Bugun 5 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘z ustingda ishla, Eldorjon!

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Kecha “Rostov”ning “SSKA”ga qarshi o‘yinini ko‘rdim. Maza qilib ko‘rdim. Sizga yolg‘on, menga chin, hatto “el-klasiko”ni ko‘rganimdayam bunchalik maza qilmaganman. Sababini hozir aytaman.

O‘yin boshlanish arafasida hamma qatori ich-ichimdan “Bugun Eldor Shomurodov kamida dubl qayd etsin”, deb niyat qildim-u, ammo bu niyatim biroz balandparvoz ekanligini bilardim. Chunki raqib kuchli, darvozada esa Igor Akinfeev. Ayni damda nafaqat Rossiya chempionati, balki Rossiya futbolining ham eng kuchli posboni. “Bunga gol urish qiyin-ov”, dedim. “Eldor “SSKA”ga qarshi o‘yinda gol urishga qiynaladi, mayli, hech bo‘lmaganda assistentlik qilib, faol harakat qilsa ham katta gap”, dedim.

Shu kuni futbolga oid bir maqolni o‘zim uchun kashf etdim: “Mo‘’jizalar maydonda yaraladi”. Kecha Eldor biz uchun kichik bir mo‘’jizani ko‘rsatdi. “Rostov” “SSKA”ni  3:1 hisobida mag‘lub etgani kichik bir mo‘’jiza bo‘lsa, Eldorning kimsan Akinfeev darvozasiga parashyut uslubida gol urgani yana bir kichik mo‘’jiza bo‘ldi. “Barakalla, Eldor”, dedim. “Otangga rahmat, onangga rahmat”, dedim. Vaholanki, shu kuni Eldor minglab odamlardan ota-onasiga rahmat olib berdi. Bitta gol, bitta assist. Qolaversa, o‘zbekligiga borib, Akinfeevni ayadi, ikkita yaqqol golni urmadi (urolmadi demayman). Eng quvonarlisi, o‘yindan oldin “Nahotki o‘zbek futbolchisi Akinfeevga gol ursa?” deya orzu qilgandingiz, to‘g‘rimi? Niyatingiz xolis ekan.

BOSH MURABBIY IMZOSI

Eldor nega Rossiyada bunchalik porlayapti, bilasizmi? Avvalo, Allohning irodasi. Ikkinchidan, ota-onasining duolari. Uchinchidan, o‘z ustida tinmay ishlayotgani. Va nihoyat muhim sabablardan biri Karpinning mahorati. Valeriy Karpin Eldor Shomurodovning dastlabki omadsiz o‘yinlariga e’tibor qaratmay, uni to‘g‘ri yo‘naltira oldi. Eldorni maydonda to‘g‘ri joylashtirdi, tarkibga Eldor bilan til topishib o‘ynay oladigan, Eldorni vaqtida to‘p bilan ta’minlay oladigan futbolchilarni kiritdi. Mana samarasi. Vaholanki, O‘zbekiston milliy terma jamoasida Eldorga ana shu omillarning yo‘qligi xalal bermoqda. Terma jamoada Eldorni to‘p bilan ta’minlay oladigan, Eldor bilan bir tempda o‘ynaydigan futbolchi yo‘q, Eldorni kerakli taktika asosida o‘ynata oladigan murabbiy yo‘q edi. Umid qilamizki, Vadim Abramov Eldordan foydalanishda Valeriy Karpindan qolishmaydi.

“ROSTOV”DAN KETMA!

Eldor Shomurodov mavsum oxirigacha “Rostov”da qolishi kerak. Chunki ayni damda jamoada turnir jadvalini yuqori o‘rinlarda yakunlash imkoni bor. Bu esa “Rostov”ga kamida Yevropa Ligasida o‘ynashga imkon beradi. Jamoa YECHL yo‘llanmasini qo‘lga kiritsa-ku yanayam zo‘r bo‘lardi. Xullas, xalqaro turnirlarda ishtirok etish Eldor uchun grand jamoalar e’tiboriga tushish uchun yaxshi imkoniyat. Agar “Rostov” YECHL yoki YELda o‘ynab, guruh bosqichidan chiqib, Eldor esa ana shu o‘yinlarda qatorlashtirib gol kiritsa, hamyurtimiz uchun Yevropaning kuchli chempionatlari eshiklari ochila boshlaydi. To‘g‘ri, bu ayni damda juda katta ishdek tuyular, ammo Yaratgan tog‘ so‘rasang, qir beradi, degan gap bor-ku! Qolaversa, bu niyat amalga oshishi mumkin.

O‘Z USTINGDA ISHLA, ELDOR

Eldordan talab qilinadigan yagona narsa — o‘z ustida tinimsiz ishlashi. Bu o‘zi uchun muhim. O‘zi uchun o‘zi harakat qilishi lozim. “SSKA”ga urilgan gol yoki Yevropa xalqaro musobaqalariga yo‘llanma olish Eldor uchun “to‘xtash bekati” bo‘lmasligi kerak. Eldor “Kelajakda “Real” yoki “Barsa”da o‘ynashim kerak”, deb niyat qilsagina kamida kuchli beshlikning o‘rtamiyona jamoalaridan biriga borib qo‘shiladi. Kamida deyapman! Unda hamma narsa bor, kuchli zarba, tezlik, mahorat. Faqat dribling borasida biroz oqsaydi.  Shuning uchun Eldor shu kabi va biz yana aytmagan kamchiliklarini bartaraf etish ustida ishlasa, kelajakda o‘zi va biz orzu qilgan maqsadlarga erishadi. Xudo yor bo‘lsin, Eldor!

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:35, 07.10.2019. O'qildi: 12631 marta. Fikrlar: 7 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Брайтон Denni Uelbek 13
7 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик