O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayev U-17 Osiyo kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasida bo‘lib o‘tgan Hindistonga qarshi o‘yin (1:0) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Jamoam bilan faxrlanaman. Hindistonga qarshi o‘yin murakkab kechdi. O‘yinning borishini o‘zgartira olgani uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman.
Bugun biz ko‘p vaziyatlarni yuzaga keltirdik, ammo ulardan foydalana olmadik. Boisi, Hindiston himoyasi mustahkam harakat qildi. Avval ham aytib o‘tganimdek, Hindiston yaxshi jamoa bo‘lish bilan birgalikda, ularning safida individual jihatdan mahoratli bo‘lgan o‘yinchilar ko‘p. Bugundan bahsdan keyin ularga bo‘lgan hurmatim yanada oshdi.
Bugun g‘alaba qozona olganimizdan xursandman. Chunki, butun O‘zbekiston turnirdagi ilk g‘alabamizni kutayotgandi", — dedi Rahmatullayev.
Shuningdek, o‘yinda g‘alaba to‘pini kiritgan Muhammadali Raimov ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Tanaffus paytida kiyinish xonasidagi vaziyat tarang edi. Ikkinchi bo‘limda murabbiy meni maydonga tushirishga qaror qilganida, u menga g‘alaba qozonishimiz kerakligini aytdi. Imkoniyatdan unumli foydalanganimdan xursandman", — dedi Muhammadali.