Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

OCHL: hali 10ta yo‘llanma bor

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

FAKTLAR, RAQAMLAR, STATISTIK KO‘RSATKICHLAR. Bizning klublar 5-turda yutqazishmadi. Xususan, bosim qolmagach, chiroyli o‘ynagan «Bunyodkor» 3 yillik tanaffusdan so‘ng guruh bosqichida nihoyat, yana g‘alaba ko‘chasiga kirdi va bu ortda qolgan turning eng e’tiborli voqealaridan biridir. «Lokomotiv» o‘yinidagi 4:4 natijasi ham turnir tarixidan joy oldi. Eng e’tiborli fakt: finishga 1ta tur qolgan holatda keyingi raund masalasini atigi 6ta jamoa hal qildi, xolos. Bu ham kam kuzatiladigan holat. Xullas, hali 10ta yo‘llanma taqdiri ochiq turibdi.

«A» guruhi

*** Hamyurtimiz Marat Bikmayev OCHL-2017 guruh bosqichidagi birinchi «xet-trik»ni rasmiylashtirdi. Vaholanki, o‘tgan  yili «Seul» hujumchisi Karlos Adriano guruh raundining dastlabki 2ta turida bittadan «poker» va «xet-trik» qayd etgandi. Qolaversa, o‘tgan mavsum «Paxtakor» hujumchisi Igor Sergeev ham xuddi Bikmayev kabi 5ta turda 5ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida borgandi.

*** Saudiya klublarining bizning jamoalarga qarshi o‘yinlardagi umumiy statistikasi: 56ta o‘yin, 30ta g‘alaba, 15ta durang, 11ta mag‘lubiyat. To‘plar nisbati: 102-52. Saudiyaliklardan umumiy hisobdagi 100-golni Jihad al Husayn («Al-Tavon») urgan bo‘lsa, vakillarimizning 50-gollari Marat Bikmayev nomiga yozildi.

*** «Al-Tavon»ning joriy mavsumdagi 1 va 2-goli o‘rtasidagi o‘yin vaqti 265 daqiqani tashkil etgandi. E’tiborlisi, bu jamoa Toshkenda 73 daqiqa ichida 4ta gol urdi.

«B» guruhi

*** «Al-Jazira» - «Lahviya» o‘yinini stadionda atigi 36 muxlis kuzatdi. Bungacha 2-tur doirasidagi bahsda «Muhammad bin Zayd» arenasiga 322 muxlis kirgandi. Ha, bunday «anshlag» faqat Osiyoda kuzatilsa kerak. OCHL tarixidagi ushbu antirekord endi yangilanmasa kerak-ov...

*** «Al-Jazira» bosh murabbiyi Xenk tan Kate Gollandiya terma jamoasidan taklif olyapti. Vaholanki, bu klub avvalgi turdayoq keyingi bosqichga chiqish umidini uzgandi.

*** «Al-Jazira» safiga 2016 yilning 28 iyulida qo‘shilgan marokashlik Muborak Bussufa OCHLdagi gollari hisobini ochdi. Bu futbolchi yevrokuboklarda 7ta gol urgandi.

«C» guruhi

*** «Bunyodkor» 2014 yilning 23 aprelida «Al-Jaish» (Qatar)ni 2:1 hisobida yengganidan buyon guruh bosqichida g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgandi. Mana, jamoa 3 yilu 1 kundan so‘ng «qora» seriyasiga barham berdi. Orada g‘alabasiz o‘yinlari soni 16taga yetgandi. Umuman, «Bunyodkor» OCHLda  80-o‘yini o‘tkazdi.

*** «Bunyodkor» OCHLda 7-marta (saralash raundlarini ham inobatga olganda) 2:0 hisobida zafar qozondi. Jamoa bularning 4tasini o‘z maydonida, 3tasi esa safarda qayd etgan.

*** Akram Komilov 2014 yili oliy ligada 1ta gol urganidan buyon chempionatda boshqa samarali zarba bermadi. Asli qo‘qonlik himoyachi OCHLdagi 16-o‘yinida turnirdagi ilk golini nishonladi.

*** Eldor Shomurodov 2016 yilning fevralida saralash bosqichi doirasida 

DAVOMI

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:01, 02.05.2017. O'qildi: 6511 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик