Toshkentning «Paxtakor» klubi Saudiya Arabistonining «Al-Qodisiya» jamoasiga qarshi bahsda 1:1 hisobida durang qayd etdi.
Uchrashuv davomida to‘p nazorati bo‘yicha mehmonlar ustunlik qilgan bo‘lsa-da, xavfli vaziyatlar yaratish va darvozaga zarba berish borasida «Paxtakor» yaxshiroq natija ko‘rsatdi.
Toshkentliklar raqib darvozasi tomon 19 marta zarba yo‘llashdi. «Al-Qodisiya» futbolchilari esa 15 marta zarba berishdi. Aniq zarbalar bo‘yicha ham «Paxtakor» ustunlik qildi — 4:3.
Kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichida ham O‘zbekiston klubi oldinda bo‘ldi — 1,75 ga 1,52. Shuningdek, «Paxtakor» 4 ta, raqib esa 3 ta yaqqol golli vaziyat yaratdi.
Ayniqsa, jarima maydoni ichidagi zarbalar (14:9) va raqib jarima maydonida to‘pga tegishlar (38:26) bo‘yicha toshkentliklar sezilarli ustunlikka erishdi.
«Al-Qodisiya» esa to‘pga egalik qilish (54 foiz), burchak zarbalari (7:5) va uzatmalar aniqligi (85 foiz) borasida yaxshiroq natija qayd etdi.
Uchrashuvning asosiy statistikasi
| Ko‘rsatkich | Paxtakor | Al-Qodisiya |
| Hisob |
1 |
1 |
| Kutilgan gollar (xG) |
1.75 |
1.52 |
| To‘pga egalik (%) |
46% |
54% |
| Jami zarbalar |
19 |
15 |
| Aniq zarbalar |
4 |
3 |
| Yaqqol golli vaziyatlar |
4 |
3 |
| Jarima maydoni ichidan zarbalar |
14 |
9 |
| Raqib jarima maydonida to‘pga tegishlar |
38 |
26 |
| Burchak zarbalari |
5 |
7 |
| Aniq uzatmalar |
375 |
442 |
| Uzatmalar aniqligi |
84% |
85% |
| Kutilgan assistlar (xA) |
1.21 |
2.18 |
| Ofsaydlar |
5 |
2 |
| Follar |
9 |
13 |
| Yutilgan yakkakurashlar |
50 |
41 |
| To‘pni olib qo‘yish |
12 |
8 |
| To‘pni uzoqlashtirish |
26 |
23 |
| Yo‘qotilgan to‘pni egallab olish |
19 |
11 |
| Darvozabon seyvlari |
2 |
3 |
| Sariq kartochkalar |
1 |
1 |