O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida "Navbahor" Olmaliqda OKMK jamoasi mehmoni bo‘ladi.
Ikki klub shu kunga qadar milliy chempionat doirasida 37 marta o‘zaro to‘qnash kelgan. Ularning 16 tasida OKMK, 10 tasida "Navbahor" g‘alaba qozongan. Yana 11 ta uchrashuv durang bilan yakunlangan.
O‘zaro bahslardagi to‘plar nisbati 50:48 hisobida olmaliqliklar foydasiga. Jamg‘arilgan ochkolar bo‘yicha ham OKMK ustun — 59 ochko. "Navbahor" esa 41 ochko to‘plagan.
Qarama-qarshilik tarixi 2008 yildan boshlangan
Jamoalarning Superliga, avvalgi oliy liga doirasidagi ilk uchrashuvi 2008 yilda bo‘lib o‘tgan. Namanganda o‘tkazilgan dastlabki bahsda "Navbahor" 2:0 hisobida g‘alaba qozongan. Olmaliqdagi javob uchrashuvi esa 1:1 hisobida yakunlangan.
Jamoalarning o‘zaro barcha o‘yinlari natijalari:
2008 yil
“Navbahor” - OTMK - 2:0 (1:0)
Gollar: SH.Mirxoldirshoyev (25), D.Hojiyev (85).
OTMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: SH.Mullajonov (66) - SH.SHaripov (10).
2009 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:0
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:0 (1:0)
Gollar: S.Usmonxo‘jayev (27), B.Haydarov (72-pen.).
2010 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (0:0)
Gollar: I.Ergashev (64), M.Mamazulumov (85) - G‘.Jo‘rayev (51).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: N.Otaqo‘ziyev (68).
2011 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 0:1 (0:0)
Gol: Z.Pirimov (80).
“Olmaliq” – “Navbahor” - 0:3 (0:1)
Gollar: A.Sultonov (42,67), A.Abdullayev (88).
2012 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 1:0 (1:0)
Gol: A.Vostrikov (7).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:0)
Gollar: S.Hamidov (8,20), J.Irismetov (60) - S.Berdiyev (74).
2013 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:4 (1:1)
Gollar: SH.Erkinov (6), D.Turopov (52), YE.Gogol (81) - A.Bahriddinov (28,54), R.Ahmedov (67,70).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 1:3 (1:3)
Gollar: S.Hamidov (5) - O.Jo‘raboyev (23), S.SHoahmedov (32,35).
2014 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:1 (2:1)
Gollar: B.YOqubov (36), SH.Erkinov (39,63) - SH.Hakimov (28).
“Olmaliq” – “Navbahor” - 3:1 (1:1)
Gollar: A.Isroilov (6),S.SHoahmedov (52,83) - SH.Erkinov (31).
2015 yil
“Navbahor” – “Olmaliq” - 2:2 (1:1)
Gollar: SH.Erkinov (38,68) - SH.Salomov, (45+2), A.Omonov (59).
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (1:0)
Gollar: S.Quttiboyev (5,65) - D.Jabborov (69).
2016 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” - 2:1 (2:0)
Gollar: A.Omonov (4), F.Tojiyev (22) - A.Rajabov (71).
“Navbahor” – “Olmaliq” - 3:3 (0:2)
Gollar: A.Abdullayev (47), I.Isoqjonov (49), A.Mahmudov (72) - X.Muxtorov (7), M.Isayev (28), A.Amanov (50).
2017 yil
“Olmaliq” – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: S.Rixsiboyev (13), I.Elich (89) – O.O‘runov (90).
“Navbahor” – “Olmaliq” – 1:1 (0:0)
Gollar: N.Yovanovich (83) – SH.Mullajonov (90+2).
2018 yil
AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:0)
Gollar: Z.Polvonov (82) – A.Turg‘unboyev (50), D.Jabborov (90+2).
“Navbahor” – AGMK – 1:0 (1:0)
Gol: D.Stanoyevich (15).
2019 yil
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: SH.Norbekov (90+3) – A.Kasyan (7).
“Navbahor” – AGMK – 0:1 (0:1)
Gol: Z.Polvonov (41).
2020 yil
AGMK – “Navbahor” - 1:1 (0:1)
Gollar: Y.Jokich (90+2) – A.Turg‘unboyev (22).
“Navbahor” – AGMK – 0:0
2021 yil
AGMK – “Navbahor” – 2:1 (1:1)
Gollar: S.Tursunov (26-pen.), SH.Gadoyev (71) – S.Stoyanovich (44-pen.).
“Navbahor” – AGMK – 0:0.
2022 yil
AGMK – “Navbahor” – 1:2 (0:1)
Gollar: SH.Gadoyev (49) – J.Iskanderov (11), Z.Marushich (81).
“Navbahor” – AGMK – 3:1 (1:0)
Gollar: J.Iskanderov (11-pen.), D.Abdumannopov (53), Y.Jokich (77) – M.Mirahmadov (82).
2023 yil
OKMK – “Navbahor” – 2:1 (0:0)
Gollar: SH.Jo‘rabekov (64-avtogol), R.Sanches (75) – J.Iskanderov (57-pen.).
“Navbahor” – OKMK – 0:0
2024 yil
“Navbahor” – OKMK – 1:1 (1:1)
Gollar: T.Tabatadze (11) – S.Rahmanov (18).
OKMK – “Navbahor” – 2:1 (1:0)
Gollar: Kleydi Datsi (18), Mixael Klepach (90+7)-Filip Ivanovich (74)
2025 yil
“Navbahor” – OKMK – 3:0 (2:0)
Gollar: Zabihillo O‘rinboyev (6), Gilerme Gedesh (35), Pedro (90+6)
OKMK – “Navbahor” – 3:1 (3:0)
Gollar: Ali Abdurahmonov (27), Ruben Sanches (28), Nodirbek Abdurazzoqov (40) - Zabihillo O‘rinboyev (81)
2026 yil
“Navbahor” – OKMK - 2:3 (2:1)
Gollar: Ruslanbek Jiyanov (8), Husayn Norchayev (31) - Hazratjon Tursunqulov (20), Ali Abdurahmonov (82), Arixiro Sentoku (90+4).
Olmaliqdagi bahslarda ham OKMK oldinda
Jamoalar Olmaliqda 18 marta to‘qnash kelgan. Ushbu uchrashuvlarning 11 tasida mezbonlar g‘alaba qozongan bo‘lsa, "Navbahor" 4 marta zafar quchgan. Yana 3 ta bahsda g‘olib aniqlanmagan.
Olmaliqdagi o‘zaro uchrashuvlarda to‘plar nisbati 31:23 hisobida OKMK foydasiga.
Birinchi davrada OKMK g‘alaba qozongan
Joriy mavsumning birinchi davrasida jamoalar Namanganda to‘qnash kelgan va OKMK 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.
O‘sha bahsda "Navbahor" safidan Ruslanbek Jiyanov va Husayn Norchayev gol urgan. OKMKning gollariga esa Hazratjon Tursunqulov, Ali Abdurahmonov va Arixiro Sentoku mualliflik qilgan.
Eslatib o‘tamiz, OKMK — "Navbahor" uchrashuvi 11 oktyabr kuni Olmaliqdagi OKMK sport majmuasida soat 16:00 da boshlanadi.