Bugun 26 oktyabr, 2025 yil, yakshanba.

  • APL
      • 25.10.2025 00:00
      • Lids
      • 2:1
      • Vest Xem
      • 25.10.2025 19:00
      • Chelsi
      • 1:2
      • Sanderlend
      • 25.10.2025 19:00
      • Nyukasl
      • 2:1
      • Fulhem
      • 25.10.2025 21:30
      • Man. Yunayted
      • 4:2
      • Brayton
      • 26.10.2025 00:00
      • Brentford
      • 3:2
      • Liverpul
      • 26.10.2025 19:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 26.10.2025 19:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 26.10.2025 19:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 26.10.2025 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Byornli
      • 26.10.2025 21:30
      • Everton
      • -:-
      • Tottenhem
  • La-liga
      • 25.10.2025 00:00
      • Real Sosyedad
      • 2:1
      • Sevilya
      • 25.10.2025 17:00
      • Jirona
      • 3:3
      • Real Ovyedo
      • 25.10.2025 19:15
      • Espanyol
      • 1:0
      • Elche
      • 25.10.2025 21:30
      • Atletik Bilbao
      • 0:1
      • Xetafe
      • 26.10.2025 00:00
      • Valensiya
      • 0:2
      • Vilyarreal
      • 26.10.2025 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Levante
      • 26.10.2025 20:15
      • Real Madrid
      • -:-
      • Barselona
      • 26.10.2025 22:30
      • Osasuna
      • -:-
      • Selta
      • 27.10.2025 01:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Alaves
  • Superliga
      • 25.10.2025 16:30
      • Sho‘rtan
      • 0:2
      • Neftchi
      • 25.10.2025 19:00
      • Qo‘qon-1912
      • 2:0
      • Navbahor
      • 26.10.2025 16:30
      • OKMK
      • 1:1
      • Nasaf
      • 26.10.2025 18:30
      •   Bunyodkor
      • 0:0
      • Mash’al
      • 27.10.2025 18:30
      • Surxon
      • -:-
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 25.10.2025 18:00
      • Parma
      • 0:0
      • Komo
      • 25.10.2025 18:00
      • Udineze
      • 3:2
      • Lechche
      • 25.10.2025 21:00
      • Napoli
      • 3:1
      • Inter
      • 25.10.2025 23:45
      • Cremonese
      • 1:1
      • Atalanta
      • 26.10.2025 16:30
      • Torino
      • 2:1
      • Jenoa
      • 26.10.2025 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Roma
      • 26.10.2025 19:00
      • Verona
      • -:-
      • Kalyari
      • 26.10.2025 22:00
      • Fiorentina
      • -:-
      • Bolonya
      • 27.10.2025 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Yuventus
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 26 57
2 Neftchi 26 57
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 25 47
5 Bunyodkor 25 43
6 OKMK 26 41
7 Navbahor 26 37
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Qo‘qon-1912 26 29
11 Andijon 24 28
12 Surxon 25 25
13 Xorazm 26 24
14 Buxoro 26 24
15 Mash’al 25 23
16 Sho‘rtan 26 12

O'tgan o'yinlar.

26-тур Xorazm 0-1 Paxtakor
26-тур Buxoro 2-0 So‘g‘diyona
26-тур Qizilqum 2-0 Dinamo
26-тур Sho‘rtan 0-2 Neftchi
26-тур Qo‘qon-1912 2-0 Navbahor
26-тур OKMK 1-1 Nasaf
26-тур Bunyodkor - Mash’al

Navbatdagi o'yinlar.

26/10/25 Bunyodkor - Mash’al
27/10/25 Surxon - Andijon

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 7543 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2773 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APLda o‘ynagan Li Te 20 yilga "kesildi"

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Xitoyda 41ta klub kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etdi. Asosiy ishtirokchi 1 mlrd. rubllik kelishuvlarni amalga oshirdi.

Poralarning o‘ziga qariyb 16 mln. yevro sarflangan. «Everton» va Xitoy terma jamoasining sobiq o‘yinchisi Li Te murabbiy sifatida futbolchilarni chaqirib bergani uchun pora olganligiga iqror bo‘ldi. Xavbek navqiron Ueyn Runi nur socha boshlagan davrda APLda to‘p surgan, lekin saviyasi talab darajasida bo‘lmagani sababli, Angliyani tark etgandi. Biroq o‘z vatanida Te terma jamoaning asosiy o‘yinchisi maqomida 92 marta maydonga tushgandi. Futbolchilik faoliyatini yakunlagach, u bosh murabbiylarning yordamchisi lavozimida ishladi.

Jumladan, Li Te Xitoy terma jamoasida Marchelo Lippiga assistent rolida yordam bergan, lekin muvaffaqiyat qozona olmagandi. Keyinchalik uning o‘zi bosh murabbiy lavozimini egalladi. Endi sud uni pora olgani uchun 20 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Ayblovchilar umrbod qamoq jazosini talab qilishgan, chunki gap qiymati 120 mln. yuan bo‘lgan 100dan ortiq qoidabuzarliklar haqida edi. Avvaliga Te hammasini tan oldi, kelishilgan o‘yinlarda pora bergani va olganini, o‘rtachi bo‘lganini ham. Milliy terma jamoaning bosh murabbiyi bo‘lish uchun amaldorlarni pora evaziga o‘z tomoniga og‘dirib olgan, hatto sardorlik bog‘ichiga ham pul tufayli ega bo‘lgandi. Keyinchalik Li Te ayrim ma’lumotlarni inkor etdi. Umrbod qamoq jazosini 20 yil bilan almashtirishdi. Xitoyning sud tizimini namunali, deb bo‘lmaydi. Li Te uyushgan to‘daning vakili edi. Mamlakat futbolining sobiq rahbari Chun Suan 10,5 mln. yevro pora olgani uchun umrbod qamoq jazosini olgandi. Vise-prezident Li Yuyi esa 11 yilga hukm qilindi, uning qilmishlari jiddiy emasdi. Shuncha kelishilgan o‘yinni tashkil etish bir kishining o‘zi uchun og‘irlik qilishi aniq. Modomiki, hatto futbolda ham davlat mablag‘larini o‘zlashtirib, keyin haromxo‘r sheriklari bilan bo‘lishib oladigan mirishkor topilgan ekan, Xitoydagi bugungi kommunistik tuzum eng yorqin jamiyat emas. 41ta klub ishtirokida kamida 120ta kelishilgan uchrashuv o‘tkazildi. Keyin ulkan bazmi-jamshid o‘tkazishdi.

Sluskiy Xitoydagi ilk mavsumida chempionlik unvonini qo‘ldan chiqardi

Rossiyalik murabbiy Xitoyda faoliyat yuritayotganidan ko‘pchilik xabardor, albatta. U o‘rtamiyona jamoani qabul qilib, o‘sha mavsumning o‘zida Xitoy Superkubogini qo‘lga kiritgandi. Keyingi mavsumda Leonid Viktorovich shogirdlari butun mavsum davomida turnir jadvalida peshqadamlik qilishdi. Biroq yakunda Sluskiyga «Shanxay Shenxua» bilan «Bayer»dagi bahorgi natijani takrorlash nasib etmadi. Taqdir taqozosi bilan, uning jamoasi oxirgidan oldingi turda autsayder bilan durangga imzo chekdi va «Shanxay Port»dan 1 ochkoga ortda qoldi. Ehtimol, Artyom Zyuba assistlar bo‘yicha Loskovning rekordini ag‘darish ishqida «Ak-ron»ga o‘tmay, Xitoyga yo‘l olganida, hammasi o‘zgacha bo‘lishi mumkin edi. Sluskiyga so‘nggi turlarda saviyali yetakchilar yetishmadi. G‘alabani ilib ketgan «Shanxay Port» Oskar bilan xayrlashdi. «Chelsi»ning sobiq o‘yinchisi Xitoydagi 7 yillik faoliyati mobaynida 175 mln. yevro ish haqi oldi.

Xitoy futboli katta janjallari bilan mashhur

Poraxo‘rlik o‘n yilliklar davomida to‘xtamaganligini u yerdagilar yashirishmaydi. Kelishilgan o‘yinlar muntazam ravishda bo‘lib turadi. Bir tomondan, FIFA bu qing‘irliklarga umuman befarq, Blatterning o‘zini poraxo‘rlik uchun sud qilishgan. Bosh-qa tomondan, bu borada Osiyo futboli Yevropadan keskin farq qiladi. Masalan, Italiya mafiyasiga 2 mln. bergan Buffon oqlandi va hech narsa bo‘lmagandek yashamoqda. Osiyolik fanatlar esa bu illatga mubtalo bo‘lishgan.

Futboldagi ommaviy poraxo‘rlik - partiya rahbariyatining sohani rivojlantirish g‘oyasidan sovib qolishgani sabablaridan biri. Hammasini pul hal qiladigan sharoitda sohani tiklash qiyin. Xorijlik futbolchilarning Xitoy chempionatida millionlarni olayotgani o‘z-o‘zidan mahalliy o‘yinchilarning ish haqini oshirib yubordi. O‘zini superyulduz sifatida his etadigan, lekin ishlashni istamaydigan xitoylik sportchilarning fe’l-atvoridan juda ko‘p murabbiylar shikoyat qilishgandi. Sentyabr oyida 128 kishini jazoladilar, futbolda 38 nafar futbolchi va 3 nafar terma jamoaning sobiq o‘yinchilari bir umrga diskvalifikasiya qilindi. Mazkur ishga aloqador bo‘lgan 5 nafar legionerni 5 yilga futboldan chetlatishdi. Lekin taniqli futbol amaldorlari va terma jamoaning sobiq bosh murabbi-yini jazolash bilan quyi pog‘onalardagi poraxo‘rlarni tiyib bo‘lmaydi. Axir 41ta klubda o‘ynagan futbolchilar soni 38 nafar emasda.

Agar hammasi Osiyoning noqonuniy ganaklar bozori qanoti ostida korrupsiya va kelishilgan o‘yinlar bilan to‘yingan bo‘lsa, nomdor futbol amaldorlarini safdan chiqqani umumiy vaziyatga ta’sir ko‘rsata olmaydi. Bandalar sarkorlari Xitoyda emas. Davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘ning qisqartirilishi hech narsani o‘zgartirmaydi. Aksincha, inqiroz davrida firibgarlar faollashib qoladilar. Ommaviylik va qat’iy intizomga asoslangan harbiy ta’lim, ya’ni, Xitoyga xos yondashuv futbolda kutilgan natijani bermadi. Xitoyda gimnastikadan snukergacha bo‘lgan yakka tartibdagi barcha sport turlarida tayyorgarlik talab darajasida. Jamoaviy o‘yinlarda esa bu ancha nozik va murakkab yumush. Xitoyliklar futbolda hanuzgacha yuksak saviyani namoyish eta olmayaptilar. Oxirgi Osiyo Kubogi turnirida milliy terma jamoa Tojikistonni oldinga o‘tkazib yubordi va guruhdan chiqa olmadi. Oskarga ichki chempionatda milliardli biznesni boshlashga yetadigan boylikni berib, keyin bu qilmishlaridan hafsalalari pir bo‘ldi.

Hozirda JCH-2034ga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida keng ko‘lamdagi bunyodkorlik ishlarini boshlab yuborgan saudiyalik mutasaddilarga aytilganidek, bir paytlar xitoyliklarga ham izhor etilgandi.

Futbolda barcha masalalarni pul bilan hal qilib bo‘lmaydi. Unga ko‘proq erkinlik, raqobat va adolat kerak. Xitoyda bozorni ishga tushirishmadi. Sobiq murabbiy va futbol amaldorlari qamoqxonadan joy oldilar. Ularning poraxo‘r ekanliklariga hech kim shubha qilmaydi. Bunday tuzumni butunlay yo‘q qilish uchun, siyosiy arboblar va polisiya xizmatchilari befarq bo‘lmasliklari lozim. Biroq ularga hech kim qo‘l tegizgani yo‘q.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:57, 05.01.2025. O'qildi: 2712 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Braziliya — futbol bo'yicha barcha JCHlarida ishtirok etgan yagona davlat.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Бунёдкор Imeda Ashortia 7
10 Машъал Humoyun Murtazoyev 7

Suratli so'rovnoma

Bugun «el-klasiko»:

REAL MADRID
234
50.9%
BARSELONA
226
49.1%

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.