O‘z arenasiga ko‘p muxlis jalb etish masalasida Dortmund «Borussiya»si hamon peshqadam.
E’tibor bering, Bundesliga doirasidagi har bir o‘yinni «Signal Iduna Park» stadionida o‘rtacha hisobda deyarli 80 ming muxlis tomosha qilmoqda.
Rossiyaning «Zenit» jamoasi ushbu reytingning 19-pog‘onasida borayotganini ham alohida ta’kidlash joiz. Xo‘sh, elit ro‘yxatda yana qaysi klublar bor?
Quyidagi maqolada aynan muxlislari ko‘pligi bilan alohida maqtanishga haqli 100ta klub haqida so‘z boradi. E’tiborga olish kerak, ushbu reyting faqat milliy chempionatlardagi ko‘rsatkichlar yuzasidan shakllantirilgan.
91-100-o‘rinlar
100. «Tvente» (Gollandiya, ikkinchi liga) - 26150
99. «Lasio» (Italiya, yuqori liga) - 26153
98. «Chivas» (Meksika, yuqori liga) - 26594
97. «Sent-Etyen» (Fransiya, yuqori liga) - 26633
96. «Tixuana» (Meksika, yuqori liga) - 26656
95. «Toronto» (Kanada, yuqori liga) - 26799
94. «Seara» (Braziliya, yuqori liga) - 26954
93. «Rotor» (Rossiya, ikkinchi liga) - 26975
92. «Nottingem Forest» (Angliya, ikkinchi liga) - 27014
91. «Persebaya» (Indoneziya, yuqori liga) - 27743
Ekzotik o‘lka - Indoneziyaning «Persebaya»si 91-o‘rinda. «Rotor»ga qarang, Rossiya ikkinchi divizionida atigi 15-o‘rinda borayotgan jamoa deylik, «Lasio»dan ko‘proq muxlisga ega. Ha, Volgogradda futbolni juda yaxshi ko‘rishadi.
81-90-o‘rinlar
90. «Bayer» (Germaniya, yuqori liga) - 27977
89. «Kasablanka» (Marokash, yuqori liga) - 28000
88. «Trabzonspor» (Turkiya, yuqori liga) - 28017
87. «Atlas» (Meksika, yuqori liga) - 28071
86. «Dinamo» Dr. (Germaniya, ikkinchi liga) - 28121
85. «Augsburg» (Germaniya, yuqori liga) - 28167
84. «Universidad de Chili» (CHili, yuqori liga) - 28420
83. «Nyuells Old Boyz» (Argentina, ikkinchi liga) - 29000
82. «Sautgempton» (Angliya, yuqori liga) - 29149
81. «Xoffenxaym» (Germaniya, yuqori liga) - 29167
Ushbu 10talikda Germaniyadan 3ta jamoa bor, xususan, ikkinchi Bundesliga vakili - Drezden «Dinamo»si ham. Aytish joiz, bu nemislar yurtidagi ikkinchi divizionda o‘ynayotgan va reytingga tushgan yagona jamoa emas.
71-80-o‘rinlar
80. «Lans» (Fransiya, ikkinchi liga) - 29428
79. «Sankt-Pauli» (Germaniya, ikkinchi liga) - 29445
78. «Rosario» (Argentina, yuqori liga) - 29500
77. «Rasing» (Argentina, yuqori liga) - 29667
76. «Korintians» (Braziliya, ikkinchi liga) - 29699
75. «Fiorentina» (Italiya, yuqori liga) - 29858
74. «Sanderlend» (Angliya, uchinchi liga) - 30000
73. «Krasnodar» (Rossiya, yuqori liga) - 30047
72. «Rostov» (Rossiya, yuqori liga) - 30218
71. «Fortuna» (Germaniya, yuqori liga) - 30288
«Krasnodar» va «Rostov» reytingda «qo‘shni». Bu klublarning «30 ming muxlis» marrasiga yetganida, yangi stadionlar barobarida ijobiy natijalari ham muhim o‘rin tutmoqda. «Sanderlend» muxlislariga esa natijaning qizig‘i yo‘q, chog‘i. Axir «qora mushuklar» hozir Angliya futbol tizimida 3-darajada turuvchi ligada o‘ynamoqdalar.
61-70-o‘rinlar
70. «Palmeyras» (Braziliya, yuqori liga) - 30520
69. ATK (Hindiston, yuqori liga) - 30528
68. «Brayton» (Angliya, yuqori liga) - 30548
67. «Lill» (Fransiya, yuqori liga) - 30635
66. «Internasyonal» (Braziliya, yuqori liga) - 30668
65. «Vulverxempton» (Angliya, yuqori liga) - 31002
64. «Kerala Blasters» (Hindiston, yuqori liga) - 31166
63. «Lids» (Angliya, ikkinchi liga) - 31275
62. «Aston Villa» (Angliya, ikkinchi liga) - 31440
61. «Kardiff» (Angliya, yuqori liga) - 31422
Navbatdagi 10talikdan joy olgan klublarning yarmi Buyuk Britaniyadan. «Lids» va «Aston Villa» ayni payt Chempionshipda ishtirok etayotganini alohida ta’kidlash kerak. Shuningdek, Britaniya imperiyasining sobiq kaloniyasi - Hindistondan 2ta vakil bor. To‘g‘ri, mamlakat aholisini hisobga olsak, 30-31 ming muxlis hech narsa emasdek tuyuladi.
51-60-o‘rinlar
60. «Lester» (Angliya, yuqori liga) - 31969
59. «Urava Reds» (YAponiya, yuqori liga) - 33281
58. «Krus Asul» (Meksika, yuqori liga) - 33567
57. «Spartak» (Rossiya, yuqori liga) - 34226
56. «RB Leypsig» (Germaniya, yuqori liga) - 35872
55. «Persiya Jakarta» (Indoneziya, yuqori liga) - 36286
54. «Amerika» (Meksika, yuqori liga) - 36351
53. «Milan» (Italiya, yuqori liga) - 36491
52. «Nyurnberg» (Germaniya, yuqori liga) - 36873
51. «Sevilya» (Ispaniya, yuqori liga) - 37454
«Spartak» (Moskva) «Milan» va «Sevilya» kabi mashhur klublar qatorida. Osiyoning yana ikki jamoasi ayni shu 10talikdan joy olgani diqqatga sazovor.
41-50-o‘rinlar
50. «Sporting» (Portugaliya, yuqori liga) - 38179
49. «Monterrey» (Meksika, yuqori liga) - 38619
48. «Everton» (Angliya, yuqori liga) - 38829
47. «San-Paulu» (Braziliya, yuqori liga) - 39447
46. «Yuventus» (Italiya, yuqori liga) - 39796
45. «Traktorsozi» (Eron, yuqori liga) - 40203
44. «Chelsi» (Angliya, yuqori liga) - 40448
43. «Saunders» (AQSH, yuqori liga) - 40584
42. «River Pleyt» (Argentina, yuqori liga) - 40667
41. «Roma» (Italiya, yuqori liga) - 40889
40203 - Eronning «Traktorsozi» klubi shu ko‘rsatkich bilan eng sermuxlislar reytingida «Yuventus» va «Chelsi»dek grandlar o‘rtasida turibdi. To‘g‘ri, London va Turin jamoalariga sig‘imi 40 mingli arenalar torlik qilayotganini aytish o‘rinli.
31-40-o‘rinlar
40. «Gannover» (Germaniya, yuqori liga) - 41100
39. «Verder» (Germaniya, yuqori liga) - 41350
38. «Tigres» (Meksika, yuqori liga) - 41356
37. «Atletik» (Ispaniya, yuqori liga) - 41583
36. «Valensiya» (Ispaniya, yuqori liga) - 41992
35. «Atletiko» (Ispaniya, yuqori liga) - 43038
34. «Seltik» (SHotlandiya, yuqori liga) - 43230
33. «Marsel» (Fransiya, yuqori liga) - 44122
32. «Portu» (Portugaliya, yuqori liga) - 44211
31. «Feyenoord» (Gollandiya, yuqori liga) - 45000
Raqamlar ajoyib, ammo stadionlarni to‘lish foizini ham hisobga olish kerak. Misol uchun, «Atletiko» arenasi - «Vanda Metropolitano» 67 ming muxlisga mo‘ljallangan, demakki, o‘yin vaqti uning katta qismi bo‘sh qolmoqda.
21-30-o‘rinlar
30. «Boka Xuniors» (Argentina, yuqori liga) - 45500
29. «Istiqlol» (Eron, yuqori liga) - 45511
28. «Ayntraxt F. (Germaniya, yuqori liga) - 46700
27. «PSJ» (Fransiya, yuqori liga) - 47125
26. «Kyoln» (Germaniya, ikkinchi liga) - 48700
25. «Borussiya M. (Germaniya, yuqori liga) - 49455
24. «Glazgo Reynjers» (SHotlandiya, yuqori liga) - 49601
23. «Betis» (Ispaniya, yuqori liga) - 49721
22. «Flamengo» (Braziliya, yuqori liga) - 50030
21. «Gamburg» (Germaniya, ikkinchi liga) - 50206
Jahondagi 22ta klubda muxlislarning o‘rtacha tashrifi 50 mingdan ko‘p. «Gamburg» - joriy mavsum yuqori divizionda o‘ynamayotgan klublar orasida peshqadam. «PSJ»ga esa yangi arena zarur. Esgigina «Park de Prens» talablarga to‘liq javob berolmayapti. Tehronning «Istiqlol» jamoasi bu borada tashvishdan xoli - uning ixtiyorida ulkan «Ozodi» bor.
11-20-o‘rinlar
20. «Lion» (Fransiya, yuqori liga) - 51330
19. «Zenit» (Rossiya, yuqori liga) - 51357
18. «Nyukasl» (Angliya, yuqori liga) - 51807
17. «Atlanta Yunayted» (AQSH, yuqori liga) - 51826
16. «Liverpul» (Angliya, yuqori liga) - 52403
15. «Ayaks» (Gollandiya, yuqori liga) - 52685
14. «Manchester Siti» (Angliya, yuqori liga) - 53857
13. «Vest Xem» (Angliya, yuqori liga) - 56912
12. «Shtutgart» (Germaniya, yuqori liga) - 57220
11. «Inter» (Italiya, yuqori liga) - 57528
«Zenit»ning 19-qatorda borayotgani - bu Rossiya futboli uchun katta plyus, albatta. Juda qimmatga tushgan muhtasham «Sankt-Peterburg» 68000 muxlisga mo‘ljallanganini e’tiborga olsak, arena Rossiya chempionati o‘yinlarida o‘rtacha 75 foiz to‘lmoqda.
1-10-o‘rinlar
10. «Benfika» (Portugaliya, yuqori liga) - 57720
9. «Arsenal» (Angliya, yuqori liga) - 59937
8. «Gerta» (Germaniya, yuqori liga) - 60083
7. «Tottenxem» (Angliya, yuqori liga) - 60584
6. «Shalke» (Germaniya, yuqori liga) - 61571
5. «Real» (Ispaniya, yuqori liga) - 63505
4. «Barselona» (Ispaniya, yuqori liga) - 69580
3. «MYU» (Angliya, yuqori liga) - 74462
2. «Bavariya» (Germaniya, yuqori liga) - 75000
1. «Borussiya» D. (Germaniya, yuqori liga) - 79608
Top-10 kutilgan holatda: «Real» va «Barselona», Angliyadan 3ta, Germaniyadan 4ta klub. Bundesliga vakillari ham umumiy, ham individual tarzda oldinda - dastlabki 2ta o‘rin «Borussiya» D. va «Bavariya» jamoalariga tegishli. Dortmundda ham, Myunxenda ham arena har bir o‘yinda deyarli 100 foiz to‘lmoqda.
Qaysi mamlakatdan ko‘p?
Tabiiyki, Germaniyadan - 100ta eng ko‘p muxlis to‘playotgan jamoadan naq 19tasi Bundesliganing birinchi va ikkinchi divizioni vakillaridir. Angliyadan esa 18ta klub top-100ga kirdi. Umuman, reytingdan 21ta mamlakat klublari joy oldi. Muxlisi ko‘p 13ta klub quyi ligalarda ishtirok etayotganini ham alohida ta’kidlash kerak. Deylik, Germaniya ikkinchi divizionida o‘ynayotgan «Gamburg»da o‘rtacha ko‘rsatkich 50 mingdan baland va u umumiy ro‘yxatning 21-qatorida.
1. Germaniya - 19ta klub
2. Angliya - 18ta klub
3. Meksika - 7ta klub
Ispaniya - 7ta klub
4. Fransiya - 6ta klub
Braziliya - 6ta klub
Italiya - 6ta klub
5. Rossiya - 5ta klub
Argentina - 5ta klub
6. Gollandiya - 3ta klub
Portugaliya - 3ta klub
7. Indoneziya - 2ta klub
Hindiston - 2ta klub
Eron - 2ta klub
AQSH - 2ta klub
Shotlandiya - 2ta klub
8. Kanada - 1ta klub
Marokash - 1ta klub
Turkiya - 1ta klub
Chili - 1ta klub
Yaponiya - 1ta klub