Bugun 14 oktyabr, 2026 yil, chorshanba.

  • APL
      • 13.10.2026 00:00
      • Koventri Siti
      • 4:1
      • Nyukasl
  • La-liga
      • 13.10.2026 00:00
      • Levante
      • 3:3
      • Sevilya
  • Elit OCHL
      • 13.10.2026 12:45
      • Nyukasl Jets
      • 1:3
      • Gamba Osaka
      • 13.10.2026 15:00
      • Shangxay Port
      • 1:1
      • Tejon Hana Citizen
      • 13.10.2026 15:00
      • Poxang Stilers
      • 0:2
      • Johor Dorul Ta'zim
      • 13.10.2026 15:00
      • Kyoto Sanga
      • 1:0
      • Ratchaburi
      • 13.10.2026 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 0:1
      • Kashima Antlers
      • 13.10.2026 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 0:1
      • Beyjing Guoan
      • 13.10.2026 21:00
      • As-Sadd
      • 0:2
      • Al-Hilol
      • 13.10.2026 23:15
      • Al-Ittihod
      • 1:2
      • Shabab al-Ahli
  • OChL-2
      • 13.10.2026 18:45
      • As-Siyb
      • 0:3
      • Al-Hussayn
      • 13.10.2026 21:00
      • Ist Bengal
      • 2:3
      • Ash-Shorta
  • ECHL
      • 13.10.2026 21:45
      • Sabah
      • 2:0
      • Slaviya
      • 13.10.2026 21:45
      • Lans
      • 0:2
      • Sporting
      • 13.10.2026 23:59
      • Galatasaroy
      • 1:4
      • Barselona
      • 13.10.2026 23:59
      • Atletiko
      • 2:0
      • Man. Yunayted
      • 13.10.2026 23:59
      • Arsenal
      • 3:0
      • Lill
      • 13.10.2026 23:59
      • Vilyarreal
      • 3:1
      • Napoli
      • 13.10.2026 23:59
      • Inter
      • 3:4
      • Bryugge
      • 13.10.2026 23:59
      • RB Leypsig
      • 1:0
      • PSV
      • 13.10.2026 23:59
      • Viking
      • 3:3
      • Bavariya
«
»

Aichi-Nagoya-2026

№ Davlat Jami
1 Xitoy 169 89 83 341
2 Yaponiya 83 95 91 269
3 Janubiy Koreya 39 43 68 150
4 Hindiston 21 27 37 85
5 O‘zbekiston 21 25 24 70
6 Eron 19 18 15 52
7 Tailand 18 13 21 52
8 Qozog‘iston 12 24 48 84
9 Gonkong 11 19 24 54
10 Bahrayn 11 5 6 22

Turnir jadvali

A - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Al-Ayn 2 6
2 Istiqlol 2 6
3 Al-Hilol 2 6
4 Shabab al-Ahli 2 6
5 Al-Ahli (SA) 2 4
6 Al-Qodisiya 2 4
7 Neftchi 2 3
8 An-Nasr (SA) 2 3
9 Paxtakor 2 2
10 Ash-Shamol 2 2
11 Al-Ittihod 2 1
12 Traktor 2 1
13 Al-G‘arafa 2 0
14 Al-Vasl 2 0
15 Al-Quva al-Javiya 2 0
16 As-Sadd 2 0

B - Guruhi

№ Jamoa O' O
1 Kashima Antlers 2 6
2 Gamba Osaka 2 6
3 Beyjing Guoan 2 6
4 Shangxay Port 2 4
5 Johor Dorul Ta'zim 2 4
6 Tejon Hana Citizen 2 4
7 Chonbuk Motors 1 3
8 Vissel Kobe 1 3
9 Kyoto Sanga 2 3
10 Buriram Yunayted 2 1
11 Kashiva Reysol 1 0
12 Port 1 0
13 Ratchaburi 2 0
14 Kongan Hanoi 2 0
15 Poxang Stilers 2 0
16 Nyukasl Jets 2 0

O'tgan o'yinlar.

2-тур Paxtakor 1-1 Al-Qodisiya
2-тур Al-Vasl 1-3 Al-Ahli (SA)
2-тур Traktor 0-0 Ash-Shamol
2-тур An-Nasr (SA) 3-1 Neftchi
2-тур Al-G‘arafa 1-2 Istiqlol
2-тур Al-Quva al-Javiya 1-4 Al-Ayn
2-тур Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
2-тур Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
2-тур Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
2-тур Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
2-тур Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
2-тур Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
2-тур As-Sadd 0-2 Al-Hilol
2-тур Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli

So'rovnoma

  • Joze Mourinyoning "Real"ga qaytishi muvaffaqiyatli bo‘ladimi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2433 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • Sizningcha, 2026-yil yozida amalga oshirilgan eng ajoyib transfer qaysi?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2704 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • MATCH-TV
    • Sana: 14.10.2026

      TV-Dastur kiritilmagan!
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 14.10.2026

      06:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      08:00 Велоспорт. Пролог. Мужчины и женщины.
      10:00 Снукер. Wuhan Open. Финал.
      11:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      13:35 LIVE Велоспорт. Первый этап. Женщины. Прямая трансляция.
      15:15 Легкая атлетика. Марафон. Чикаго.
      16:30 Велоспорт. Тур Ломбардии. Мужчины.
      17:20 LIVE Велоспорт. Первый этап. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:00 LIVE Велоспорт. Джиро дель Венето. Мужчины. Прямая трансляция.
      19:45 Трековый велоспорт. Чемпионат мира. Шанхай. День 1.
      21:15 Велоспорт. Первый этап. Женщины.
      22:00 Скалолазание. Мужчины и женщины. Финал. Мировая серия. Гуйян.
      23:00 Снукер. Чемпионат мира. Финал.
      00:30 Яхтинг. Дух парусного спорта.
      01:00 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 6 часов Спа-Фракоршама. Гонка.
      03:00 Снукер. British Open. Финал.
      04:30 Автогонки на выносливость. FIA WEC. 24 часа Ле-Мана. Гонка.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘zbek klublari o‘z tarixida ilk bor «Club Benefits Program» doirasida FIFAdan kompensasiya oladi

Baho:
+1 | -
JAHON FUTBOLI / Jahon chempionati / JCH-2026
Rukn: Yangiliklar
A A A

FIFA Jahon kubogi dunyodagi eng ko‘p daromad keltiruvchi sport musobaqasidir. Tashkilot 2010 yilda Janubiy Afrika Respublikasida bo‘lib o‘tgan mundialdan e’tiboran turnirning final bosqichida ishtirok etgan futbolchilarning klublariga kompensasiya pullari to‘lab bergan. Afrikadagi Jahon kubogida klublar o‘rtasida taqsimlangan pul umumiy hisobda 40 million AQSH dollarini tashkil etgan bo‘lsa, Qatarda o‘tkazilgan mundialda bu summa 209 million AQSH dollari miqdorida bo‘ldi. Arab diyorida o‘tgan ilk Jahon kubogini guruh bosqichida tark etgan terma jamoa ham eng kamida 14 kun davomida unda ishtirok etgan hisoblanib, final bosqichidagi har bir kun uchun bir nafar futbolchiga 10950 AQSH dollaridan kompensasiya to‘langan.

Demakki, Qatardagi Jahon kubogida futbolchilari ishtirok etgan klublar ularning har biri uchun eng kamida 153300 AQSH dollaridan kompensasiya olgan.



2026 yilda Kanada, Amerika Qo‘shma Shtatlari hamda Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan Jahon kubogidan e’tiboran esa «Club Benefits Program» — Klublarning foyda ko‘rish dasturida bir qator tamoyillar o‘zgarmoqda. Avvalo, bu galgi musobaqa uchun ajratilgan kompensasiya pullarining umumiy miqdori rekord daraja — 355 million AQSH dollariga yetdi. Ushbu summaning 100 million AQSH dollariga teng qismi esa musobaqaning qit’aviy saralash bosqichlarida ishtirok etish uchun o‘z futbolchilarini terma jamoalar ixtiyoriga yuborgan klublar o‘rtasida taqsimlanishi belgilandi. Buning uchun, futbolchi Jahon kubogi saralash bosqichi doirasidagi rasmiy uchrashuvda o‘yin qaydnomasiga kiritilgan bo‘lishi talab etiladi. Bunda, futbolchi terma jamoasi bilan Jahon kubogiga yo‘llanma olgan yoki olmagani ahamiyat kasb etmaydi. Shuningdek, avvalgi tamoyillar bo‘yicha futbolchi uchun kompensasiya olishga u so‘nggi ikki mavsum davomida ro‘yxatdan o‘tkazilgan klubgina haqli hisoblangan bo‘lsa, endilikda o‘z tarkibidagi futbolchini Jahon kubogi va uning saralash bosqichlari uchun terma jamoa ixtiyoriga yuborgan istalgan klub dastur doirasidagi pullarni qabul qilib olishi mumkin.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining Jahon kubogiga yo‘llanma olishi mamlakatimiz futboli tarixida o‘chmas iz qoldirgan bo‘lsa, endi o‘z futbolchilarini Jahon kubogi va uning saralash bosqichlari doirasidagi o‘yinlarga yuborgan klublarimizning FIFA dasturi natijasida daromad topishlari uning iqtisodiy holatiga ham ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Misol uchun, Jahon kubogi saralashining so‘nggi ikki bosqichi doirasida Abduvohid Ne’matov 15 marotaba, Sherzod Nasrullayev 12 marta, Akmal Mozgovoy 10 marta, Zafarmurod Abdurahmatov 4 marotaba, G‘olib G‘aybullayev 2 bor va Alibek Davronov bir marta O‘zbekiston terma jamoasining o‘yin qaydnomasiga kiritildi hamda ushbu futbolchilar barcha uchrashuvlarga "Nasaf" futbolchisi sifatida jalb etildi. Bundan tashqari, Umar Eshmurodov umumiy 13 ta uchrashuvning 4 tasida, Bobur Abduxoliqov umumiy 11 o‘yinning 8 tasida "Nasaf" futbolchisi bo‘lgan. Demak, Qarshi klubi ushbu futbolchilarning har bir uchrashuvi uchun ma’lum miqdorda kompensasiya pullarini ishlab topadi.



O‘z navbatida, Superliga klublarida to‘p tepayotgan bir qator legionerlar ham Jahon kubogi saralashi doirasida o‘z terma jamoalari safida maydonga tushdilar. Jumladan, Joel Kojo va Kimi Merk kabi futbolchilar Qirg‘iz Respublikasi bilan JCH saralashida ishtirok etishdi. Tojikiston terma jamoasi a’zolari Zoir Jo‘raboyev hamda Ehsoni Panshanbe kabilar ham Superligadagi faoliyatlari davomida qo‘shnilarimiz safida mundial kvotasi uchun kurash olib bordilar. Ushbu futbolchilarning saralash davridagi huquqiy egasi bo‘lgan klublar ham o‘z-o‘zidan «Club Benefits Program» ishtirokchilariga aylanib, ma’lum miqdorda kompensasiya puli oladilar.



Saralash bosqichi uchun ajratilgan 100 million AQSH dollari dunyo bo‘ylab jami minglab klublar o‘rtasida taqsimlanishidan kelib chiqsak, bu juda ham katta pul bo‘lmasligi mumkin. Biroq, agar o‘zbek klublari tarkibidagi futbolchilar o‘z terma jamoalari bilan Jahon kubogida ishtirok etsalar, bu klublar byudjeti uchun bir necha yuz ming AQSH dollari, demakdir.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:18, 15.10.2025. O'qildi: 2107 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

№ Futbolchi Gol

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик