Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temur Hakimov: «Shunchaki, «Paxtakor» meni qo‘yib yuborishni istamadi»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

O‘z vaqtida bu futbolchining O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasidagi o‘yinini ko‘rganlar undan yetuk hujumchi yetishib chiqishiga ishonishgandi.

U o‘zining individual xatti-harakatlari bilan uzoq Meksikada ham ko‘plab muxlislar orttirgandi. Ammo keyinchalik qandaydir omillar tufayli uning faoliyatida pasayish kuzatildi.

Bu inqirozni «yulduzlik kasali»ga yo‘yganlar ham ko‘pchilikni tashkil etdi. Shunday qismatni boshidan o‘tkazgan hujumchi Temur Hakimov yaqinda uz24.uz saytiga intervyu berib, hamkasbimizning turli mavzudagi savollariga javob qaytardi.

- Temur, bora-bora futbol olamida sizning nomingiz eshitilmay qoldi. Siz haqingizdagi «futbolni tark etgan» degan gaplar qay darajada asosli?

- Odamlar gapiraveradi (jilma­yib). Lekin bu men haqimda tarqalgan asossiz gaplar, shunchaki. Xudoga shukr, unaqa bo‘lmadi, bo‘lmaydi ham.

- Futbolda bir muddat yaxshi natijalar ko‘rsatdingiz. Vaholanki, buni davom ettirishingiz mumkin edi. Qolaversa, sizni barcha futbol muxlislari jahon chempionati (U-17) orqali tanidi. Ba’zilar sizga o‘zbek futboli kelajagi deya baho bergandi o‘shanda.

Biroq o‘zingiz to‘p surgan klublarda yetarli darajada muvaffaqiyat qozondingiz, deyish mushkul. «Futbol olamida tez porlab, tez so‘ndi» qabilidagi fikrlarni qanday izohlaysiz?

- To‘g‘ri, bir muddat bolalar futbolida o‘zimni yaxshi ko‘rsata oldim. Lekin professional futbol bilan bolalar futboli o‘rtasidagi farq juda katta. Shuningdek, o‘yindagi mas’uliyat ham. Biror-bir klubda o‘zimni yetarli darajada ko‘rsata olmaganimni tan olaman.

Bularning bariga o‘zim aybdor ekanligimni bilaman. Sababi, bu mening o‘sha paytlar hayotdagi noto‘g‘ri yashash tarzim, yulduzlik kasalligiga chalinganligim bilan bog‘liq, desam to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki bunday pallada inson o‘ziga ortiqcha baho berib yuboradi.

Ko‘cha-ko‘yda sizni hamma taniydi, maqtovlar eshitasiz. O‘sha paytlarda o‘zimni bosh­qacha his qilardim. Biroq hech qachon besabab birorta mashg‘ulotni o‘tkazib yubormaganman. O‘shanda ancha yosh edim va hamma tanigani uchunmi, o‘zimni zo‘r futbolchi bo‘ldim, deb hisoblardim.

Hammasi zo‘r bo‘ladi, meni chetga jo‘natishadi, deb o‘ylardim. Lekin unday bo‘lmadi va shu yerda qolishimga to‘g‘ri keldi. O‘FAda ishlaydigan Olim Arifov degan kishi bor, u kishi menga Qatardan klub topib bergandi. Qishda «Olmaliq»qa qarshi sun’iy maydonda o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik.

O‘yindan keyin bilsam, Qatardan menga samolyot chiptasi yuborishgan ekan. Ketaman deb juda xursand bo‘lganman. Ammo Samvel Babayan «Bu taklifni rad qil, sen «Paxtakor»da qolasan», degan. Keyin majburlikdan qoldim va o‘sha mavsum hammasini qo‘shib hisoblaganda 90 daqiqacha o‘ynadim.

Futbolda xalqni aldab bo‘lmaydi. Buning uchun futbolchi o‘zini mashg‘ulotlarga to‘liq baxsh etishi kerak. Shu orqaligina u yutuqqa erisha oladi. Agar odam yulduzlik kasaliga chalinib, o‘ziga yuqori baho berib yuborsa, o‘z-o‘zidan mag‘lubiyat tomon qadam bosganini sezmay qoladi.

Yoshlarga maslahatim - hech qachon yulduzlik kasaliga chalinmang. Faqat shug‘ullanish, nimalarga qodirligini maydonda ko‘rsatish kerak.

- 2010 yil Toshkentda Osiyo chempionati U-16 bo‘lib o‘tgandi. O‘sha musobaqada siz to‘purar bo‘lgansiz. Turnirdan qanday xotiralar qolgan?

- Bu men uchun ilk katta turnir edi. Shunday bo‘ldiki, Xudoning xohishi bilan g‘alaba qozondik va turnirning eng yaxshi o‘yinchisi, degan e’tirofga sazovor bo‘ldim. Shularni hisobga olganda, ushbu musobaqadan ijobiy xotiralar qolgan.

- Jahon chempionati-2011dan so‘ng siz bilan bir qator Yevropa klublari qiziqib qolgan edi. O‘shanda Yevropaga yo‘l olishingiz nima sababdan amalga oshmay qoldi?

- Takliflar bo‘lganligini bilaman va bunda hech kim aybdor emas. Shunchaki, «Paxtakor» klubi meni qo‘yib yuborishni istamadi, deb o‘ylayman.

- Meksika qahramonlari orasida qaysi futbolchi ayni paytga kelib kutilgan darajada o‘ynab ketdi, deb hisoblaysiz?

- Sardor Sobirxo‘jayev. U hozir «Paxtakor»da to‘p suryapti, jamoa yetakchilaridan biri. U men uchun kuchli futbolchi hisoblanadi, ko‘pincha yaxshi jamoalarda o‘ynaydi. Qolaversa, futbol maydonida o‘z harakatlarini yaxshi nazorat qiladi, o‘yin tempini ushlay oladi.

O‘tgan yili Sardor chempionatimizning eng yaxshi assistentlaridan biri bo‘ldi. Sardor Rahmonov ham himoyada yaxshi o‘ynaydi, gollar uradi. Mudofaa chizig‘i vakili bo‘lishiga qaramay, hujumlarni yaxshi boshlaydi.

Bugungi kunda Odil Ahmedovni O‘zbekistonning eng kuchli futbolchisi deb bilaman. O‘zimizning chempionatda bunaqa futbolchi hozir yo‘q. U milliy jamoamiz yetakchisi. Nafaqat futbol maydoni, balki uning tashqarisida ham Odil Ahmedovni yaxshi bilaman.

Ayniqsa, o‘yin davomida qiyin jarayonlar yuzaga kelganda, vaziyatni o‘nglash uchun bor mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan cho‘chimaydi. Juda tezkor va kuchli texnikaga ega.

- Ayni damda «Qo‘qon-1912»da to‘p surayotgan ekansiz. Ayting-chi, bu jamoaga qanday qilib kelib qoldingiz, klub a’zolari qanday kutib olishdi? Umuman, jamoadagi muhit sizga ma’qul bo‘lyaptimi?

- Bosh murabbiy No‘’mon Hasanov bilan u «Paxtakor»da faoliyat yuritayotgan vaqtlaridan beri tanishmiz. O‘tgan yilning dekabrida u kishi bilan telefon orqali bog‘lanib, meni ushbu jamoaga olishlarini so‘raganman. Chunki o‘sha paytlarda menda bosh­qa variantlar yo‘q edi.

No‘’mon Hasanov bilan ko‘rishdik, mashg‘ulotlarimni ko‘rdi. Men ham o‘zimni ko‘rsatishga harakat qildim. No‘’mon akaga katta rahmat, jamoaga qabul qilinishimda yordamlashdi, menga yana imkoniyat berdi. Hozir yoshim katta bo‘lib qoldi, endi muhim o‘yinlarda o‘zimni ko‘rsatishim kerak.

«Qo‘qon-1912» safida o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Jamoa a’zolari bilan xuddi aka-ukadekmiz. Bunaqa ahillik kamdan-kam uchraydi. Klub erishayotgan yutuqlar ham yomon emas. Men uchun yaxshi tanlov, mazkur jamoada to‘p surayotganligim mening omadim, desam to‘g‘ri bo‘ladi.

- Oilangiz haqida kam gapirasiz. Bir paytlari sevgan qizingiz bor edi. Lekin haligacha oila qurmadingiz...

- Oilada besh kishimiz - men, buvim, buvam, onam va akam. To‘g‘ri, bir paytlari sevgan qizim bor edi. Munosabatlarimiz tugaganiga ancha bo‘lgan. Shaxsiy hayot masalasida esa hozircha o‘ylamayapman. Men uchun hayot mazmuni bu — futbol. O‘zim kutgan natijalarga erishish hozirgi kundagi asosiy maqsadimdir.

- Osiyo chempionati paytida terma jamoadagi muhit haqida nimalar deysiz?

— Zo‘r davrlar edi. Men haligacha murabbiyimiz Ahmadjon Musayev bilan gaplashib turaman. Juda ahil jamoa tuzilgandi. Maydonga qaysi tarkib tushmasin, hammamiz jipslashib, faqat g‘alaba uchun o‘ynardik.

O‘yindan oldin futbolchilar doira bo‘lib turardi, o‘shanda Abbos Maxsitaliyev aytardi: «Bolalar, oxirigacha o‘ynaymiz, jonimizni bersak ham shu maydonda beramiz, lekin g‘alaba qozonamiz». Jamoamizda turli millat vakillari bo‘lsa-da, hammamiz bir oila edik.

Bitta xonaga yig‘ilib, o‘zbekcha konsert yoki kino ko‘rardik. Ko‘pchilik Abbos ikkalamizni juda qalin do‘st deb biladi. Jamoada hamma bir-biri bilan ahil edi. Faqat Maxsitaliyev ikkalamiz oldinda o‘ynaganimiz uchun muxlislar bizni ko‘proq gapirardi.

Odamlar gol uradigan futbolchilarga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Aslida hamma joyda shunaqa. Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi Suriya termasiga qarshi bahsda Sardor Rahmonov ochiq darvozaga kirib ketayotgan to‘pni qaytargandi.

Janubiy Koreya bilan kechgan bellashuvda ham o‘zini ko‘rsatgan. Ammo uning qahramonliklarini hozir ko‘pchilik eslamaydi.

- Bo‘sh vaqtlaringizda nimalar bilan mashg‘ul bo‘lyapsiz?

- Har kuni mashg‘ulotlarga ikki soat ajrataman. Qolgan vaqtlarda uyda o‘tirib, har xil o‘yinlarni kuzataman. Bo‘sh paytimda o‘rtoqlarim bilan ko‘rishamiz. Kechki vaqtlarda ko‘chaga chiqmayman. Asosiy vaqtim uyda yoki stadionda, mashg‘ulotlar bilan o‘tadi.

- O‘zingiz qaysi klub muxlisisiz?

- Futbolga kirib kelgan paytlarimdan buyon «Manchester Yunayted» jamoasi o‘yinlarini muntazam ravishda kuzatib kelaman.

- Adashmasak, Germaniyaning qaysidir klubiga transfer qilinishingiz kerak edi?

- Ha, men bilan «Shtutgart» qiziqib ko‘rgan. O‘shanda «Paxtakor» jamoasi a’zosi edim. Lekin jahon chempionatidan so‘ng nima bo‘lganligi, mening taqdirim masalasida qanday kelishuv amalga oshganidan xabarim yo‘q. Bu borada jamoa rahbariyatining o‘zi qaror chiqargan.

- Yana shunday takliflar bo‘lsa, o‘ylab kurasizmi?

- Albatta, o‘zimni xorij klublarida sinab ko‘rishni istayman. Ammo buning uchun avval O‘zbekistondagi jamoada to‘p surib, yaxshi natijalar ko‘rsatishim kerak. Qolaversa, ayni damda asosiy maqsadim ham shu — milliy jamoamiz tarkibida jahon chempionatiga chiqish.

«Qo‘qon-1912» klubida o‘zimni ko‘rsatib, uning yutuqlariga munosib hissa qo‘shish niyatidaman.

 

No‘’mon Hasanov («Qo‘qon-1912» bosh murabbiyi): - Hakimovni anchadan beri bilaman. Menga telefon qilib, «No‘’mon aka, iloji bo‘lsa, meni jamoangizda sinovdan o‘tkazing», deb so‘radi. Keyin chaqirdim, ko‘rdim, mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kmoqda. Ancha o‘zgaribdi.

Futbolchilar ham ko‘rishmoqda, Temur juda mehnatkash futbolchiga aylangan. To‘g‘ri, uning hozirgi jismoniy holati 45 daqiqa o‘ynashga yo‘l qo‘ymaydi. Lekin shu yo‘sin davom etsa, ishlasa, tez orada sport formasini tiklaydi. Buning uchun vaqt kerak.

Uning texnikasi hali ham o‘zgarmagan, juda kuchli, ajoyib. Menga uning mashg‘ulotlardagi harakati yoqmoqda. Shu bois ham uni jamoada qoldirdim. Balki mening o‘rnimda boshqa murabbiy bo‘lganida, bunday qilmasmidi, lekin unga imkoniyat berdim. Hakimov hali o‘z so‘zini aytishi mumkin.

Manba: Stadion
Kiritildi: 08:57, 05.04.2019. O'qildi: 4568 marta. Fikrlar: 1 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик