan, ammo bu lavozimda o‘n oy davom ishlagan va «Yunayted» uchun dahshatli natijalar ko‘rsatgan (35-turga kelib, Moyes ishdan bo‘shatilganda, klub Chempionlar ligasi uchun imkoniyatlarini yo‘qotgandi va yettinchi o‘rinda ligani yakunlagan). Shundan so‘ng Devidning obro‘si hech qachon tiklanmadi. «Real Sosyedad» va «Sanderlend» bilan qayd etilgan yomon natijalar shotlandiyalikni Premyer-liganing elita klublaridan tashqarida ishlashga majbur qildi. Yevrokuboklarda yaxshi o‘ynagan «Vest Xem» bilan vaziyat biroz yaxshilandi. Uning hozirgi jamoasi o‘tgan mavsumda Yevropa Ligasining yarim finaliga qadar yetib borgan. «Vest Xem» hozirda turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda. Agar londonliklar Moyes bilan xayrlashsa, uning yana grand jamoani qabul qilishi qiyin masala.

Moyes tubsizlikka tushib qolmasdan oldin top-klublarda ishlagan yagona ingliz murabbiyi emas. Frenk Lempard ham xuddi shunday yo‘ldan bordi. U Tomori, Maunt, Abraxam va Jeyms singari yoshlarning ochilishiga turtki bo‘ldi va Chempionlar Ligasida o‘ynadi, lekin baribir ishdan bo‘shatildi. Xuddi shu tarkib bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan Tomas Tuxel esa Granovskaya va Abramovichning qarori to‘g‘riligini isbotlab qo‘ydi.

Lempard Angliyaning boshqa top-klubini boshqarishi dargumon. Qolaversa, «Everton»dagi ishi omadsiz chiqdi: Frenk yanvar oyida qoniqarsiz natijalar uchun ishdan bo‘shatildi (u ketish vaqtida jamoa quyi ligaga tushib ketish zonasida edi). Stiven Jerrardni ham omadsizlar ro‘yxatiga kiritish mumkin. «Reynjers» bilan kamtarona Shotlandiya chempionatida muvaffaqiyat qozonganiga qaramay, «Liverpul» afsonasining «Aston Villa»da ishlari yurishmadi. Jerrard «Enfild»da Yurgen Kloppning o‘rnini bosa olmaydi.

Ushbu mavzudagi istisno shaxs Eddi Xau bo‘lishi mumkin. «Nyukasl»ning maqomi ingliz murabbiyining qo‘lida ancha oshdi: moliyaviy imkoniyatlarga qaramay, jamoa hali top-klublar qatoridan joy olgani yo‘q. Jamodan tezda natija kutish qiyin, shuning uchun Xau top futbolchilardan iborat uzoq muddatli loyiha ishlab chiqishi mumkin. «Nyukasl» Eddi bilan gigantga aylanadimi yoki uni grand klublar o‘ziga tortadimi? Hozircha Xau haqiqiy sinovni faqat «Tottenxem» yoki «Chelsi»da ko‘rishi mumkin. Uning «Nyukasl»dagi faoliyatidan kelib chiqib, qobiliyatlari haqida aniq xulosa chiqarishga hali erta. Biroq yuqoridagi klublar Xauga mos keladi. Grem Potterga «Chelsi»dagi vaziyatni to‘g‘irlash uchun uzoq vaqt berilishi dargumon (garchi rahbariyatning to‘liq ishonch bildirganiga qaramay)

Potterning «Chelsi»ni tark etishi ehtimoli kamroq - kelajakda «Arsenal», «Liverpul» yoki «Manchester Siti» 47 yoshli mutaxassis uchun taklif yuborishlari mumkin. Demak, Potter «Chelsi»ni tark etsa, Angliya yana bir mahalliy iqtidorni yo‘qotishi mumkin. Xo‘sh, nima uchun bunaqa: ingliz murabbiylariga qarg‘ish tekkanmi, ular bardosh bera olmaydigan bosim mavjudmi yoki muayyan mahorat yetishmaydimi?

Kiritildi: 11:50, 23.02.2023. O'qildi: 2305 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик