Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Lempardning yangi "Chelsi"si: sovuqqon, tezkor, tavakkalchi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy mavsumda «Chelsi» boshqaruvini qo‘liga olgan Frank Lempard o‘zgacha bo‘ron bilan kirib keldi. Uning jamoani qabul qilib olishi boshqa murabbiylarnikidan tubdan farq qildi.

YANGILANISH

Lempardga qoyil qolgan tomonim, u tarkibni keskin yoshartirdi. Bu ishni sekin-astalik bilan emas, birdaniga amalga oshirib qo‘ya qoldi. Ayni damda London klubida yosh futbolchilar bir talay. Muhim tomoni, Lempard o‘zi avval boshqargan jamoadan bir nechta shogirdlarini Londonga olib keldi, hech ikkilanmay ishonch bildirdi. Oqibatda «Chelsi»ning o‘yini shunga yarasha o‘zgardi. Garchi start u qadar yaxshi emasdir, ammo tarkib butunlay yosharganini inobatga olsak, yomon emas.

Shu o‘rinda David Luis bilan bog‘liq holat ham Lempardning maqsadi jamoani yoshartirish ekanligini ko‘rsatdi. Garchi David hali jamoaga foyda keltira olsa-da, Lempard uning o‘rnini yosh futbolchilarga bo‘shatib berishni ma’qul ko‘rdi.

KASHFIYOTLAR

Lempard «Chelsi»ning yangi tarixini yozyapti. Hozircha yangi nomlar kashf etmoqda. Abraham, Mount… xullas, klub tarkibiga qo‘shilgan barcha yosh futbolchilar o‘zlarini ko‘rsatishmoqda. Lempardning omadi ham shu bo‘ldi, ya’ni u tavakkal qilib, ishonch bildirgan futbolchilar ishonchni oqlashdi.

SOVUQQONLIK

Frank «Chelsi»ni shunchalik sovuqqonlik bilan boshqaryaptiki, qoyil qolasiz. Endigina murabbiylikni boshlagan inson nafaqat Yevropa, balki dunyoning eng kuchli klublaridan birini qabul qilib olganida hayajonlanishi, hatto dovdirashi, katta tavakkallarga qo‘l urishdan cho‘chishi tabiiy. Lekin Lempardning jur’atiga qoyil qoldim rosti. Garchi o‘zi o‘ynagan jamoa bo‘lsa-da, baribir, futbolchilik boshqa, murabbiylik boshqa. Futbolchi faqat o‘ziga javobgar bo‘ladi, murabbiy esa butun boshli jamoani boshqarishi, butun boshli jamoa uchun javob berishi kerak. Lempard ana shu mas’uliyatga oddiy ish sifatida qaradi va hozircha ishini qoyillatmoqda.

TAKTIKA

Lempard, asosan, hujumkorlikka e’tibor qaratdi. Bu, birinchidan, «Chelsi»ga, ikkinchidan, APLga mos. E’tibor bergan bo‘lsangiz, Lempard o‘z taktikasini yaratdi va o‘sha asosida harakat qilyapti. Raqib qanday jamoa bo‘lishidan qat’iy nazar, Lempard falsafasiga sodiq qolmoqda.

IMKON BERISH KERAK

Agar voqealar jarayoni shu tarzda davom etsa, Lempard yangi tarix yaratadi. Shu boisdan unga imkon berish kerak. Natijalar biroz salbiy bo‘lsa, London klubi muxlislari bunga «Chelsi»ning salbiy natijasi deb emas, Lempard shakllantirgan yosh jamoaning natijasi sifatida qarashlari kerak. Ayni damda Lempardning «Chelsi»si nihol, nihol esa, parvarish to‘g‘ri bo‘lsa, albatta, daraxtga aylanadi. Uning mevasini yeyish uchun esa sabr qilish lozim.

Nizomjon ISLOMOV

 

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:12, 04.10.2019. O'qildi: 12427 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик