«Roma» hujumchisi Doniell Malen «Aston Villa»ni tark etish sabablari hamda Rim klubi bosh murabbiyi Jan Pyero Gasperini bilan ishlash jarayoni haqida gapirdi.
Futbolchi Corriere dello Sport nashriga bergan intervyusida Angliya klubidan ketish qarorini shaxsan o‘zi qabul qilganini ta’kidladi.
Malen 2026 yil yanvar oyida ijara asosida «Roma»ga o‘tgan, mavsum yakunlanganidan so‘ng esa rimliklar uning transfer huquqini 25 million yevroga sotib olgan edi.
«Men o‘ynashni, har hafta maydonga tushishim va muhim rol o‘ynashim mumkin bo‘lgan jamoaning bir qismi bo‘lishni istardim.
O‘sha paytda o‘zimni muhim futbolchi sifatida his qilmaganman. Shuning uchun to‘g‘ri qaror qabul qilganman, deb hisoblayman.
Hozir esa o‘zimni kerakli joyda ekanimni va atrofimda to‘g‘ri insonlar borligini his qilyapman», — dedi Malen.
Niderlandiyalik hujumchi Gasperinining futbolchilar bilan ishlash uslubini ham yuqori baholadi.
«U sizga hech qachon yolg‘on gapirmasligini bilasiz. Ba’zan uning mashg‘ulotlari haqiqatan ham juda og‘ir kechadi», — deya ta’kidladi futbolchi.
Malen joriy mavsum Italiya A Seriyasida beshta uchrashuvda maydonga tushib, oltita gol urdi.
Umumiy hisobda esa niderlandiyalik hujumchi «Roma» safida 26 ta o‘yinda 21 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan.