Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Nega klublar uchun translyasiya xuquqi juda muhim?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Evropa ligasi / Saralash pley-offlari
Rukn: Yangiliklar
A A A

Maxifoot nashri translyasiya xuquqi, uning ishlash mexanizmlarini o‘rganish va tushuntirishda davom etadi. Navbat, nega futbol olamidagi barcha jamoalarga TV translyasiyasi xuquqi shunchalik zaurur ekanligi haqida boradi. Maqola davomida TV translyasiyasidan tushadigan mablag‘ klub byudjetining qanchasini tashkil etishi, chempionatlarga ko‘ra uning taqsimlanishi haqidagi savollarga javob topishiniz mumkin.

1 Liga klublarining byudjetida translyasiya xuquqidan tushadigan mablag‘ o‘rni

2015-2016-yilda, translyasiya xuquqidan keladigan foyda 1 Liga jamoalari byudjetining o‘rtacha 44,1 % ni tashkil etadi. O‘yinchilarning transferidan tushadigan foyda sababli bu ko‘rsatkich 35 % gacha tushishi mumkin. Ulush klublarning boshqa foyda manbalarini boshqarish qobiliyati sababli o‘zgarishi ham mumkin. O‘zining stadioniga ega “Lion”ni oladigan bo‘lsak, o‘z byudjetini oshiradigan boshqa manbalar tufayli translyasiyadan keladigan foydaga kamroq bog‘langan.

2012-2016-yillarda umumiy mahsulotning qayta taqsimlanishi

“PSJ”ning 2015-2016-yilda audiovizual xuquqdan keladigan foydasi byudjetining 22,8 % ni (transferlarsiz) tashkil etgan. Poytaxt jamoasi homiylari bilan imzolagan ancha manfaatli shartnomalariga ham suyana oladi, bu byujdjetining 27 % ni tashkil etadi. Aksincha, “Sent-Etyenn” (60,7 %), “Nissa” (57,1 %), “Monako” (58,3 %) yoki “Loryan” (67,8 %) translyasiyadan keladigan foydaga muhtoj jamoalar sirasiga kiradi. “Bordo” (48,8 %) va “Marsel” (44,1 %) esa kamroq bog‘langan deyishimiz mumkin. TVdan tushadigan foydadan tashqari, jamoalar bilet sotish, merchendayzing va homiylik orqali o‘z foydalarini yanada orttirib olishlari mumkin.

1 Liganing “mitti” jamoalari Premyer Ligadan nusxa olishni istaydi

Fransiyada, TV xuquqidan tushadigan foydani taqsimlash modeli qolgan davlatlardagiga unchalik o‘xshamaydi, shu sababdan “mitti” jamoalarning xo‘jayinlari notenglikni qisqartirish tarafdori hisoblanadi. TV translyasiyasidan tushadigan foydaning yarmidan ko‘pi bir necha klub orasida taqsimlanadi, ular esa o‘z navbatida, yanada ko‘pro0ini istashadi. Norozilikni kamaytirish maqsadida, bu mavsumda birinchi bor 8,5 mln yevro miqdoridagi qoldiq 15 klubning har biriga taqsimlandi, bu yana qo‘shimcha 566 000 yevro foyda degani.

Bu yetarli bo‘ladimi? Kichik klublar ko‘proq Premyer Ligadan nusxa olishni ma’qul ko‘rishadi. Angliya tizimi Yevropada klublar orasidagi tengligi bilan ajralib turadi. Eng ko‘p foyda olgan bilan eng kam foyda ko‘rgan jamoalar orasidagi koeffisiyent 1,6 ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkich, Fransiyada esa 3,7 ni tashkil etadi!

Ingliz jamoalarining barchasi moliyaviy tomondan ancha baquvvat

2016-2017-yilgi mavsumda Premyer Ligada so‘nggi o‘rinni band qilgan klub Fransiyada eng ko‘p foyda ko‘rgan klubdan ham ko‘proq pul ishlagan. Raqamlarda ifodalaydigan bo‘lsak, “PSJ” 57,855 mln yevro ishlab ohtopgan bir paytda, “Sandrlend” 105,339 mln yevro foyda ko‘rgan! Angliya chempioni “Chelsi”ning ulushi esa 169,960 mln yevroni tashkil etgan. Bu ma’lumotlar orqali Premyer Liga va 1 Liga orasidagi farq yaqqol namoyon bo‘ldi. Tumanli Albionda har bir jamoa 89,2 mln yevro o‘zgarmas foyda, 43,9 mln yevro klub lisenziyasidan foydalanilganligi uchun oladi. Bunga qo‘shimcha yana jonli efirda uzatilgan o‘yin va turnirda egallagan o‘rni uchun oladi.

Angliya 2-divizioning ba’zi jamoalari yiliga 45,9 mln yevro ishlab topishi mumkin. Bu amaldagi chempion “Monako”nikidan ko‘p, “Marsel” va “Lion”niki bilan deyarli teng degani.

Boshqa chempionatlarda bu tizim qanday ishlaydi?

2015-yilda qabul qilingan yangi qarorga ko‘ra, eng ko‘p foyda ko‘ruvchi bilan eng kam foyda topadigan jamoalar orasidagi farq 11,5 dan 5 ga tushirilgan edi. 2016-2017-yilgi mavsumda esa bu koeffisiyent 3,8 gacha tushirildi! “Barselona”ning oladigan foydasi “Real Madrid”nikidan (145 mln yevro) biroz ko‘p bo‘lsa, “Las Palmas” 40 mln yevro foyda bilan eng oxirida bormoqda.

Bu koeffisiyent Germaniyada 3,2 ni tashkil etmoqda. “Bavariya” o‘tgan mavsumda 74,162 mln yevro ishlab topdi. Sensasiya ko‘rsatgan “RB Leypsig” esa atigi 23,061 mln yevro qozondi. Nega bunchalik kam? Hisob-kitoblar oxirgi 5 mavsumda musobaqada ko‘rsatilgan natijalar asosida tuzib chiqilgan. “Borussiya Dortmund”ning ulushi 62,053 mln yevroni tashkil etgan. Italiyada esa ancha noteng bo‘lgan tizim ishlaydi. U yerda jamoalar orasidagi koeffisiyent 4,6 ni tashkil qiladi. Turinning “Yuventus”i 103,1 mln yevro ishlab topayotgan bir paytda “Frozinone” va “Karpi” bor-yo‘g‘i 22 mln yevro olishi mumkin.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 10:14, 23.10.2017. O'qildi: 2915 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик