Bugun 20 fevral, 2025 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Avstraliya 3 9
2 Xitoy 3 6
3 Qatar 3 3
4 Qirg‘iziston 3 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Saudiya Arabistoni 3 6
2 Iroq 3 5
3 Iordaniya 3 4
4 KXDR 3 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Eron 3 9
2 O‘zbekiston 3 6
3 Indoneziya 3 1
4 Yaman 3 1

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 Janubiy Koreya 2 6
2 Yaponiya 2 4
3 Suriya 2 1
4 Tailand 2 0

O'tgan o'yinlar.

3-тур Xitoy 1-2 Avstraliya
3-тур Qirg‘iziston 0-4 Qatar
3-тур Iroq 0-0 Iordaniya
3-тур Saudiya Arabistoni 2-1 KXDR
3-тур O‘zbekiston 1-2 Eron
3-тур Indoneziya 0-0 Yaman

Navbatdagi o'yinlar.

20/02/25 Yaponiya - Janubiy Koreya
20/02/25 Suriya - Tailand

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 16179 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 20.02.2025

      05:00 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      06:00 Новости футбола.
      06:05 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Майнц 05".
      08:00 Новости футбола.
      08:05 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Галатасарай".
      10:05 Новости футбола.
      10:10 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Шальке 04" - "Карлсруэ".
      12:10 Новости футбола.
      12:15 Чемпионат Германии. "Вердер Бремен" - "Хоффенхайм".
      14:15 Новости футбола.
      14:20 Чемпионат Турции. "Фенербахче" - "Касымпаша".
      16:20 Новости футбола.
      16:25 Чемпионат Германии. Обзор тура.
      17:25 Новости футбола.
      17:30 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Магдебург" - "Кёльн".
      19:30 Новости футбола.
      19:35 Чемпионат Германии. "Хайденхайм 1846" - "Майнц 05".
      21:35 Новости футбола.
      21:40 Чемпионат Германии. "Айнтрахт Франкфурт" - "Хольштайн Киль".
      23:40 Новости футбола.
      23:45 Чемпионат Германии. "Аугсбург" - "РБ Лейпциг".
      01:45 Новости футбола.
      01:50 Чемпионат Турции. "Ризеспор" - "Галатасарай".
      03:50 Новости футбола.
      03:55 Чемпионат Германии. 2-я Бундеслига. "Кайзерслаутерн" - "Ганновер 96".
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 20.02.2025

      05:45 "Лица страны". Юлия Ступак.
      06:05 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 9 в Фалуне, Швеция. Мужчины. Индивидуальная гонка. 10 км. Классический стиль.
      07:30 "Лучшие из лучших".
      08:00 Борьба. 1-я рейтинговая группа. Этап в Загребе, Хорватия. День 4.
      09:30 Д/ф "Светлана Журова. Бег к победе".
      10:10 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 1 в Абу-Даби, ОАЭ. Смешанная эстафета.
      11:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Чемпионат России в Москве. Прямая трансляция.
      14:55 "Вы это видели".
      15:45 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 9 в Фалуне, Швеция. Мужчины. Масс-старт. 20 км. Свободный стиль.
      16:40 "Вопреки всему".
      17:10 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. 1/2 финала.
      19:25 "Сюрпляс".
      19:55 "Лица страны". Юлия Ступак.
      20:10 Борьба. 1-я рейтинговая группа. Этап в Загребе, Хорватия. День 4.
      21:45 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок сильнейших спортсменов в Беларуси. Одиночная смешанная эстафета. Прямая трансляция.
      23:15 "Лучшие из лучших".
      23:45 "Формула-1. Гаснут огни".
      00:15 "Что за спорт?".
      00:45 Художественная гимнастика. Альфа-Банк Чемпионат России в Москве.
      03:00 "Вопреки всему".
      03:30 Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. Финал.
  • MATCH-TV
    • Sana: 20.02.2025

      05:55 Новости.
      06:00 Дзюдо. "Большой шлем" Баку в Азербайджане. День 3.
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Вид сверху".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:55 LIVE Художественная гимнастика. Альфа-Банк Чемпионат России в Москве. Прямая трансляция.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Большой хоккей".
      16:55 "Тайны звёзд спорта".
      17:30 Новости.
      17:35 Все на Матч! Прямой эфир.
      18:25 Фрирайд. Мировой тур. Val Thorens Pro во Франции.
      19:00 Смешанные единоборства. UFC Fight Night в Лас-Вегасе, США. Джаред Каннонир против Грегори Родригеса.
      20:00 LIVE Смешанные единоборства. ONE FC 171 в Лусаиле, Катар. Прямая трансляция.
      21:45 LIVE Биатлон. Альфа-Банк Кубок сильнейших спортсменов в Беларуси. Одиночная смешанная эстафета. Прямая трансляция.
      23:15 Все на Матч! Прямой эфир.
      00:00 LIVE Бильярд. BetBoom Суперлига в Москве. Финал. Прямая трансляция.
      02:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:30 Евротур.
      03:20 Смешанные единоборства. UFC 298 в Анахайме, США. Александр Волкановски против Илии Топурии.
      04:25 Триатлон. Чемпионская серия. Этап 1 в Абу-Даби, ОАЭ. Смешанная эстафета.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 20.02.2025

      05:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 14 в Саппоро, Япония. HS 137. День 2.
      06:30 Велоспорт. Тур ОАЭ. Этап 3.
      07:30 Велоспорт. Тур Алгарви в Португалии. Этап 1.
      08:30 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 9 в Фалуне, Швеция. Спринт. Классический стиль.
      09:30 Лыжные гонки. Кубок мира. Этап 9 в Фалуне, Швеция. Мужчины. Масс-старт. 20 км. Свободный стиль.
      10:30 Велоспорт. Тур Андалусии в Испании. Этап 1.
      11:30 Велоспорт. Тур Алгарви в Португалии. Этап 1.
      12:30 Гольф. Тележурнал "Discovery Golf".
      13:00 Парусный спорт. Гран-при. Этап 3 в Сиднее, Австралия. Обзор.
      14:00 Биатлон. Чемпионат мира в Ленцерхайде, Швейцария. Мужчины. Индивидуальная гонка. 20 км.
      15:00 Прыжки на лыжах с трамплина. Кубок мира. Этап 14 в Саппоро, Япония. HS 137. День 2.
      16:30 Сноуборд. Кубок мира. Этап в Кортина-д'Ампеццо, Италия. Сноуборд-кросс.
      17:30 Биатлон. Чемпионат мира в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Индивидуальная гонка. 15 км.
      18:30 Биатлон. Чемпионат мира в Ленцерхайде, Швейцария. Мужчины. Индивидуальная гонка. 20 км.
      19:50 LIVE Биатлон. Чемпионат мира в Ленцерхайде, Швейцария. Одиночная смешанная эстафета. Прямая трансляция.
      21:05 Биатлон. Чемпионат мира в Ленцерхайде, Швейцария. Мужчины. Индивидуальная гонка. 20 км.
      22:30 Велоспорт. Тур ОАЭ. Этап 4.
      23:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Уэльса в Лландидно, Великобритания. Финал.
      00:00 Биатлон. Чемпионат мира в Ленцерхайде, Швейцария. Одиночная смешанная эстафета.
      01:00 Биатлон. Чемпионат мира в Ленцерхайде, Швейцария. Женщины. Индивидуальная гонка. 15 км.
      02:00 Биатлон. Чемпионат мира в Ленцерхайде, Швейцария. Мужчины. Индивидуальная гонка. 20 км.
      03:00 Велоспорт. Тур Алгарви в Португалии. Этап 2.
      04:00 Снукер. Home Nations. Открытый чемпионат Уэльса в Лландидно, Великобритания. Финал.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

AQSHdagi o‘zbek sportchisi: og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Farhodbek Sobirov hikoyasi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / og‘ir atletika
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Nyu Yorkning Bruklin borosidagi U avenyusiga Ocean avenyusi tomondan kirib kelsangiz, bu ko‘cha nomi shunchaki ingliz alifbosidagi “U” harfiga ko‘cha emas, “Uzbekistan” so‘zining birinchi harfiga atalgandek.

Qatorasiga bir nechta o‘zbekcha restoran, o‘zbeklarga xizmat ko‘rsatuvchi do‘konlar va hokazo. Undagi “Sherdor” restoraniga tunislik do‘stim bilan kirdim, o‘zbek oshxonasi, tili va madaniyati bilan tanishtirdim, unga yoqdi. Chiqayotganimizda bir tanishimni ko‘rib qoldim, u o‘tirgan stoldagilar bilan so‘rashdim. Keyingi stolda esa yana 6 kishi bilan ko‘rishdim, ular meni tanishmasdi, ammo men ularni tanidim. Televizorda ko‘rganman. Ular o‘zbekistonlik sportchilar edi.

Og‘ir atletikachi, bokschi, dzyudochi va boshqa sport turlari chempion hamda sovrindorlari. Do‘stim “O‘zbekistonda hamma bir-birini taniydimi deyman?” deb kuldi, bular mashhur o‘zbekistonliklardan ekanini tushuntirdim.

AQSHda o‘zbekistonlik sportchilar ko‘p, ularning ko‘pchiligi O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab katta muvaffaqiyatlarga erishib, Amerikada o‘z karyeralarini davom ettirish uchun kelishadi. Ulardan biri og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempioni Farhodbek Sobirov hikoyasi orqali okean ortiga ko‘chish sabablari, u yerda atletlarimiz nima bilan bandligi hamda AQSHdagi sport sohasi haqida gaplashdik.

Farhodbek Sobirov haqida

Farhodbek Sobirov 1997 yil 10 sentyabrda Xivada tug‘ilgan. Yoshligidan sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan. Sportning aynan og‘ir atletika yo‘nalishini tanlashi ham tasodifiy emas. O‘zning xotirlashicha, og‘ir atletika bilan shug‘ullanadigan qarindoshi sabab unda bu sport turiga qiziqish uyg‘ongan.

“Oilamizda sport doimo qadrlangan. Qarindoshim qanday shug‘ullanayotgani, sportdagi qiyinchiliklarni qanday yengib o‘tayotganini o‘z ko‘zim bilan ko‘rganman. Shundan keyin men ham o‘zimni og‘ir atletikada sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim va mashg‘ulotlarning birinchi kunidanoq bu sport aynan men uchun ekanligini angladim”.

U qatnagan birinchi sportzalda shart-sharoit haminqadar bo‘lgan. Shunga qaramay, 12 yoshidayoq ijobiy natijalar qayd eta boshladiki, murabbiylari u bilan alohida shug‘ullanadigan bo‘lishdi.

Muvaffaqiyatlar silsilasi

Farhodbekka ilk muvaffaqiyatni 2014 yilda Xitoyning Nankin shahrida bo‘lib o‘tgan Yoshlar Olimpiya o‘yinlari olib keldi. O‘shanda u 85 kg gacha vazn toifasida ikki kurash yakuniga ko‘ra 321 kg (dast ko‘tarishda 147 kg, siltab ko‘tarishda 174 kg) natijani qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bu uning yorqin karyerasi boshlanishi edi xolos. Oradan atigi 2 yil o‘tib, 2016 yilda Gruziyaning Tbilisi shahrida bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ajoyib natija qayd etdi – dast ko‘tarishda 170 kg, siltab ko‘tarishda esa 203 kg toshni bo‘ysundirib, musobaqaning oltin medalini o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

“O‘sha lahzada eng oliy mukofotlar uchun ham da’vogarlik qila olishim mumkinligini tushunib yetdim. Bungacha shunchaki shug‘ullanardim, murabbiyimning topshiriqlarini bajarardim. Biroq Tbilisida o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchim ortdi”.

2017 yilda Yaponiya poytaxti Tokio shahrida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 19 yoshli Farhodbek Sobirov o‘zbek og‘ir atletikasi tarixidagi yorqin natijalardan birini ko‘rsatdi. 94 kg vazn toifasida qatnashgan Farhodbek umumiy hisobda 390 kg og‘irlikni bo‘ysundirdi va shaxsiy rekordini yangiladi. Uning natijalari ayrim olimpiyachilarnikidan ham o‘zib ketib, kuchli sportchi sifatida xalqaro darajada e’tirofga sazovor bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

Bu ko‘rsatkich ko‘plab tajribali sportchilar, jumladan, 2016 yilda Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan Olimpiadada siltab ko‘tarishda 160 kg natija ko‘rsatgan amerikalik og‘ir atletikachi Kendrik Farrisnikidan ham yuqori edi.

“O‘zbekistonlik Kendrik Farris” yoxud xalqaro e’tirof

E’tiborlisi, u Olimpiya chempioni Kendrik Farrisni ortda qoldirgandi. Farris Rio-2016 Olimpiadasida siltab ko‘tarishda 197 kg va umumiy 357 kg natija qayd etgandi.

Farhodbek hali yosh bo‘lishiga qaramay, Olimpiya o‘yinlari g‘olibidan 33 kg ko‘proq vaznni bo‘ysundirgandi. Bu og‘ir atletika olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘ldi, ekspertlar uni kelgusida kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatining potensial g‘olibi sifatida ko‘ra boshlashdi.

Ushbu chiqishidan so‘ng xalqaro sport nashrlari o‘zbek og‘ir atletikachisining shiddat bilan o‘sib borayotganini e’tirof eta boshlashdi.

Jumladan, Amerikaning The Barbell Spin portali quyidagicha yozdi: “Farhodbek Sobirov 19 yoshida Olimpiadadagi Kendrik Farrisdan ko‘proq vazn ko‘tardi!”

Albatta, bunday muvaffaqiyat e’tibordan chetda qolmadi, xorijiy sport klublarida katta qiziqish uyg‘otdi. Mazkur musobaqadan keyin u bir necha xalqaro tashkilotlardan takliflar oldi va yirik musobaqalarda o‘zini ko‘rsatish uchun faoliyatini AQSHda davom ettirishga qaror qildi.

Nega aynan AQSH?

Jahon arenalaridagi yorqin chiqishlaridan so‘ng, Farhodbek kutilmagan qaror qabul qildi – u AQSHga ko‘chib o‘tdi. Bu ko‘pchilikni hayron qoldirdi. Karyera zo‘r ketyapti, yurtdoshlarining olqishlari, davlatning qo‘llab-quvvatlovi – axir, sportchiga bundan ortiq yana nima kerak bo‘lishi mumkin?

Farhodbekning o‘zi esa bu qarorini quyidagicha izohlaydi:

“Men bu yerda kelajak rejalarimni amalga oshirish, sportning og‘ir atletika yo‘nalishiga o‘z hissamni qo‘shish va uni yanada ommalashtirish uchun zarur barcha imkoniyatlarni ko‘rdim. Sportning bu yo‘nalishida o‘zbek maktabining ham alohida o‘rni bor deb bilaman va uni butun dunyoga yoyish uchun Amerika eng qulay mamlakat”.

AQSHda sportchilarga katta resurslar, zamonaviy mashg‘ulot bazalari va nisbatan yuqori gonorar beriladi. Bu yerda nafaqat musobaqalarda qatnashish, balki o‘z tajribasini yosh avlodga o‘rgatish imkoniyati bor. Bundan tashqari, AQSH moliyaviy barqarorlik imkoniyati bilan ham sportchilarni o‘ziga jalb qiladi.

“O‘zbekistonda sport ko‘proq ishtiyoq va fidoyilik bilan bog‘liq. AQSHda esa o‘zing sevgan ishing bilan shug‘ullanib, shu bilan birga o‘zingni himoyalangan his qilishing mumkin. Bu juda muhim omil, ayniqsa, kelajak haqida qayg‘ursangiz”.

Kelajak rejalari

Farhodbek Sobirov sportdagi karyerasini davom ettiribgina qolmay, bir vaqtning o‘zida yoshlar orasida og‘ir atletikani ommalashtirishga hissa qo‘shib kelyapti. Hozirda AQSHdagi yetakchi sportzallardan biri bilan shartnoma imzolash arafasida. Bu yerda u mashg‘ulotlar olib borish va yangi musobaqalarga tayyorlanishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, turli sport tashkilotlari bilan kelgusidagi hamkorlik loyihalari yuzasidan muzokaralar olib bormoqda.

Uning istiqboldagi rejalarida og‘ir atletika bo‘yicha shaxsiy maktabini ochish va bo‘lg‘usi chempionlarni tarbiyalash niyati ham bor.

“Men nomimni nafaqat erishgan g‘alabalarim tufayli, balki sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissam bilan ham eslashlarini xohlayman. Istagim shuki, zalga kelayotgan bolalar doimo yodda tutishsin – agar astoydil mehnat qilsang, albatta muvaffaqiyatga erishasan”.

Farhodbek o‘zidagi bilim va tajriba kuchli sportchilarning yangi avlodini shakllantirishga yordam berishiga ishonadi. AQSHdagi shartnomasi esa unga nafaqat musobaqalarda ishtirok etish, balki iqtidorli atletlar bilan o‘z tajribasini bo‘lishish imkoniyatini ham beradi.

Saidaziz A’zamov suhbatlashdi

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:02, 16.02.2025. O'qildi: 1449 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ўзбекистон Muhammadali O‘rinboyev 3
2 Эрон Ismoil G‘olizoda 3
3 Австралия Deniyel Benniye 2
4 Австралия Luka Yovanovich 2
5 Австралия Musa Ture 2
6 Хитой Kuay Ji Ven 2
7 Хитой Ju Peng Yu 2
8 Қатар Muhammad Xolid 2
9 Саудия Арабистони Saad Haqoviy 2
10 Жанубий Корея Kim Te-Von 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.