Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 13.10.2026 00:00
      • Koventri Siti
      • 4:1
      • Nyukasl
  • La-liga
      • 13.10.2026 00:00
      • Levante
      • 3:3
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 13.10.2026 12:45
      • Nyukasl Jets
      • 1:3
      • Gamba Osaka
      • 13.10.2026 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:1
      • Tejon Hana Citizen
      • 13.10.2026 15:00
      • Poxang Stilers
      • 0:2
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 13.10.2026 15:00
      • Kyoto Sanga
      • 1:0
      • Ratchaburi
      • 13.10.2026 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 0:1
      • Kashima Antlers
      • 13.10.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 0:1
      • Beyjing Guoan
      • 13.10.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 0:2
      • Al-Hilol
      • 13.10.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • 1:2
      • Shabab al-Ahli
  • ECHL
      • 13.10.2026 21:45
      • Sabah
      • 2:0
      • Slaviya
      • 13.10.2026 21:45
      • Lans
      • 0:2
      • Sporting
      • 13.10.2026 23:59
      • Galatasaroy
      • 1:4
      • Barselona
      • 13.10.2026 23:59
      • Atletiko
      • 2:0
      • Man. Yunayted
      • 13.10.2026 23:59
      • Arsenal
      • 3:0
      • Lill
      • 13.10.2026 23:59
      • Vilyarreal
      • 3:1
      • Napoli
      • 13.10.2026 23:59
      • Inter
      • 3:4
      • Bryugge
      • 13.10.2026 23:59
      • RB Leypsig
      • 1:0
      • PSV
      • 13.10.2026 23:59
      • Viking
      • 3:3
      • Bavariya
«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Ayn 2 6
2 Istiqlol 2 6
3 Al-Hilol 2 6
4 Shabab al-Ahli 2 6
5 Al-Ahli (SA) 2 4
6 Al-Qodisiya 2 4
7 Neftchi 2 3
8 An-Nasr (SA) 2 3
9 Paxtakor 2 2
10 Ash-Shamol 2 2
11 Al-Ittihod 2 1
12 Traktor 2 1
13 Al-G‘arafa 2 0
14 Al-Vasl 2 0
15 Al-Quva al-Javiya 2 0
16 As-Sadd 2 0

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Kashima Antlers 2 6
2 Gamba Osaka 2 6
3 Beyjing Guoan 2 6
4 Shangxay Port 2 4
5 Johor Dorul Ta'zim 2 4
6 Tejon Hana Citizen 2 4
7 Chonbuk Motors 1 3
8 Vissel Kobe 1 3
9 Kyoto Sanga 2 3
10 Buriram Yunayted 2 1
11 Kashiva Reysol 1 0
12 Port 1 0
13 Ratchaburi 2 0
14 Kongan Hanoi 2 0
15 Poxang Stilers 2 0
16 Nyukasl Jets 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
2-тур Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
2-тур Traktor 0-0 Ash-Shamol
2-тур An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
2-тур Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
2-тур Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
2-тур Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
2-тур Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
2-тур Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
2-тур Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
2-тур Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
2-тур Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
2-тур As-Sadd 0-2 Al-Hilol
2-тур Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2433 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2704 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины.
      10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      13:35 LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины.
      17:20 LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал.
      00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bundesliga-2022/23 yakuni: Cho‘kmas «Bavariya» va bostirilgan «Borussiya»...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Germaniya chempionati elit ligasida mavsum-2022|2023 chindan ham, g‘ayrioddiy tus oldi. Aslida start chizig‘ida chempionlik poygasi «intriga»dan xoli o‘tishi taxmin qilingan edi. Amalda «Bavariya»ning tez-tez ko‘zda tutilmagan yo‘qotishlarga yuz tutgani kurash taftini keskin oshirib yubordi, faqat «Borussiya» D. yakunda dongdor raqibning «bo‘sh»ligidan foydalanolmadi. Umuman, chempionatda boshqa e’tiborga molik voqealar ham yetarlicha kuzatildi.

Mavsumning eng yaxshi jamoasi - «Bavariya». Ko‘pchilik Myunxen klubi chempionlik unvonini asossiz ravishda ilib ketgani haqida tinmay va’z o‘qishi mumkin, ammo aslida bunday xulosa o‘rinli emas. Ha, «Bavariya» bu safar «Kumush tovoq»ni so‘nggi tur o‘yinining so‘nggi daqiqasida urgan goli evaziga o‘z tomoniga og‘dirdi. Lekin bunda qanday adolatsizlik bor? Dortmund «Borussiya»sining vujudga kelgan zo‘r imkoniyat qadriga yetmagani esa - boshqa masala. Qolaversa, «rekordmayster» Bundesligada urilgan (92ta) va qo‘yib yuborilgan (38ta) gollar, to‘pni nazorat qilish (61 foiz) va yakkakurashlardagi ustunlik (3841ta), qo‘yingki, barcha muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha eng yaxshi statistikaga erishdi. Qisqasi, raqamlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlarga qarasak, «Bavariya»ning navbatdagi chempionlik marrasi ham tasodifiy emasligi oydinlashadi.

Eng yaxshi to‘purarlar - Niklas Fyullkrug, Kristofer N~Kunku. Nufuzli individual sovrin bu safar ikki goleador mulkiga aylandi. Faqat bitta farqi shuki, «Verder»ning germaniyalik yetakchisi Niklas Fyullkrug raqiblar darvozasini 16 marta nishonga olish uchun chempionat doirasida 28 marta maydonga tushgan bo‘lsa, «RB Leypsig» yarim himoyachisi Kristofer N~Kunku kamroq o‘yin sarfladi. Ya’ni fransiyalik hujumkor futbolchiga 25ta uchrashuv kifoya qildi. To‘purarlar poygasida shuningdek, «Ayntraxt» vakili Randal Kolo-Muani va «Frayburg» hujumchisi Vinchenso Grifo ham oxirigicha kurashishdi, faqat ular yakunda yetakchilardan 1ta gol darajasida ortda qolishdi. Aytish kerak, N~Kunku «RB Leypsig» bilan xayrlashdi va yangi mavsumni «Chelsi»da boshlaydi. Ehtimol, bu holat Bundesligada to‘purar bo‘lishga da’vogarlar bahsiga qo‘shimcha shiddat bag‘ishlar, to‘g‘ri, agar «Bavariya» yozda o‘z tarkibiga «yangi Levandov­ski» qo‘shib olmasa...

Eng yaxshi assistent - Rafael Gerreyru. Dortmund «Borussiya»sining portugaliya­lik himoyachisi chempionat davomida 12ta samarali uzatma to‘pladi. Kolo-Muaniga bu yo‘nalishda ham atigi 1 ochko yetishmadi - fransiyalik legio­ner 11ta assist marrasida to‘xtadi. Jamol Musiala («Bavariya») va Florian Kayns («Kyoln») esa 10tadan gol hammualifi bo‘lib, assistent­lar ro‘yxatida kuchli uchlikdan joy olishdi. Rafael Gereyruga alohida to‘xtalsak, u «Borussiya»dan ketishga ulgurdi. Portugaliyalik legioner oldida variantlar ko‘p edi va u «Bavariya»ga o‘tish asnosida Bundesligada qolishni ma’qul ko‘rdi. Tabiiyki, bu «arilar» uchun jiddiy yo‘qotish hisoblanadi.

Eng yaxshi darvozabon - Mark Flekken. Uncha tanilmagan kiperning haqli g‘alabasi. Binobarin, «Frayburg» darvozaboni 13ta o‘yinda gol qo‘yib yubormay, jamoasi natijalariga katta hissa qo‘shdi. Keyingi o‘rinda 12ta «quruq» o‘yin to‘plagan «Volfsburg» vakili Kun Kastels. Kiperlar orasida 3-yaxshi natija esa Gregor Kobel («Borussiya» D.) va Frederik Rennov («Union»)ga tegishli - 11tadan «quruq» o‘yin. Alohida ta’kidlash kerak, Mark Flekkenning ishonchli harakatlari hisobiga «Frayburg» 2-marta YELda qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi. Biroq jamoa endi uning xizmatidan foydalanolmaydi - niderlandiyalik kiper yangi mavsumni «Brentford»da boshlaydi. APL vakili Mark transferiga 13 mln. yevro to‘ladi.

Mavsum taraq-qiyoti - «Union». Bundesligada 2019 yili debyut qilgan Berlin klubi tobora yuqoriga ko‘tarilmoqda. Elit ligadagi dastlabki mavsumni 11-o‘rinda yakunlagan «Union» 1 yildan so‘ng 7-pog‘onani band etgandi. 2020|2021 yillar mavsumida esa «xalq jamoasi» mavsumni 5-o‘rinda yakunlab, o‘z tarixida ilk marta YEL yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Mana, «Union» yakunlangan mavsum kuchli kvartetdan joy oldi va endi CHLdagi debyutga shaylanmoqda. Qolaversa, berlinliklar Bundesliga ikkinchi davrasida chempionlikka ham da’vogarlik qilishdi. Tabiiyki, bu yaqindagina elitaga ko‘tarilgan jamoa uchun jiddiy taraqqiyotdir.

Mavsum shiddati - «Ba­yer». Leverkuzen klubida Xabi Alonso ish boshlaganidan ke­yin keskin siljish kuzatilganini alohida ta’kidlash kerak. «Bayer» rahbariyati Bundesliga bilan yaxshi tanish, lekin top-chempionatlarda ishlash tajribasi yo‘q yosh murabbiyga ishonch bildirib, katta tavakkalga qo‘l urgandi. O‘zi jamoada boshqa yo‘l ham qolmagandi. Zero, «dorishunoslar» o‘tgan yilning oktyabrida chuqur inqiroz holatiga tushdilar. Amalda ispaniyalik mutaxassis bir urinishda barchasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘ydi va «Bayer»ni jadval tubidan 7-pog‘onaga ko‘tardi. Bundan tash­qari, «dorishunoslar» Alonso boshqaruvida YEL yarim finaliga ham chiqishdi. Shu tariqa Alonso nomdor jamoalar e’tiboriga tushdi. To‘g‘ri, uning o‘zi yaqinda faoliyatini hali «Bayer»da davom ettirishini ma’lum qildi.

Mavsum omadsizi - «Borussiya» D. Bu masalada bosh­qa variantni ko‘rsatish mumkin emas. Axir «Borussiya» shundoq qo‘lida turgan chempionlikni berib qo‘ydi - chinakam omadsizlik. Axir «Bavariya» so‘nggi yillardagi eng yomon mavsumlaridan birini o‘tkazdi - murabbiylar almashuvi, kelishmovchiliklar, o‘yin sifatining pasayishi, rahbariyatga bog‘liq iste’folar... Bularning barchasi «arilar» uchun cheksiz imkoniyatlar yaratgandi. Qo‘shimchasiga, «Borussiya» oxirgi turdan oldin «rekordmayster»dan 2 ochko ilgarilab ketgan va finishda motivasiyasi qolmagan «Mayns»ni yengsa, chempion bo‘lardi. Biroq «arilar» 25-daqiqaga qadar 2ta gol  qo‘yib yuborib, oddiy ko‘ringan vazifani o‘ta murakkablashtirishdi. Yakunda «Borussiya» muvozanatni tikladi, ammo g‘alaba golini urishiga vaqt qolmadi. «Bavariya» esa so‘nggi o‘yinni sehr­li tarzda o‘z foydasiga hal qilish asnosida to‘plar nisbati bo‘yicha chempionlikni ilib ketdi. Yangi mavsum natijalarini oldindan taxmin qilish qiyin. Lekin Dortmund klubining salkam 100 foizli imkoniyatni boy berganiga guvoh bo‘lgan muxlislar uzoq vaqt afsuslanishlari tayin. «Bavariya» esa rahbariyatdagi o‘zgarishlarni yakuniga yetkazadi, tarkibni kuchaytiradi va Tomas Tuxel rahbarligida yangi mavsum tayyorgarligini talab darajasida o‘tkazadi katta ehtimol.

BUNDESLIGA-2022|2023 YAKUNI

Chempion: «Bavariya»

CHLga yo‘llanma: «Bavariya», «Borussiya» D., «RB Leypsig», «Union»

YELga yo‘llanma: «Fray-burg»

KLga yo‘llanma: «Bayer»

Bundesliga 2ga qulash: «Shalke», «Gerta» («Shtutgart» «pley-off» o‘yini orqali o‘z o‘rnini saqlab qoldi)

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 12:38, 05.07.2023. O'qildi: 1358 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик