Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 10.12.2025 01:00
      • Monako
      • 1:0
      • Galatasaroy
      • 10.12.2025 01:00
      • Atalanta
      • 2:1
      • Chelsi
      • 10.12.2025 01:00
      • Barselona
      • 2:1
      • Ayntraxt F
      • 10.12.2025 01:00
      • Inter
      • 0:1
      • Liverpul
      • 10.12.2025 01:00
      • PSV
      • 2:3
      • Atletiko
      • 10.12.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 3:0
      • Slaviya
      • 10.12.2025 01:00
      • Yunion
      • 2:3
      • Marsel
      • 10.12.2025 22:45
      • Qorabog‘
      • 2:4
      • Ayaks
      • 10.12.2025 22:45
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Kopengagen
      • 11.12.2025 01:00
      • Atletik Bilbao
      • 0:0
      • PSJ
      • 11.12.2025 01:00
      • Bayer
      • 2:2
      • Nyukasl
      • 11.12.2025 01:00
      • Borussiya D
      • 2:2
      • Bude-Glimt
      • 11.12.2025 01:00
      • Bryugge
      • 0:3
      • Arsenal
      • 11.12.2025 01:00
      • Yuventus
      • 2:0
      • Pafos
      • 11.12.2025 01:00
      • Real Madrid
      • 1:2
      • Manchester Siti
      • 11.12.2025 01:00
      • Benfika
      • 2:0
      • Napoli
  • Elit OCHL
      • 10.12.2025 15:00
      • Seul
      • 1:1
      • Melburn Siti
      • 10.12.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:0
      • Shanghai Shenhua
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 16 40
2 Real Madrid 16 36
3 Vilyarreal 15 35
4 Atletiko 16 31
5 Espanyol 15 27
6 Betis 15 24
7 Atletik Bilbao 16 23
8 Xetafe 15 20
9 Elche 15 19
10 Selta 15 19
11 Alaves 15 18
12 Rayo Valyekano 15 17
13 Sevilya 15 17
14 Real Sosyedad 15 16
15 Osasuna 15 15
16 Valensiya 15 15
17 Malyorka 15 14
18 Jirona 15 12
19 Real Ovyedo 15 10
20 Levante 15 9

O'tgan o'yinlar.

19-тур Barselona 3-1 Atletiko
19-тур Atletik Bilbao 0-3 Real Madrid

Navbatdagi o'yinlar.

13/12/25 Real Sosyedad - Jirona
13/12/25 Atletiko - Valensiya
13/12/25 Malyorka - Elche
13/12/25 Barselona - Osasuna
14/12/25 Xetafe - Espanyol
14/12/25 Sevilya - Real Ovyedo
14/12/25 Selta - Atletik Bilbao
14/12/25 Levante - Vilyarreal
15/12/25 Alaves - Real Madrid
16/12/25 Rayo Valyekano - Betis

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Keyingi 5 yil ichida kimlar «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishi mumkin?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / FIFA tadbirlari / Frans futbol - Oltin to‘p
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy 2021 yilning ekvatoridan ham o‘tib bo‘ldik. Ikkita yirik futbol turniri  Yevro-2020 va Amerika Kubogining bir-biridan qiziq bahslarini tomosha qilib ulgurdik. Ikkala musobaqa ham aslida o‘tgan yili o‘tkazilishi kerak edi, lekin hammaga ma’lum sabablarga ko‘ra bu yil o‘tkazildi. Ushbu turnirlar "Oltin to‘p" egasini aniqlab berishda asosiy rolni o‘ynashi kutilgandi va shunday bo‘ldi ham.

Biz allaqachon "Oltin to‘p-2021"ni olishi mumkin bo‘lgan futbolchilarga alohida to‘xtalib o‘tgan edik. Va katta ehtimol bilan uni kimga berilishini ko‘pchilik muxlis va mutaxassislar taxmin qilib bo‘lishdi. Keling, keyingi 5 yillikda kimlar "Oltin to‘p"ga ega chiqishi mumkinligini taxmin qilib ko‘ramiz.
 
"Oltin to‘p-2021" — Lionel Messi

Biz buni qayta-qayta takrorlashdan to‘xtamaymiz. Fikrimizcha, bu yilga sovringa eng munosib nomzod argentinalik Lionel Messi. O‘tgan mavsum Ispaniyada u "Barselona" bilan faqat mamlakat kubogini qo‘lga kiritdi, lekin milliy chempionatda eng yaxshi to‘purar bo‘ldi.



Leoning asosiy yutug‘i Argentina terma jamoasining Amerika kubogidagi g‘alabasi bo‘ldi. U an’anaviy tarzda maydonda jamoasining yetakchisi va asosiy motivatori bo‘lib harakat qildi. Natijada "ko‘k-oqlar" qit’aning eng yaxshi terma jamoasiga aylandi va 34 yoshli Messi o‘z karyerasida birinchi marta milliy terma jamoa libosida kubokni qo‘lga kiritdi.

"Oltin to‘p-2022" — Kilian Mbappe

Kelayotgan kalendar yilida Jahon chempionati bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Lekin ashaddiy futbol muxlislari biladiki, bu turnir yozda emas, balki yil oxirida o‘tishi rejalashtirilgan. Bu Qatardagi havo harorati bilan bog‘liq vaziyat tufayli qilingan ish. So‘nggi Jahon chempionati o‘tkazilgan yili "Oltin to‘p" ham unda faol harakat qilgan futbolchiga berildi. Ya’ni Luka Modrich 2018 yil ushbu sovringa loyiq ko‘rildi.



Yevro-2020da Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Fransiya terma jamoasi erta muvaffaqiyatsizlikka uchradi.  Qatarda fransuzlar buni tasodif ekanligini isbotlashga urinishadi. Taxmin qilish mumkinki, jamoa yetakchisi aynan Kilian Mbappe bo‘ladi. Demak, oxir-oqibat "Oltin to‘p" unga taqdim etilishi mumkin.

"Oltin to‘p-2023" — Jek Grelish

Bu yozda "Manchester Siti" 25 yoshli "Aston Villa" yarim himoyachisini rekord summa evaziga sotib oldi. "Shaharliklar" uning uchun APL tarixidagi eng yirik summa 100 million funt to‘ladi. Grilish "Siti" bilan 6 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Demak, ikki tomon ham istiqbolni ko‘ra olishgan.



Jek o‘ziga sarflangan pullarni oqlashi kerak. "Siti"da uning uchun, Angliyada va Yevropada titullar yutish uchun ideal muhit bo‘ladi, deb bemalol ayta olamiz. "Manchester Siti" ichki turnirlaridagi g‘alabalariga o‘rganib qolgan va Chempionlar ligasida g‘alaba qozonishga majbur. 2023 yil jamoa Yevropa miqyosida natija ko‘rsata olsa, aynan Jek Grilish "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar bo‘ladi. Chunki 2023 yil terma jamoalar miqyosida katta turnirlar o‘tkazilishi rejalashtirilmagan va bu o‘z navbatida klublar o‘rtasidagi eng nufuzli turnirga e’tibor qaratishga imkon beradi.

"Oltin to‘p-2024" — Janluiji Donnarumma

Italiya terma jamoasining 22 yoshli darvozaboni Yevro-2020da porladi, lekin bu unga "France Football" mukofoti uchun kurashda muvaffaqiyat qozonishi uchun yetarli emas. Qolaversa, u o‘tgan bir yil mobaynida klub darajasida muvaffaqiyat qozonmadi. “Milan“ faqatgina Italiya vise-chempioniga aylandi.



Nega aynan 2024 yilda “Oltin to‘p“ni Donnarumma qo‘lga kiritishi mumkin? Chunki o‘sha vaqtga kelib, Donnarumma har tomonlama yetuk futbolchiga aylanib ulguradi. Bundan tashqari, jamoaviy yutuqlar unga bu yo‘lda yordam berishi ham mumkin. Terma jamoa safida ham yana bir marta porlash imkoni paydo bo‘ladi. Yevro-2024'da muvaffaqiyatga erishishi ham mumkin.

“Oltin to‘p-2025" — Jamol Musiala

Germaniyada tug‘ilgan, lekin Buyuk Britaniyada o‘sgan 18 yoshli Jamol Muciala bu yil qaysi terma sharafini himoya qilishda tanlov qildi. U Germaniyani tanladi, 2019 yilning yozidan "Bavariya"da o‘ynaydi. Avvaliga Myunxen akademiyasi, keyin "Bavariya II" jamoasi va bosh klub tarkibiga kelib qo‘shildi.



Jamol Musiala "Bavariya"ning Chempionlar ligasida gol urgan eng yosh futbolchisiga aylandi. 2021 yil mart oyida yarim himoyachi Bundestim uchun debyutini o‘tkazdi, garchi u faqat 2020 yil noyabr oyida Angliya U-21 terma jamoasi uchun o‘zining birinchi o‘yinini o‘tkazgan bo‘lsa ham.

Umuman olganda, Musiala rivojlanishda davom etishi kerak. Shunday qilib, aynan 2025 yilda u hech bo‘lmaganda Yevropa futbol modasining asosiy tendensiyalarini belgilovchi futbolchi bo‘lishi kerak.

Xulosa

Kelajakda nima bo‘lishini hech kim bizga aytib berolmaydi. Yuqoridagi mulohazalar esa shunchaki futbolchilar va ularning jamoalari potensialidan kelib chiqilgan holda keltirilgan. Balki ularning hech biri "Oltin to‘p"ga munosib topilmas ham, lekin ajoyib futbolchi ekanliklari aniq.

Ruslan Maksimov tayyorladi.

Kiritildi: 20:19, 23.08.2021. O'qildi: 10853 marta. Fikrlar: 28 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 16
2 Барселона Ferran Torres 11
3 Барселона Robert Levandovski 8
4 Мальорка Vedat Muriki 8
5 Атлетико Xulian Alvares 7
6 Вильярреал Alberto Moleyro 6
7 Леванте Karl Etta-Eyong 6
8 Эльче Rafa Mir 6
9 Бетис Kucho Ernandes 6
10 Барселона Lamin Yamal 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.