Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Malyorka 22 24
15 Sevilya 22 24
16 Xetafe 22 23
17 Valensiya 22 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
22-тур Malyorka 4-1 Sevilya

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yangi futbol mavsumi tomoshabinlarni hayratda qoldirdi...

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

APLda kutilmagan hodisalar ro‘y bermoqda. «Tottenxem»dagi faoliyati tufayli Nunu Eshpiritu Santu obro‘-e’tiboridan judo bo‘ldi.

Lekin Postekogluning, unga qadar Konte va Mourinyoning «taqachilar»dagi ish tajribalari jamoadagi omadsizliklar murabbiy malakasining o‘lchovi emasligini ko‘rsatadi. «Tottenxem» shunaqa o‘ziga xos jamoa. Mafiya haqidagi filmlarga xos gunohlar bilan ayblangan gresiyalik Marinakisning «Nottingem Foresti» esa mavsum qahramoni sifatida e’tirof etildi. Milliarder sohib klubning qarzlarini to‘laydi, Eshpiritu Santu esa yuksak saviyali jamoani shakllantirdi. Joriy mavsumda «o‘rmonchilar» ichki chempionatda 6ta o‘yinli g‘alabalar seriyasini qayd etishdi, ochkolar bo‘­yicha «Arsenal» bilan yonma-yon borishmoqda.

«Real» va «PSJ» -  ECHLning o‘rtamiyona  jamoalari

Madridlik va parijlik grandlar sohiblari hozircha YECHLning yangi formatidan norozilar. Chunki ularning jamoalari turnirda mag‘lubiyatga uchramoqdalar. Dastlabki 6ta uchrashuvda favoritlar 3 martadan maydonni bosh egib tark etishdi. Luis Enrike Fransiyaning peshqadam klubini boshqarmoqda, Liga 1da ta’qibchilardan o‘zib ketgan jamoa Superkubok bahsida «Monako»ni mahv etdi. Biroq yevrokubok musobaqalarida «Manchester Siti»ga qarshi murakkab bellashuv kutib turibdi. Qolaversa, Gvardiola jamoasi ham turnir jadvalining quyi qismida, «Real» va «PSJ» o‘rtasida bormoqda. Parij grandi hozircha pley-off guruhiga chiqa olmadi, Anchelotti jamoasini esa nufuzli turnirni tark etadigan guruhdan atigi 2 ochko ajratib turibdi.

«Manchester Siti»da omadsizliklar seriyasi

Hech kim, hatto Gvardiolaning o‘zi ham 2025 yil avvaliga qadar jamoa 9ta mag‘lubiyatni va qabul qilishi 2ta yoqimsiz durangga imzo chekishini xayoliga ham keltirmagandi. 5ta o‘yinli mag‘lubiyatlar seriyasi esa, dahshatli ko‘rsatkich. Biroq Xosep omadsiz favorit mashaqqatli yo‘lini bosib o‘tdi. «Shaharliklar» doimo raqiblariga nisbatan yomon o‘yin ko‘rsatishmadi, lekin YECHL va APLda jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘­yishdi. To‘g‘ri, jamoa «Lester» va «Vest Xem»ni mahv etdi, biroq ular mavsumning yaxshi jamoalari emas. Xolandning holatini yanvarning oxirida «PSJ» va «Chelsi»ga qarshi o‘yinlarda baho beramiz.

«Inter» va ta’qibchilar shiddati

O‘tgan yili Inzagi birdaniga yaqqol ustunlikka intilmadi, lekin yakunda 2-o‘rindagi jamoani naq 19 ochkoga ortda qoldirgandi. Hozir «Milan» amaldagi Italiya chempionidan dramatik tarzda Superkubokni tortib oldi. Lekin Kontening «Napoli»si va Gasperining «Atalanta»si ichki chempionatda favoritni asabiylashishga majbur etishmoqda. O‘ylaymizki, sensasiyaning yuz berish ehtimoli yuqori emas. Hozircha, «Inter» Italiya chempionatidagi eng kuchli mashina. Biroq Skudetto uchun kurash jonlanib qolgani aniq. Raqobatchilardan favoritni yengish talab etiladi, Inzagi jamoasi hozircha atigi bitta mag‘lubiyatni tan olgan.

«Bayer» «kumush tovoq» uchun kurashmoqda

Bundesliganing amaldagi chempioni avvallari odatga ko‘ra «Bavariya»ga nasib etadigan sovrin da’vogarlari kabi turnir jadvalida past-ga tushib ketmadi. Navqiron Kompanining jamoasi hamon favorit, axir uning tarkibida Keyn, Musiala va Kimmixlar bor. Lekin Xabi Alonsoning «Bayer»ida ham yetarli quvvatga ega. Chempion jamoa Virs va markaziy xavbek Jakani, yana bir qator muhim o‘yinchilarni tarkibda saqlab qolishdi. Madridliklar Alonso bo‘yicha qarorni kechiktirishgani bois, Xabi «Real» chaqiruvini bir yil kutadigan bo‘ldi. «Bayer»ning ruhiyati ko‘tarildi.

«Yuventus»da duranglar sindromi

YECHLda «Siti»dan ustun kelgan jamoa endi raqiblariga ochkolarni hadya etib, Skudetto uchun kurashmaydigan bo‘lib qoldi. Shuningdek, Italiya Superkubogi bellashuvida ham g‘alaba uchun «keksa sinyora»ga tajriba yetishmadi. Duranglar sindromi yangilangan navqiron jamoaga bosim o‘tkazmoqda. Faxriylarni tarqatib yuborish va o‘zgarishlar davom etmoqda. Jamoa Mottaga «Bolonya»dagi faoliyati tufayli yaxshi tanish bo‘lgan hujumchi Zirkzeeni Turinga taklif qilish niyatida. Biroq u hozircha «Yuventus»ga qaytmadi. Turkiyalik Yildiz ulkan iqtidor ekanligi aniq.

«Atletiko» yetakchilar ortidan quvmoqda

13 yildan beri ishonch va sadoqat bilan «Atletiko»da xizmat qilayotgan Diyego Simeonega har qancha tasanno kamlik qiladi. Bejizga uni futbol olamida eng ko‘p ish haqi (yiliga 34 mln. yevro) oladigan murabbiy maqomiga ko‘tarishmagan. Madridda argentinalik mutaxassisni «Real»dagi Mbappedek hurmat qiladilar. «Matraschilar» sharafini o‘z faoliyatida 200dan ko‘proq o‘yinlarni «quruq» o‘tkazgan Yan Oblakdek mohir darvozabon qo‘riqlaydi. Jamoada debyutant Gallaxer va Argentina terma jamoasi a’zosi De Pauldek saviyali xavbeklar to‘p surishadi. Oldingi chiziqda esa Grizmann, jahon chempioni Alvares va norvegiyalik Syorlot kerakli natijani ta’minlashadi.

O‘rtamiyonalar  «Tottenxem» va «MYU»

Bu jamoalardagi omadsizliklarni kutilmagan hodisa, deb bo‘lmaydi. «Taqachilar» va «qizil iblislar» ancha yillardan beri boshqaruvdagi no‘noq uslubdan aziyat chekib kelishmoqda. Mutasaddilar uchun mo‘may daromad bo‘lsa bas, natija ularni qiziqtirmaydi. Biroq rahbariyat shunchalik ajoyib tarkibga ega bo‘lgan ikki nomdor jamoaning 12- va 13-o‘ringa tushib ketishini o‘ylab ko‘rmadi. Chempionshipga tushib ketishga oid hazillar ko‘payib bormoqda. Chunki bu jamoalarni xavfli hududdan 7-8 ochko ajratib turibdi. Postekoglu va Amorim o‘z shogirdlarini elitada jon saqlash uchun kurashishlariga yo‘l qo‘ymasalar kerak. Biroq ular o‘zlari mo‘ljallagan YECHL hududidan (4-o‘rin) ancha uzoqdalar.

«Roma»ning amerikacha g‘ildiratma hayinchalaklari

«Milan» Konseysauni murabbiylikka taklif etdi, Serjiu esa kelishi bilan Italiya Superkubogini qo‘lga kiritdi. Joriy mavsumda «Real»ni yenggan jamoaga bu ta’sirchan o‘zgarish qo‘shimcha kuch bo‘lishi aniq. Biroq «Roma»ning barqaror o‘yin ko‘rsatishiga hatto qariya Ranyeri ham kafolat bera olmaydi. Ishning pachavasini klubning amerikalik sohibi Den Fridkin chiqardi. Ya’ni, u jamoaning mavsum startidagi mag‘lu-biyat va duranglaridan cho‘chib, «bo‘rilar» afsonasi bo‘lgan navqiron De Rossini iste’foga chiqardi. Bu o‘ylanmagan qaror edi, yangi kelgan Yurichni chetlatishga to‘g‘ri keldi. Ranyeri Rim derbisida g‘olib chiqdi, lekin «Roma» 10-pog‘onaga «mixlanib» qoldi.

«Liverpul» yoqimli  tarzda hayron qoldirdi

Ko‘pchilik «Axir men aytgan edimku!» iborasidan foydalanadi. Qandaydir ijobiy jihat bobida haq bo‘lish juda yoqimli. Muxlislar orasida Slotning sovrin uchun kurashishini bashorat qilganlar borligiga shubha qilmaymiz. Lekin Arnening shu qadar shiddatli start olishini hatto ular ham kutmaganliklari aniq. Murabbiy «Enfild Roud»da mavsum sensasiyasi bo‘lmish «Nottingem Forest»dan yengildi, ammo bu Virjil van Deyk bilan Muhammad Salohning mavsumdagi yagona omadsizliklari. Slotning «Liverpul»i chinakam favoritga xos sermazmun va sermahsul o‘yinlari bilan hatto raqib jamoalar muxlislarini ham o‘ziga rom etmoqda. Eng muhimi, jamoa-ni Maskka berib qo‘ymaslik. Ilon klubga qiziqib qolgani rost, lekin u sayyoramizdagi eng badavlat savdoyi kimsa.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:00, 28.01.2025. O'qildi: 1820 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.